Gemoglobin Xlorofill
Kompleks birikmalar platina metallar, oltin, kumush, nikel, kobalt, misni ajratib olish va tozalash, nodir yer elementlari, ishkrriy metallarni ajratish va boshqa bir qancha texnologik jarayonlarda, shuningdek, kimyoviy analizda keng qoʻllaniladi. Nafas, fotosintez, biologik oksidlanish, fermentativ kataliz va boshqa zarur biologik jarayonlarda muhim rol oʻynaydi
Kompleks birikmalarning tarixi
Koordinatsion birikmalar kimyosi juda tez rivojlanayotgan fan soxalaridan biridir. Bu fan anorganik kimyo faning rivojlanishi natijasida vujudga keldi, u zamonaviy organik, taxliliy, biologik va fizik kimyo fanlari bilan uzviy bog`langan. Bu fanning yutuqlari kimyo texnologiyasida, biologiyada, tibbiyotda va sanoatning xilmaxil tarmoqlarida keng qo`llanilmokda. Kompleks birikmalar va koordinatsion birikmalar ko`p xollarda sinonimkabi ishlatiladi, ammo umumiy xolda kompleks birikmalar tushunchasi koordina-tsion birikmalar tushunchasidan kengroq ma`noni anglatadi.
1893 yili anorganik kimyo jurnalining 3 sonida shvetsariyalik olim A.Verner(1866-1919 yy.) "Anorganik moddalarning tuzilishi xaqida" nomli maqolasini e`lon kildi. Bu maqolada u kompleks birikmalar xaqida original g`oyalar va butunlay yangi tushunchalarni e`lon qildi.
Olim xaligacha fanda ma`lum bo`lmagan koordinatsion son xaqida tushuncha kiritdi. A. Verner ta`kidlaydiki, oddiy birikmalar uchun valentlik qanday katta ma`noga ega bolsa, kompleks birikmalar uchun koordinatsion son xamxuddi shunday axamiyat kasb etadi. Uning yana bir muxim kashfiyoti-kompleks birikmalarning fazoviy tuzilishi xaqidagi g`oyasidir. o`z nazariyasini asoslash uchuн Verner kimyoviy va fizikaviy tadqiqot usullarini birga olib borishni qo`lladi. A. Miolati bilan birga kompleks birikmalarning elektr o`tkazuvchanligini o`lchash usuli bilan uning tashqi sferasidagi ionlar sonini aniqlash mumkinligini isbotladilar:
O`zbekistonda kompleks birikmalar kimyosi ilmiy izlanish ishlari 1930 yillarda ToshDUning anorganik kimyo kafedrasida boshlandi. Dastlab bu soxada Pozner E.I., Asomov K.A., Fayziev M.K., keyinchalik SHamsiev A.SH., Raximov X.R., Muftaxov A.G., Nigay K.G., Timoxina N.I. kabi olimlar samarali ishlab, o`zbek kimyogar olimlarining o`ziga xos yo`nalishini yaratishda xissalarini qo`shdilar. 1943 yilda O`zbekistonda Fanlar akademiyasi tashkil etildi, uning qoshidagi Kimyo instituti (xozirgi umumiy va anorganik kimyo instituti)da bu ishlar rivojlandi (akad. N.A. Parpiev maktabi). ToshFarMIda prof. M.A. Azizov raxbarligidagi ilmiy yo`nalish shakllantirildi, bular koordinatsion birikmalar kimyosining kompleks rivojlanishiga munosib xissalarini qo`shdilar. Azizov M.A. kamqonlik kasalligiga qarshi "koamid", "ferramid" preparatlarini yaratdi va xozirgacha ular dori-darmon sifatida ishlatilmoqda. Akad. N.A. Parpiev Olmaliqdagi o`tga chidamli va yuqori xaroratda suyuqlanadigan metallar kombinatida vol'fram, vanadiy, reniy kabi elementlarni sof xolda ajratishning sanoat usulini joriy qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |