1.3 СHIZMADA REZBALARNI TASVIRLASH
Chizmada rezbalar GOST 2311 -96 ga muvofiq shartli tasvirlanadi. Ular qanday profilli bo‘lishidan qat’iy nazar shartli tasviri bir xil bo'ladi. Silindrik tashqi (sterjendagi) rezba: rezba o‘qiga parallel tekislikda tashqi diametr (d) o'lchami bo'yicha va rezba chegarasi asosiy tutash chiziq bilan, ichki diametr (d,) o'lchami bo'yicha ingichka tutash chiziq bilan tasvirlanadi; rezba o'qiga perpendikular tekislikda tashqi diametr (d) o'lchami bo'yicha asosiy tutash chiziq bilan aylana, ichki diametr (d^o'lchami bo'yicha ingichka tutash chiziq bilan aylananing taxminan % qismiga teng aylana yoyi bilan tasvirlanadi. Bu aylana yoyining chegaralari markaziy chiziqlar bilan ustma-ust tushmasligi kerak (1.11 –ilova ).
Silindrik ichki teshikdagi rezba: a) qirqimda rezba o'qiga parallel tekislikda ichki diametr (d;) o'lchami bo'yicha rezba chegarasi asosiy tutash chiziq bilan, tashqi diametr (d) o'lchami bo'yicha ingichka tutash chiziq bilan tasvirlanadi; rezba o'qiga perpendikular tekislikda ichki diametr(dj) o'lchami bo'yicha aylana, tashqi diametr (d) o' lchami bo'yicha ingichka tutash chiziq bilan aylananing taxminan 3/4 qismiga teng aylana yoyi bilan tasvirlanadi. Bu aylana yoyining chegaralari ham markaziy chiziqlar bilan ustma-ust tushmasligi kerak(1.12-ilova). Agarteshikning uchi berk bo'lsa, undagi rezba 4.13-shakl, a da ko'rsatilgandek tasvirlanadi. Teshikning rezbasiz qismining uzunligi rezba diametrining yarmiga teng bo'ladi. Rezba bajariladigan chizma bo'yicha buyum tayyorlanmaydigan bo'lsa, o'quv chizmalari teshik chuqurligi bilan undagi rezbali qismi uzunligi orasida farq bo'lganda ham 1.13-ilova b va с da ko‘rsatilgandek tasvirlashga ruxsat etiladi. Silindrik rezbaning tasviridagi asosiy tutash chiziq bilan ingichka tutash chiziq orasidagi masofa 0,8 mm dan kichik va rezba qadamidan katta bo‘lmasligi kerak. Konussimon rezbalar ham silindrik rezbalami tasvirlash qoidalari bo‘yicha bajariladi (1.14-ilova, a va b). Bu turdagi rezbaning chizmasini chizishda rezbaning ichki diametri (dj)ni aniqlash uchun uning tashqi diametri (d) 0,85 ga ko‘paytiriladi ya’ni dj « 0,85*d. Ichki diametming yanada aniq o‘lchami zarur bo‘Isa, tegishli standartdan olinadi. Chizmalarda rezbalarni tasvirlash va belgilash namunalari 1.5-ilovada berilgan. Tashqi rezba qirqimida shtrixovka chiziqlar uning ichki diametri oMchami bo‘yicha chizilgan ingichka tutash chiziqni kesib o‘tib, tashqi diametri oichami bo‘yicha chizilgan asosiy tutash chiziqqacha chiziladi. Ichki rezba qirqimida shtrixovka chiziqlar uning tashqi diametri o’lchami bo‘yicha chizilgan ingichka tutash chiziqni kesib o‘tib, ichki diametri o‘lchami bo‘yicha chizilgan asosiy tutash
chiziqqacha chiziladi.
Rezbaning sbegi; sbegidan boshlab: teshikda uchi berk teshik oxirigacha, sterjenda detal tayanch yuzasigacha bo‘lgan qism (nedorez)i; protochkasi va faskasi rezbaning elementlari hisoblanadi. Buyumga chiqarilgan rezbaning butun uzunligining oxirgi qismlari profilining balandligi bo‘yicha kichrayib borib tugaydi. Rezbaning bu kichrayib borib tugagan qismi (e, elfga uning sbegi deyiladi (1.15-ilova , a va b). Rezbaning butun uzunligi bo‘ylab profilining balandligini bir xil qilib rezba chiqarish uchun, oldin rezbaning sbegi boshlanadigan chegaradan halqasimon ariqcha (b, bl) qilinadi. Bu ariqchaga rezbaning protochkasi deyiladi (1.1'6-ilova). Rezba chiqaradigan asbob detalga to‘la profilli rezba hosil qilib, uning sbeg hosil qiladigan qismi shu protochkaga chiqadi. Protochka chizmada 1.16-ilova, a va b da ko‘rsatilgandek soddalashtirib tasvirlanadi. Uning haqiqiy ko‘rinishini I va II bilan belgilangan chiqarish elementlari bilan kattalashtirilgan masshtabda A va В turlardagidek ko‘rsatiladi.
Protochkaning eni sbegning uzunligidan, chuqurligi rezba profili balandligidan katta bo‘lishi kerak. Rezba sbegi va protochkasining o‘lchamlari GOST 10549-96 da berilgan. Odatda, rezbalar chizm ada sbegsiz ko‘rsatiladi. Rezba sbegini ko‘rsatish kerak bo‘lganda, uning o‘qiga nisbatan taxminan 400 burchak ostida ingichka chiziq bilan chiziladi (1.15- ilova, a va b).
Uchi berk teshiklarning oxirida parmadan qolgan uchidagi burchagi 1200 bo‘lgan konus shaklidagi o‘yiqning oMchamlari berilmaydi. Bu konus o‘yiq teshik chuqurligiga kirmaydi. Rezba chiqaradigan asbob-metchikni ishga yaroqsiz boMib qolishidan saqlash maqsadida, teshikning oxirigacha rezba chiqarilmaydi. Shuning uchun teshikning oxirida rezbasiz qism (e01) qoladi. Sterjenda esa sbegdan keyin tayanch yuzagacha (e0) oraliqda rezba boMmaydi. Teshikda rezba sbegidan uning oxirigacha (e1+e01=eu), sterjenda rezba sbegidan tayanch yuzagacha (e+e0=ej) boMgan oraliq rezbaning nedorezi (rezba chiqarilmagan qismi) deb aytiladi (1.15-ilova, a va b).
Sterjen va teshikdagi rezba o‘ramlarining boshlang‘ich qismlarini har xil urilishlar ta’sirida shikastlanishdan saqlash maqsadida hamda vint yoki shpilkani rezbali teshikka oson burab kirgizish uchun mahkamlash detallarining va shunga o‘xshashlarning sterjenini uchiga va teshigining labiga С masofada kesik konus shaklida faska chiqariladi (qirqiladi). Uning yasovchilari o‘q bilan 450 burchak hosil qiladi. С masofa faskaning kengligi deyiladi. Faskaning kengligini rezbaning diametriga nisbatan quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: C = o ,i5*d. Agar uning diametrga nisbatan yanada aniqroq qiymati kerak bo‘lsa spravochnikdan olinadi. Shuningdek, bolt, vint va shpilka sterjeni rezbasining oxirida shar sigmenti (1.17- ilova , a), silindr (1.17-ilova, b) va shu kabi o‘n xil shakldagi faskalar qo’laniladi. Bulaming rezba diametriga nisbatan o‘lchamlari GOST12414- 96 da berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |