Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


-rasm. 2019 yilda YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha mutlaq o’sish sur’atlari (o’tgan yilga nisbatan % da)11



Download 208,44 Kb.
bet11/13
Sana18.02.2022
Hajmi208,44 Kb.
#455541
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KURS ISHI bozor iqt mohiy

2.1.3-rasm. 2019 yilda YaIMning iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha mutlaq o’sish sur’atlari (o’tgan yilga nisbatan % da)11
O’zbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan ko’ra kechroq boshlagan bo’lsa-da, o’tish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olishi mumkin, deb hisoblaydi Jahon banki mutaxassislari. Rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beruvchi yirik xalqaro moliya tashkiloti yaqinda O’zbekiston iqtisodiyotiga bag’ishlangan yangi hisobotini taqdim etdi. Unda o’tgan 2018 yil va joriy 2019 yilning birinchi yarmida mamlakatda yuz bergan makroiqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy o’zgarishlar hamda yaqin 2 yil – 2021 yilgacha bo’lgan istiqbollar keng sharhlanadi.
O’zbekiston iqtisodiyotining o’sish sur'atlari sekin, ammo ijobiy bo’lib qolmoqda. Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (to’siqlarni) bartaraf etish va yuqori o’sish potensialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi. Meva-sabzavotchilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, to’qimachilik va kimyo sanoati shunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilishi zikr etilgan jarayonlarni yanada qo’llab-quvvatlaydi. 2019-2020 yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli inflatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021 yilga borib u pasayishi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga ko’ra, tashqi savdo balansining salbiy saldosi yuqoriligicha qoladi. Sababi, O’zbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun ko’plab mashina va uskunalarni import qilishni davom ettiradi.
O’zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o’tishini ta’minlovchida yana bir muhim dasturlardan biri bu O’zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidir12.
Harakatlar strategiyasining uchinchi ustuvor yo’nalishi – “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish” bo’yicha amalga oshirilishi belgilangan ishlar yoritilgan.
2017-yilda so’mning erkin ayirboshlanishi ta’minlanganligi, tashqi savdoni liberallashtirish va samarador bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida boj stavkalari ikki barobar pasaytirilishi natijasida iqtisodiy o’sishning ta’minlanishi ham aynan Harakatlar strategiyasi orqali amalga oshirildi.
Ma’lumki, o’tgan yilning o’zida Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, alohida tuman va shaharlarni rivojlantirish bo’yicha qirqdan ortiq dastur qabul qilindi, har bir tuman uchun 2077 ta yirik loyiha tasdiqlandi. Shuningdek, 11 ta iqtisodiy zona tashkil etildi va umumiy qiymati 419,5 mln. dollarlik 108 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
O’tgan yili qulay investitsion muhit va tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish hamda eksportni qo’llab-quvvatlash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi.
Birinchidan, hamkor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan munosabatlardagi yondashuv o’zgartirildi. Oliy darajadagi tashriflar chog’ida Xitoy bilan 23 mlrd. dollar, Rossiya bilan 16 mlrd. dollar, Janubiy Koreya bilan 10 mlrd. dollar, Turkiya bilan 3,5 mlrd. dollar, Qozog’iston bilan 2,2 mlrd. dollar, Qirg’iziston bilan 455 mln. dollar miqdorida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish bo’yicha ikki tomonlama shartnomalar imzolandi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan to’laqonli munosabatlar tiklandi, bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka 190 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Turli yo’nalishlarda 20 dan ortiq loyiha ishlab chiqildi. Yevropa investitsiya banki, Fransiya rivojlanish agentligi bilan hamkorlik o’rnatildi. O’zbekiston yangi tuzilgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining teng huquqli a’zosiga aylandi.
Ikkinchidan, tashqi savdodagi barcha sun’iy to’siqlar olib tashlandi. Xususan, oldindan to’lovsiz va kafolat majburiyatisiz eksport qilish tartibi joriy etildi. Ortiqcha va eskirgan ruxsat beruvchi talablar bekor qilindi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilish mexanizmlari soddalashtirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 2017-yilda 26 mlrd. 907 mln. AQSh dollarini, jumladan eksport 13 mlrd. 893 mln. 600 ming AQSh dollarini, import 13 mlrd. 13 mln. 400 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
O’zbekistonda erkin bozor iqtisodoyotining tashkil etilishi yurtimizning iqtisodiy darajasini oshirishga va aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodi- yotining eng muhim sifatlaridan biri xususiy mulkchilikning ustuvorligini ta’minlab, yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e’tibor berilmoqda, bu esa o’z navbatida aholini ish bilan ta’minlash, ularning tadbirkorlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan keyin ham yurtimizda bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirishmiz, dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida biz ham o’z mahsulotlarimizni jahon bozoriga chiqarishimiz lozim.



Download 208,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish