Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Hisobotlarni taqdim etish tartibi



Download 0,7 Mb.
bet7/11
Sana30.12.2021
Hajmi0,7 Mb.
#194061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BHA-60 guruh Muhammadibroximov S

3. Hisobotlarni taqdim etish tartibi

O'zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya bisobi to’g’risida”gi qonunining 19-moddasiga muvofiq xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlari quyidagi organlarga taqdim qilinadi:



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq boshqa ayrim turdagi xo’jalik yurituvchi subyektlar uchun hisobotni taqdim qilishning boshqa muddatlarini belgilashi mumkin.

Xo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisobotlari
manfaatdor banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va boshqalar uchun oshkora hisoblanadi. Manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar yillik moliyaviy hisobot bilan tanishish va nusxa ko’chirish sarflarini to’lab undan nusxa olish huquqlariga egadirlar.

Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan va tegishli organlarga topshiriladigan moliyaviy hisobotlar 1 - BHMS bilan tartibga olinadi. Moliyaviy hisobotlarda quyidagi axborotlar to’liq aks ettirilishi kerak:



  1. Xo’jalik yurituvchi subyektning nomi, mulkchilik shakli, yuridik manzili, indentifikatsiyalangan nomeri va subyektni aniqlab olish uchun zarur bo’ladigan boshqa rekvizitlar;

  2. Moliyaviy hisobot bir korxonanikimi yoki bir guruh korxonanikimi;

  3. Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar qaysi davarni o’z
    ichiga olishi;

Topshirilgan hisobot ahborotlarini to’g’ri tushunish uchun quyidiga rekvizitlar keltirilishi lozim:

  1. Moliyaviy hisobotda qo’llanilgan valyuta turi;

  2. Hisobotda foydalanilgan raqamlarning aniqlik darajasi, masalan, keltirilgan raqamlar ming hisobida yoki million hisobida ekanligi va h.k.

Moliyaviy hisobotning hisobot davri bo’lib 1-yanvardan 31-dekabrgacha
bo’lgan kalendar yil hisoblanadi.

“Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi” Qonunning 18 - moddasiga binoan agar


yuridik shaxs 1-oktyabrdan qat’iy ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa, birinchi hisobot
yili keyingi yilning 31-dekabrda tugaydi. Moliyaviy hisobot qonunchilikda nazarda
tutilgan hollarda kalendar yilidan tashqari oylik yoki choraklik qilib ham
topshiriladi.

Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot sanasi bo’lib hisobot davrining oxirgi


kuni hisoblanadi. Chunonchi, subyektning yillik buxgalteriya balansi uchun
hisobot sanasi bo’lib 31-dekabr hisoblanadi, moliyaviy natijalar, to’g’risidagi yillik hisobot uchun hisobot davri bo’lib 1-yanvardan 31- dekabrgacha hisoblanadi.

Moliyaviy hisobot quyidagi organlarga topshirladi:



  1. Subyekt mulkdorlariga (davlat mulkni boshqarish vakolati berilgan organlarga, ta‘sischilarga, qatnashuvchilarga binoan);

  2. Davlat statistika organlariga;

  3. Qonunchilika binoan boshqa organlarga.

Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarini keyingi yilning 15-fevraldan kechiktirmasdan topshirishlari kerak.

Bir shaharda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni topshirgan


kuni deb uni tegishli joyga haqiqiy taqdim etgan kuni hisoblanadi. Boshqa
shaharlarda joylashgan subyektlar uchun moliyaviy hisobotni pochta orqali
jo’natgan kuni hisoblanadi (bu kun pochta korxonasini qo’ygan shtampasida
ma’lum).

Agarda hisobotni jo’natgan sana dam olish kuniga to’g’ri kelsa, hisobot


topshirish sanasi dam olish kundan keyingi kunga ko’chiriladi.

Choraklik yoki yillik hisobotlarni o’z vaqtida tuzishni ta‘minlash uchun


buxgalteriyaning barcha bo’limlarini ishlarni bajarish muddatlarini ko’rsatib
yig’ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi quyida yuritilsa, grafik bilan
belgilangan muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo’lsa bir
registrdagi summa boshqa registrlarga o’tkaziladi va korrespondentlanuvchi schyotlar o’zaro muqobil tekshiriladi.

Moliyaviy hisobotga tushuntirishlarning asosiy maqsadi korxonaning


moliyaviy ahvoli va uning mahsulot, tovar, ish va xizmatlar bozoridagi o’rni
to’g’risida to’liqroq axborotlar olish uchun hisobot shakllarining mazmunini
to’ldirishdan iborat.

Ushbu vazifani amalga oshirish uchun hisobot davridagi va o’tgan shu


davrdagi ko’rsatkichlar taqqoslanuvchanligi, buxgalteriya balansi (1-shakl) va
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-shakl)da umumiy summa bilan
keltirilgan ayrim, eng muhim mulklar va majburiyatlarni turlarining baholash
uslublarini qo’llashda yagonalikni ta‘minlashdan iborat.

Xo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik moliyaviy hisobotlari manfaatdor subyektlar: banklar, birjalar, investorlar, kreditorlar va shu kabilar uchun oshkora hisoblanadi. Manfaatdor shaxslar yillik moliyaviy hisobot bilan tanishish va nusxa ko’chirish xarajatlarini qoplab, uning nusxasini olish huquqiga egadirlar.

Ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari, su’'urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va bosha moliya muassasalari har yili moliyaviy hisobotni undagi ma'lumotlaming to’g’riligi auditor tomonidan tasdiqlangandan so’ng hisobot tugagandan keyin 1-maydan kechiktirmay e’lon qiladilar.

Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy hisobotlari gazetalar, jurnallar va bulletenlarda yoki qonunchilikda ko’zda tutilgan muddatlarda alohida nashrda e’lon qilinishi kerak.






Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish