1-jadval
2019 yil 1 may holatiga muomaladagi bank plastik kartalari, terminallar, bankomat va infokiosklar hamda 2019 yil yanvar-aprel oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar to‘g‘risida ma’lumot2
№
|
Tijorat banklari
|
Muomaladagi bank plastik kartalari soni
|
O‘rnatilgan to‘lov terminallari
soni
|
O‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni
|
2019 yil yanvar-aprel oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar (mln.so‘mda)
|
1
|
TIF Milliy banki
|
2 105 256
|
24 052
|
438
|
1 708 901
|
2
|
"O‘zsanoatqurilishbanki" ATB
|
840 361
|
22 110
|
146
|
1 427 066
|
3
|
"Agrobank" ATB
|
2 415 978
|
31 712
|
820
|
1 163 328
|
4
|
"Mikrokreditbank" ATB
|
951 641
|
14 844
|
53
|
914 942
|
5
|
AT Xalq banki
|
3 759 023
|
31 351
|
245
|
1 693 366
|
6
|
ChEKI "Savdogar" ATB
|
231 012
|
7 440
|
92
|
407 867
|
7
|
"Qishloq Qurilish Bank" ATB
|
662 416
|
12 084
|
239
|
929 792
|
8
|
"Turonbank" ATB
|
499 516
|
6 621
|
311
|
499 278
|
9
|
ChEKI "Hamkorbank" ATB
|
688 926
|
20 173
|
688
|
1 512 090
|
10
|
"Asaka" ATB
|
1 906 651
|
12 617
|
166
|
806 829
|
11
|
"Ipak Yo‘li" AITB
|
764 557
|
14 034
|
318
|
980 934
|
12
|
"ZIRAAT BANK UZBEKISTAN" AJ
|
31 220
|
174
|
5
|
25 479
|
13
|
"Trastbank" XAB
|
278 902
|
6 776
|
151
|
1 191 467
|
14
|
AT "Aloqabank"
|
298 330
|
6 267
|
182
|
1 110 189
|
15
|
"Ipoteka-bank" ATIB
|
1 568 503
|
27 842
|
185
|
2 275 632
|
16
|
"KDB Bank O‘zbekiston" AJ
|
58 587
|
273
|
8
|
11 083
|
17
|
"Turkiston" XATB
|
29 215
|
1 848
|
9
|
129 241
|
18
|
Eron "Soderot" bankining sho‘‘ba banki
|
431
|
20
|
0
|
1 346
|
19
|
"Universalbank" ATB
|
65 236
|
1 880
|
40
|
201 527
|
20
|
"Kapitalbank" ATB
|
562 491
|
5 971
|
2 671
|
979 354
|
21
|
"Ravnaq-bank" XATB
|
29 404
|
346
|
14
|
65 493
|
22
|
"Davr-bank" XATB
|
137 592
|
3 655
|
21
|
459 922
|
23
|
"Invest Finance Bank" ATB
|
215 109
|
5 332
|
521
|
721 890
|
24
|
"Asia Alliance Bank" ATB
|
200 359
|
5 048
|
156
|
1 005 976
|
25
|
"Hi-Tech Bank" XATB
|
16 663
|
578
|
4
|
31 027
|
26
|
"Oriyent Finans" XATB
|
217 390
|
5 664
|
77
|
512 743
|
27
|
"Madad Invest Bank" ATB
|
5 000
|
200
|
1
|
12 891
|
28
|
"O‘zagroeksportbank" ATB
|
569
|
21
|
3
|
19 559
|
29
|
"Poytaxt bank" AJ
|
673
|
52
|
2
|
8 771
|
Jami
|
18 541 011
|
268 985
|
7 566
|
20 807 981
|
Yuqoridagi jadvalda 2019 yil 1 may holatiga muomaladagi bank plastik kartalari, terminallar, bankomat va infokiosklar hamda 2019 yil yanvar-aprel oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan bo’lib, unga ko’ra esa, muomaladagi bank plastik kartalari soni bo’yicha respublikamiz tijorat banklari orasida AT Xalq banki yetakchilik qilmoqda, uning miqdori 3 759 023 tani tashkil qiladi. O‘rnatilgan to‘lov terminallari soni esa "Agrobank" ATBda eng ko’p ekan, ya’ni 31 712 bo’lgan. O‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni "Kapitalbank" ATBda 2 671 tadan iborat. 2019 yil yanvar-aprel oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar esa "Ipoteka-bank" ATIBda 2 275 632 ming. so’mni tashkil qilgan.
Shuningdek, har bir mamlakat iqtisodiyotining qon tomiri, deb ye’tirof yetilgan bank tizimi aynan bank aktivlarini to’g’ri boshqarish, bank mijozlariga xolisona xizmat ko’rsatish, to’lovga qobiliyatlilik darajasini haqqoniy baholash, bank ta’rif siyosatini odil yuritilishi, valyuta operatsiyalarining oqilona tashkil qilinganligi, bank zaxira kapitalini samarali boshqarish kabi masalalarga bog’liq. Ma’lum bir darajada global inqirozning asoratlarini kamaytirish sharoitida mamlakat bank tizimini barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida jahon mamlakatlari miqyosida orttirilgan tajribalarni o’rganish va yo’l qo’yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik hamda ular yerishgan yutuqlarni tijorat banklari amaliyotiga joriy yetish maqsadga muvofiqdir.
Bu borada yesa xalqaro tajribalarni o’rganish va ulardagi o’ziga xos yerishilgan yutuqlarni mamlakatimiz bank amaliyotiga joriy qilish bugungi kunning dolzarb vazifalardan biridir. Shu jihatdan, Buyuk Britaniya bank tizimi faoliyatini tadqiq qilish hamda ularning sohadagi boy tajribalarini o’rganish maqsadga moliqdir. Buyuk Britaniya bank tizimi bevosita o’zining samarali bank faoliyatida yerishilgan tajribalariga yega bo’lib, mamlakatning rivojlanishida hamda rivojlanayotgan davlatlarga moliyaviy mablag’lari bilan amaliy jihatdan yordam berayotganligi davlatning barqaror bank tizimiga yegaligidan dalolat beradi. Bu yesa, Buyuk Britaniyada bank faoliyatini tartibga solish va uni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni tizimli yo’lga qo’yilganligining yana bir bor isbotidir.
Oddiygina 1 mln. mijozga mo‘ljallangan internet tarmog‘iga ulanish imkoni bo‘lgan, telefon va uyali aloqa operatorlari orqali ulanish imkonini beruvchi masofaviy xizmat ko‘rsatuvchi tizim dasuri 5 mln. $ ni tashkil yetadi. Lekin odatda, Ipoteka-banki kamroq xarajatli kompleks smeta xarajatlari 250 000$ lik loyihalarga buyurtma berishadi. O‘z maxsus dasturlarini yaratish ham arzonga tushmaydi va kamida 15000-20000$ lik xarajatni talab yetadi.
Aytib o’tish mumkinki, Buyuk Britaniyada bank tizimi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan chiqish yo’llarini tezda o’zlashtirdi, bunda asosan, bank biznesini rivojlantirish, bank faoliyatida internet-banking tizimini takomillashtirish, bank tizimida innovatsion fondlarni tashkil yetish va moliyalashtirish, fundamental, amaliy va innovatsiya tadqiqotlar loyihalarini ishlab chiqish orqali daromad manbalarini oshirish, ishlab chiqarish liniyalarini yaratish va venchur-kapital qo’yish tizimlarini qo’llashga hamda moliyalashtirish orqali yerishish asosiy maqsad bo’ldi.
Buyuk Britaniya bank-moliya tizimi bevosita o’z aktivlarini ko’paytirish va bank biznesini rivojlantirish maqsadida innovatsiyalarni moliyalashtirishga bo’lgan talabni qondirishda maxsus innovatsion fondni tashkil qilish orqali yerishish chora-tadbirlarini ko’rmoqda.
Ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda operatsiyalarning tobora ko‘proq qismi mijozlarning bankka bevosita tashrifisiz amalga oshirilmoqda. Masalan, Fransiyada deyarli 300 mingta mijoz bevosita bank bilan aloqaga ega, AQShda barcha yirik banklar o‘z mijozlariga ularning uyida xizmat ko‘rsatadilar.
Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlar bank tizimida axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi ancha yuqori su’ratlarda rivojlantirilib boriladi. O‘z-o‘zidan ushbu holat bank amaliyotida internetdan foydalanish usullarini takomillashtirilishiga ham sabab bo‘ladi.
Bank mijozlariga masofadan turib xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish uchun foydalanuvchi telekommunikatsiya tizimlarining modernizatsiyalashuvi Dialog banking bank faoliyatini tashkil etishning yangi konsepsiyasini paydo bo‘lishiga olib keldi. Mazkur konsepsiyaga binoan ko‘p funksional axborot avtomatlari xodimlarni mashaqqatli mehnatdan xalos etadi, xodimlarning o‘zlari esa mijozlar bilan yaqin munosabatdagi intelektual xizmat ko‘rsatishga yo‘naltiriladilar.
O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish zonalarni yaratilishi bank operatsion zali mutaxassislarining ish hajmini keskin darajada kamayishiga, shu bilan birgalikda ijrochilar sonining ham qisqarishiga olib keladi. Bundan tashqari, maxsus bank uskunalari bilan jihozlangan hamda avtomatlashtirilgan qurilmalarni ko‘payishi ham tashkil etilib borilmoqda. Ushbu o‘rnatilgan avtomatlashgan qurilmalar aholiga 24 soat davomida bozor hududlari, aholi gavjum joylarda tunu kun xizmat qilishi ham aynan chakana bank xizmatlarini bevosita bank orqali amalga oshiradigan bank operatsiyalarini hajmini kamayishini ta’minlab bermoqda.
Agarda, plastik kartochkalar bilan bog‘liq xorij tajribasiga nazar soladigan bo‘lsak, Avstraliya bank-moliya tizimida ushbu to‘lov turidan 25 yildan ortiq vaqt davomida foydalanib kelinmoqda. Ushbu mamlakatda shu o‘tgan yillar davomida juda katta tajriba to‘plandi hamda shu sohaning rivoji uchun juda katta miqdorda sarmoyalar hamda g‘oyalar sarflandi. Avstraliyada bugungi kunga kelib bir jon boshiga to‘g‘ri keluvchi plastik kartochkalar 2 donani tashkil qilib, ushbu kartochkalar doimiy harakatdagi kartochkalar bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga mamlakatda 50 mln.ga yaqin debet va kredit kartalar muomalaga chiqarilgan bo‘lib, ular orqali amalga oshiriladigan tranzaksiyalar 17 mlrd.ni tashkil qilmoqda. Ushbu muomalaga chiqarilgan kartalarning umumiy sonini 4 tasi aholini mehnatga layoqatlilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, Avstraliyada debet va kredit kartalardan foydalanganlik uchun bankka karta egalari 3-5 AQSh dollari miqdorida “abonent to‘lovlari”ni amalga oshiradilar. Mamlakatda debet kartalar bilan bir qatorda kredit kartalar ham keng tarqalgan. Buning asosiy sabablaridan bo‘lib, mamlakat aholisining eng ko‘p qismi banklardan kundalik xarajatlari uchun qisqa muddatli kreditlarning ko‘plab olinishi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu kreditlarni kredit kartalaridan belgilangan limit doirasida foydalanib kelinish bilan bir qatorda, plastik kartochkalar orqali yuzaga kelgan qarzdorliklarni mijozlar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqt davomida qaytarishi mumkin. Avstraliya mamlakatida asosan bugungi kunlarda xalqaro “Visa”, “Mastercard” hamda “American Express” bank kredit kartalaridan foydalanib kelinmoqda. Mamlakatda oxirgi yillarda naqd pulga bo‘lgan talabni keskin kamayishi sababli hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarning nisbatan ko‘payishi o‘laroq mamlakatda savdo hamda xizmat ko‘rsatish sohalariga o‘rnatilgan to‘lov terminallari soni sezilarli darajada ortib bormoqda. Aynan, savdo shaxobchalariga o‘rnatib kelingan to‘lov terminallarining ortishi sababli naqd pulga bo‘lgan talabni keskin kamayib borishini kuzatishimiz mumkin. Avstraliya mamlakati tajribasidan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, plastik kartalardan foydalanish borasida muayyan va ko‘p tajribaga ega bo‘lgan mamlakatlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Buni bugungi kunlarda mazkur mamlakat aholisining plastik kartalarga bo‘lgan ishonchini tobora ortib borayotganlidan ham anglash mumkin bo‘ladi. Aynan, bank tizimi rivojlangan mamlakatlardan biri hisoblangan Kanada davlatining ham tajribasini oladigan bo‘lsak, ushbu mamlakatda kredit kartalarning asosan 3 turidan keng foydalanib kelinayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Bular, “Classic”, “Gold” va “Platium” bo‘lib hisoblanadi. “Gold” va “Platium” kartalari katta limitga ega (eng kam miqdordagi limit qiymati - 5 ming AQSh dollari), karta egasiga qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlar beradi. Ushbu kartalar odatda doimiy mustahkam daromadga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.
Rivojlanib borayotgan yana bir mamlakat - Turkiya misolida ham aynan chakana bank xizmat turini qarab chiqadigan bo‘lsak, Turkiya davlati ham strategik joylashuvi va uning imkoniyatlari bilan bank tizimi rivojlanib kelmoqda. Jumladan, Turkiya to‘lovlar tizimida plastik kartalar asosida xisob – kitoblar tizimi 25 yildan ko‘proq tarixga ega bo‘lib, mamlakatda o‘tgan yillar mobaynida bu borada katta tajriba to‘plandi. Sohada yangi innovatsion g‘oyalar va yangiliklar joriy qilindi. Aholining mahsulot va xizmatlarni sotib olishga bo‘lgan imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilayotgan ushbu to‘lov tizimiga mamlakat aholisining ishonchi tobora ortib bormoqda. Bugungi kunga kelib muomaladagi plastik kartalar soni 1 kishiga qariyb 2 donadan to‘g‘ri kelayotganligi ham buni isbotlab turibdi.
Hozirgi kunga kelib Ipoteka-Bank missiyasi — o‘z aksiyadorlari va bank mijozlari uchun eng yuqori darajadagi iqtisodiy qadriyatlarni yaratishdan iborat.Mijozlarga xizmatko‘rsatishning yuqori sifati va tanlangan bozorlardagi yetakchilik, kelajakdagi bank muvaffaqiyati uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Bankning korporativ qadriyatlari — jamoaviy ruh, yangicha fikrlash, ijobiy munosabat, ajoyib sifat — bank missiyasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mijozlarga keng ko‘lamdagi bank xizmatlarini taqdim etgan holda, bank mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarish va rivojlantirish uchun asoslar va sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishga intiladi. O’z mijozlariga xizmatlarni taqdim etishda Ipoteka-Bank professionalizmning yuqori standartlariga muvofiq bo‘lish, yangiliklarni qo‘llash, yangi g‘oyalarga ochiqlik, fikrlardan foydalanish hamda qat’iy va izchil faoliyatni amalga oshirishga sodiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |