Trapetsiyasimon va to‘g‘riburchakli rezbalar hamda ulami belgilash Profili teng yonli trapetsiya bo‘lib, yon tomonlari orasidagi burchak 30° gateng bo‘lgan rezbalarga trapetsiyasimon rezba deb aytiladi (1.6-ilova). Profili to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak bo‘lgan rezbalar to‘g‘ri burchakli rezba deb aytiladi (1.7-ilova). GOST 9484—96 da diametri 8 mm dan 640 mm gacha b o ‘lgan trapetsiyasim on rezbalar standartlashtirilgan.
To'g'ri burchakli rezbalar standartlashtirilmagan. Trapetsiyasimon rezbalar Tr harfi bilan belgilanadi. Chizmada kamida rezbaning belgisi, diametri va qadamining o'lchami ko'rsatiladi. Masalan, diametri 20 mm, qadami 4 mm chapaqay rezba chizmada Tr 20x4LH ko'rinishda belgilanadi. Shu rezba ikki kirimli bo'lsa Tr20x2(P4)LH ko‘rinishda belgilanadi.
To'g'ri burchakli rezba standartlashtiri lmaganligi sababli, chizmada uning barcha o'lchamlari (tashqi diametri d, ichki diametri d , ayrim joy qirqimdan foydalanib, rezba qadam i P va rezba o'yig'ining eni n ning o'lchamlari) ko'rsatiladi (1.8ilova). Trapetsiyasimon rezbayuk ko'taradigan mashinalarning qismlariga aylanma harakatlami va kuchni uzatish uchun ishlatiladi. To'g'ri burchakli rezba yuk ko'taradigan mashinalarning qismlariga aylanma harakat, ilgarilanma va qayta harakat uzatish uchun foydalaniladi
T irak rezba va uni belgilash Profili teng yonsiz trapetsiya bo'lib, vertikal chiziqqanisbatan biryoni 3°, ikkinchi yoni esa 30° burchak ostida qiya bo'lgan rezba tirak rezba deyiladi (1.9ilova)
GOST 10177-96 bo‘yicha tirak rezbalar standartlashtirilgan. Tirak rezba S harfi bilan belgilanadi. Chizmada rezbaning belgisi diametri va qadamining olchamlari ko‘rsatiladi. Masalan, diametri 80 mm va qadami 16 mm bo‘ lgan bir kirimli tirak rezba S 80x16 ko‘rinishda belgilanadi. Chapaqay bir kirimli rezba bo isa S 80xl6LH, ikki kirimli boisaS 80x2(P16)LH ko‘rinishda belgilanadi.
Tirak rezbalar vint yordamida kuchni bir tomonga uzatadi. Bu turdagi rezbalar domkrat, press va shu kabilarda ishlatiladi.
Yumaloq rezba Profili ma’lum radiusli (tashqi rezba bir xil radiusli, ichki rezba ikkinchi xil radiusli) yoylar va bu yoylarning ikki yon tomondan vertikal chiziqqa nisbatan 30° qiya urinma kesmalardan iborat silindrik rezba yumaloq rezba deb aytiladi (1.10-ilova). GOST 13536-96 bo‘yicha sanuzellar va suv o‘tkazgichlamingjo‘mraklari, taqsimlagichning shpindeli, ventillari uchun yumaloq profilli rezba tatbiq etilgan. Shuningdek, elektr yoritgich lampalarining sokollari vapatronlaridagi rezbalar ham yumaloq profilli rezbadan iborat. Yumaloq rezbaning asosiy oMchamlari quyidagicha belgilangan: d - tashqi rezban ing tashq i d iametri (shpindel);
D - ichki rezbaning tashqi diametri (korpus);
d2-shpindelning o‘rta diametri;
D2 - korpusning o‘rta diametri;
dj - shpindelning ichki diametri;
Dj - korpusning ichki diametri;
P - rezba qadami;
H -urinm a to‘g‘ri chiziqlardan hosil boMgan uchburchakning balandligi; n - tish profilining ishchi balandligi;
a - korpus va shpindel rezbalari orasidagi zazor (oraliq);
r - shpindel rezbasi profilining yuqori qismini va o‘yig‘ining pastki qismi radiusi;
Tj- korpus rezbasi profilining yuqori qismining radiusi;
R -korpus rezbasi o‘yig‘ining pastki qismining radiusi.
Chizmada rezbaning asosiy o‘ lchamlaridan uning faqat tashqi diametrining o‘lchami qo‘yiladi. Bu rezba ham boshqa turdagi rezbalardagidek ish jarayonlarida qisqalik uchun rezbaning diametri deb aytish biror bir tushunmovchilikka olib kelmaydi.
Yumaloq rezbalar chizmada A harfi bilan belgilanadi. Diametri d=12mm, qadami P=2,54 mm boMgan yumaloq rezba quyidagicha belgilanadi:
A 12x2,54 GOST 13536-
Do'stlaringiz bilan baham: |