Kirish II. Asosiyqism



Download 158 Kb.
bet7/11
Sana29.09.2021
Hajmi158 Kb.
#189272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURSOVOY......

Komissiya raisi sifat bo‘yicha ekspert-auditor darajasiga akkreditatsiya qilingan bo‘lishi lozim.

Komissiya shakllantirilishida baholash obyektiv o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan layoqat, bilim va malaka hisobga olinadi.

18. Zarur hollarda ekspert-auditorlar rahbarligida ishlashlari lozim bo‘lgan texnik ekspertlar jalb etilishi mumkin.

19. Baholash obyektlari va mezonlarini qamrab oluvchi baholash rejasi komissiya tomonidan ishlab chiqiladi va akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ rahbari yoki bunga vakolatli bo‘lgan shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Baholash buyrug‘i va rejasi baholash o‘tkazilishidan oldin arizachiga tanishib chiqish uchun taqdim etiladi.

20. Akkreditatsiya obyektini joyida baholashda obyektning amaldagi holati arizaga ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi va da’vo etilayotgan vazifalarni amalga oshirishga qodirligi tekshiriladi.

21. Komissiya akkreditatsiya obyektining akkreditatsiyaning belgilangan mezonlariga muvofiqligini baholash rejasiga muvofiq baholashni o‘tkazadi.

Baholash davomiyligi bir oydan oshmasligi lozim. Akkreditatsiya obyektini joyida baholash natijalari baholash dalolatnomasi (ma’lumotnomasi) bilan ushbu Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq rasmiylashtiriladi.

22. Dalolatnoma komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. Komissiyaning biror-bir a’zosi komissiya xulosasi bilan rozi bo‘lmagan holda, u baholash dalolatnomasiga ilova qilinadigan yozma e’tirozini bildirishi mumkin.

23. Akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ arizachi tomonidan taqdim etilgan barcha ma’lumotlarni tekshirib bo‘lganidan so‘ng, hujjatlar ekspertizasi natijalari, baholash dalolatnomasi, dalolatnoma bo‘yicha xulosa va e’tirozlar, arizachining taqdim qilingan fikrlarini tahlil etadi va Kengashda ko‘rib chiqilishi uchun kiritadi.

24. Kengash 15 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va akkreditatsiyadan o‘tkazish yoki akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

25. Akkreditatsiyadan o‘tkazish rad etilgan holda Kengash tomonidan akkreditatsiya obyektiga aniqlangan kamchiliklar va akkreditatsiya talablariga nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun bir oylik muddat beriladi.

26. Qayta baholashda ham kamchiliklar va akkreditatsiya talablariga nomuvofiqliklar aniqlansa, Kengash akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

27. Akkreditatsiyadan o‘tkazish muddati akkreditatsiya obyektning tayyorligiga bog‘liq bo‘lib, akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun ariza qayd etilgan kundan boshlab olti oydan oshmasligi kerak.

III. Akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnomani berish

28. Akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganda, akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ arizachiga ushbu Qoidalarning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi.

29. Akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnoma O‘zbekiston Respublikasining Milliy akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimi reyestrida (bundan keyin reyestr deb yuritiladi) qayd etiladi.

30. Akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnomaga Akkreditatsiya obyektining nizomi, shuningdek akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ rahbari tomonidan ushbu Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan akkreditatsiya sohasi ilova qilinadi.

31. Akkreditatsiya sohasining har bir sahifasi “O‘zstandart” agentligining akkreditatsiya bo‘limi boshlig‘i hamda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.

32. Akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnoma muddatsiz beriladi.

33. Akkreditatsiya obyekti faoliyatining belgilangan akkreditatsiya mezonlariga mosligining inspeksiya nazorati akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ tomonidan “Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini inspeksiya nazoratidan o‘tkazish qoidalari”ga (2005-yil 20-aprel, ro‘yxat raqami 1472) muvofiq amalga oshiriladi.

IV. Akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnomani bekor qilish va to‘xtatib turish

34. Akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnoma akkreditatsiya qilingan organ arizasi, shuningdek “Akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari (markazlari) faoliyatini inspeksiya nazoratidan o‘tkazish qoidalari”da (2005-yil 20-aprel, ro‘yxat raqami 1472) belgilangan hollarda bekor qilinadi va (yoki) to‘xtatib turiladi.

35. To‘xtatib turilgan akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnomaning amal qilishi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda nomuvofiqliklar bartaraf etilganidan so‘ng tasdiqlanishi mumkin. Bunda guvohnoma egasi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

36. Akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnoma bekor qilinganda, reyestrga akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnoma bekor qilinganligi to‘g‘risida tegishli yozuv kiritiladi.

Reyestrga tegishli yozuvlar kiritilgan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnoma egasiga guvohnoma bekor qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot xati yuboriladi.

Akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bekor qilinganidan so‘ng qayta akkreditatsiyadan o‘tishga ariza mazkur Qoidalarning II-bo‘limi talablariga ko‘ra taqdim qilinishi mumkin.

V. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, nomi yoki manzili (pochta manzili) o‘zgarganda hujjatlarni ko‘rib chiqish tartibi

37. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgargan hollarda, akkreditatsiya obyekti qayta qayd etilganidan so‘ng bir haftalik muddat ichida akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rsatilgan ma’lumotlarning tasdiqlovchi hujjatlarni (Ustavning notarial tasdiqlangan nusxasi, Ustavga kiritilgan o‘zgartirishlar qayd etilganini tasdiqlovchi hujjatlar va avval berilgan akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi) ilova qilgan holda akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organga topshirishi shart. Ariza hujjatlar to‘plami bilan birgalikda arizachi tomonidan bevosita yoki pochta aloqa vositalari orqali yetkazib beriladi. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar akkreditatsiya obyekti o‘z faoliyatini avval berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.

38. Ariza kelib tushganida akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxsning qayta tashkil etilgani, nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganini tasdiqlovchi taqdim etilgan hujjatlarni va ushbu o‘zgarishlarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayd etilganini tekshiradi.

39. Agar arizachi avval akkreditatsiya qilingan yuridik shaxsning huquqiy vorisi bo‘lsa, hujjatlar ko‘rib chiqilishining keyingi bosqichlari mazkur Qoidalarning II-bo‘limining 2-paragrafida bayon etilgan tartibda amalga oshiriladi.

40. Qayta rasmiylashtirilgan akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab besh kun davomida mazkur Qoidalar talablariga muvofiq beriladi.

VI. Apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish tartibi

41. Akkreditatsiyadan o‘tkazish natijalari bilan norozi bo‘lgan manfaatdor tomon “O‘zstandart” agentligining apellyatsiya kengashi yoki bevosita sudga murojaat qilish huquqiga ega.

42. Apellyatsiya kengashi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

VII. Yakuniy qoidalar

43. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri F. NAZIROV

Toshkent sh.,

2007-yil 13-avgust

Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi raisi v.b. B. ULASHOV

Toshkent sh.,

2007-yil 13-avgust

Metrologiya xizmatlarini tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik normalar va standartlarga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish huquqini akkreditatsiyadan o‘tkazish qoidalariga


Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish