Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Hisobotlarni tuzish va to’ldirish



Download 0,7 Mb.
bet5/11
Sana30.12.2021
Hajmi0,7 Mb.
#194061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BHA-60 guruh Muhammadibroximov S

Hisobotlarni tuzish va to’ldirish

Xo’jalik yurituvchi subyektning hisobotlari uchta asosiy mezon bo’yicha turkumlanadi(2-rasm):



2-rasm. Buxgalteriya hisobotlarining turkumlanishi3.

Hisobotdagi ma’lumotlar hajmiga ko’ra xususiy hisobot va umumiy


hisobotlarga bo’linadi.

Xususiy hisobot xo’jalik yurituvchi subyektning batta faoliyat uchastkasidagi ishi to’g’risidagi axborotlarni o’z ichiga oladi.

Umumiy hisobot xo’jalik yurituvchi subyektning butun moliya-xo’jalik faoliyatini tavsiflaydi.

Hisobotlar tayinlanishiga ko’ra tashqi va ichki hisobotlarga bo’linadi.

Tashqi hisobotlar xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyat tavsifi, daromadliligi mulkiy hamda moliyaviy ahvoli to’g’risidagi axborotdan tashqi foydalanuvchi-manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni axborot bilan ta’minlash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunining 20- moddasiga muvofiq tashqi yillik moliyaviy hisobot e’lon qilinishi lozim. Ichki hisobotlar xo’jalik yurituvchi subyektning ichki ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tuziladi. Hisobot qamrab oladigan davrlar bo’yicha davriy (joriy) va yillik hisobotlarga bo’linadi. Korxonaning yillik buxgalteriya hisoboti tegishli organlarga topshirishidan oldin ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun bilan yillik hisobotning quyidagi shakllarini tuzish nazarda tutilgan:


  1. “Korxona balansi” (1-shakl);

  2. “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” (2-shakl);

  3. “Pul oqimi to’g’risidagi hisobot” (4-shakl);

  4. “Xususiy kapital to’g’risida hisobot” (5-shakl).

Yuqoridagi hisobot shakllariga izohlar hisob-kitoblar va tushuntirishlar ilova
qilinadi.

Moliyaviy hisobotlar tuzish uchun foydalaniladigan o’ziga xos hisob yuritish siyosatiga qo’shimchalarda foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarda foydalaniladigan baholaming asosi (dastlabki qiymat, joriy qiymat, sotish qiymati, diskont qiymati va boshqalar)ni bilish juda muhim hisoblanadi. Bu tamoyillar ko’p hollarda uzluksizlik va hisoblash tamoyillari bilan o’xshash bo'lib, ular moliyaviy hisobotni tuzish asosini tashkil qiladi. Vlar bu tamoyillardan ba’zi holatlarda baholashlaming asoslari o’rtasida tanlov mavjudligi bilan farq qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-son buyrug’ida korxonalarning choraklik va yillik moliyaviy hisobot shakllarini to’lg’azish tartibi belgilangan.

Hisobotlar quyidagi shakllardan iborat.

Yillik hisobot uchun:


  1. „Buxgalteriya balansi“ shakli.

  2. „Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot“ shakli.

  3. „Debetorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotnoma“ shakli.

  4. „Asosiy vositalarning harakati haqidagi hisobot“
    shakli.

  5. „Pul oqimlari haqidagi hisobot“ shakli.

  6. „Xususiy kapital haqidagi hisobot“ shakli.

  7. Hisobotga doir tushuntirishlar.

Yarim yillik hisobot uchun:

  1. „Buxgalteriya balansi“ shakli.

  2. „Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot“ shakli.

  3. „Debetorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotnoma“ shakli.

  4. „Pul oqimlari haqidagi hisobot“ shakli.

Choraklik hisobot uchun:

  1. „Buxgalteriya balansi“ shakli.

  2. „Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot“ shakli.

  3. „Debetorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotnoma“ shakli.

Korxonalar (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari) yillik buxgalteriya hisobotini quyidagi tashkilotlarga topshiradilar:

  1. Mulk egalariga (davlat mulkini boshqarish topshirilgan tashkilotlarga, qatnashchilarga, tashkilotchilarga tashkil qilish hujjatlariga asosan).

  2. Mahalliy davlat soliq nazorati tashkilotiga.

  3. Mahalliy davlat statistikasi tashkilotiga.

  4. Kredit shartnomalariga asosan bank tashkilotiga.

  5. Amaldagi qonunlar bo‘yicha korxona faoliyatining alohida tomonlarini tekshirish va kerakli hisobotlarni olish yuklatilgan boshqa davlat tashkilotlariga (bunday tashkilotlarga, jumladan, budjet ajratmalari hisobiga korxona xarajatlarini moliyalashtiruvchi moliya tashkilotlari kiradi).

Chet el investitsiyasi ishtirokida tuzilgan korxonalar yillik buxgalteriya hisobotini korxonaning bir ishtirokchisi (mulk egasi)ga, tashkil qilish hujjatlarida ko’rsatilgan tartib bo’yicha davlat soliq nazorati tashkilotiga (korxona joylashgan shahardagi), davlat statistika tashkilotiga (korxona joylashgan shahardagi) taqdim qiladi.

Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarda qatnashuvchilar bilan kelishilgan holda kerakli nazoratni amalga oshirish uchun hisobotlarga qo’shimcha ma’lumotlar kiritilishi mumkin.

O’zining sho’ba korxonalariga ega bo’lgan korxonalar ushbu buxgalteriya hisobotlari bilan birga korxonalar hisobotlarini o’z ichiga oluvchi yig’ma hisobotni ham taqdim qiladilar.

Korxonalarning yillik buxgalteriya hisoboti yuqorida sanab o’tilgan tashkilotlarga taqdim qilingungacha tashkil qilish hujjatlarida belgilangan tartib bo’yicha ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

Balans chorak va yillik hisobot tarkibiga kiritiladi. Bu “netto” nomli balans
bo’lib, foydalanuvchilarga korxonaning sof qiymatining hajmi to’g’risida axborot
beradi. Chunki mumkin qiymati jami ko’rsatkichga quyidagi moddalar bo’yicha
eskirishni chiqarib tashlab ko’rsatiladi.

Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqalar, foyda summasi esa, jamiga faqat hisobot davrida tasdiqlanmagan foyda hajmigina qo’shiladi. Lekin xo’jalik faoliyatini tahlil etish maqsadida balansda quyidagi ko’rsatkichlar saqlanib kelgan: dastlabki qiymat va ularning eskirishi, olingan foyda.

Sho’ba korxonalari, filiallar va vakilliklariga ega bo’lgan korxonalar konsolidallashgan (birlashgan) moliyaviy hisobot tuzadi.

Sho’ba korxonalarga qo’yilgan qo’yilmalar bosh korxonaning moliyaviy hisobotida uning moliyaviy qo’yilmalari sifatida aks ettiriladi.

Yuridik shaxslar o’zlarining filiallari, vakilliklari va boshqa strukturaviy bo’linmalarini mustaqil balansga ajratishi mumkin, lekin ularning balansi va boshqa hisobot shakllari tegishli yuridik shaxsining konsollidatsiyalashgan hisobotiga, albatta, qo’shiladi.

Konsolidatsiyalashgan hisobotga bosh korxonaning moliyaviy hisoboti andozasiga binoan tuziladi. Lekin vazirliklar, idoralar va byudjet tashkilotlari bo’yicha tuziladigan yig’ma moliyaviy hisobotlar bundan mustasno.

Moliyaviy hisobotlarni konsolidatsiyalash zaruriyati eng avvalo axborotdan foydalanuvchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot axborotlaridan foydalanuvchilarga aksiyadorlar, investorlar, kreditorlar, korporativ guruhning boshqaruv xodimlari va davlat boshqaruv organlarini kiritish mumkin(3-rasm).




Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish