Kirish II. Asosiyqism



Download 158 Kb.
bet6/11
Sana29.09.2021
Hajmi158 Kb.
#189272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURSOVOY......

g) baholanayotgan obyektlarga normativ hujjatlarning mavjudligi;

d) o‘lchash vositalarini attestatsiya qilish, qiyoslash va/yoki kalibrlashni amalga oshiruvchi akkreditatsiya qilingan laboratoriyalar bilan hamkorligi to‘g‘risidagi kelishuvlarning mavjudligi (o‘zining tarkibida mutaxassis metrologlar va/yoki akkreditatsiya qilingan laboratoriyalari mavjud bo‘lmagan metrologiya xizmatlari uchun).
Akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi

6. Metrologiya xizmatlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

a) akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun ariza berish, arizani oldindan ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror qabul qilish, akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ bilan ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzish, ariza beruvchi tomonidan ekspertiza o‘tkazish uchun to‘lovlarni amalga oshirish;

b) ekspertiza dalolatnomasini rasmiylashtirish bilan birga hujjatlar to‘plamini ekspertiza qilish, baholashga tayyorlash va uni o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzish, akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror loyihasini tayyorlash, baholash o‘tkazilishi uchun arizachi tomonidan to‘lovning amalga oshirilishi;

v) akkreditatsiya obyektini baholashga tayyorlash (komissiya tayinlash, buyruq chiqarish, obyektni joyida baholash dasturini ishlab chiqish);

g) dalolatnoma rasmiylashtirilishi bilan birga arizachini joyida baholash;

d) hujjatlar ekspertizasi natijasi, joyida baholash natijalarini, arizachi tomonidan kamchiliklarning bartaraf etilishi samaradorligini tahlil etish, qaror loyihasini tayyorlash;

e) ekspertiza va baholash hujjatlarini Kengashda ko‘rib chiqish, shuningdek akkreditatsiyadan o‘tkazish yoki akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etish haqidagi qarorni qabul qilish;

j) akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida guvohnomani rasmiylashtirish, qayd etish va taqdim etish va arizachi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirish.

Akkreditatsiyadan o‘tkazishning har bir bosqichi oldingi bosqichning ijobiy natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi.

7. Akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun to‘lovlar Xizmatlarga to‘lovlarni amalga oshirish tartibiga (1999-yil 28-aprel, ro‘yxat raqami 722) muvofiq amalga oshiriladi.

8. Akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha to‘lovlar arizachi tomonidan har bir bosqich uchun alohida amalga oshiriladi.

Arizachi tuzilgan shartnomaga ko‘ra akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlari bilan bog‘liq barcha to‘lovlarni ularning natijalaridan qat’i nazar, to‘lashi shart.

9. Tibbiy uskunalar va apparaturalarning Milliy akkreditatsiyadan o‘tkazish tizimining doirasida metrologiya normalari va standartlariga muvofiqligini baholash sohasidagi o‘zining layoqatini tan olinishi istagini bildiruvchi akkreditatsiya arizachisi akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq ariza va akkreditatsiya mezonlarining bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni yo‘llaydi.

10. Metrologiya xizmatini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida berilgan arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

a) ta’sis hujjatlari nusxalari;

b) akkreditatsiya sohasining loyihasi;

v) tibbiy uskunalar va apparaturalarning metrologik normalar va standartlarga muvofiqligini baholash va tasdiqlash bo‘yicha metrologiya xizmati nizomi loyihasi;

g) tibbiy uskunalar va apparaturalarni baholash va ularni metrologik normalar va standartlarga muvofiqligi bo‘yicha xulosalar berish tartibi;

d) metrologiya xizmati mutaxassislarining metrologik tayyorgarligi ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxati;

e) baholanuvchi uskunalar va apparaturalarning metrologik xossalarini belgilash uchun akkreditatsiya sohasining loyihasida ko‘rsatilgan muvofiqlik baholash obyektlarining normativ hujjatlari ro‘yxati.

Baholanuvchi uskunalar metrologik xossalarini belgilovchi normativ hujjatlari o‘zgarganda, akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organga tegishli axborotni taqdim etadilar.

11. Akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun taqdim etilgan ariza va hujjatlarni o‘rganib chiqish natijasi bo‘yicha, ariza qayd qilingan kundan boshlab uch kun ichida akkreditatsiya ishlarini olib borish to‘g‘risida yozma ravishda qaror qabul qilinadi.

12. Akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ ariza bo‘yicha qaror qabul qilib ekspertiza o‘tkazilishini ta’minlaydi. Ekspertiza akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ tomonidan ekspertiza uchun to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Akkreditatsiyadan o‘tkazish ishlariga (hujjatlar ekspertizasi, metrologiya xizmatini tekshirish va h. k.) akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ shtatiga kirmaydigan ekspert-auditorlar, maslahatchilar va mutaxassislar jalb etilgan holda, ularga to‘lovlar fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

13. Hujjatlar ekspertizasi ariza bo‘yicha qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oydan oshmagan muddat ichida amalga oshiriladi. Ekspertiza natijasi sifat bo‘yicha ekspert-auditor tomonidan berilgan xulosa bilan rasmiylashtiriladi.

14. Ekspertiza natijalari salbiy bo‘lganda akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ akkreditatsiya mezonlariga nomuvofiqligi sababli uni akkreditatsiyadan o‘tkazish rad etilganligi haqida arizachini xabardor qiladi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun muddat beriladi. Ushbu muddat 30 kundan oshmasligi lozim.

15. Akkreditatsiyadan o‘tkazish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma arizachiga rad etilish sabablari va kamchiliklar bartaraf etilib, hujjatlar qayta taqdim etilishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yozma ravishda yuboriladi (taqdim etiladi).

16. Arizachi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazish rad etilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi sabablar bartaraf etilganda, hujjatlarning qayta ko‘rilishi arizachining arizasi bilan birgalikda barcha zarur hujjatlar olinganidan so‘ng o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.

Arizani qayta ko‘rish uchun to‘lovlar undirilmaydi. Akkreditatsiyadan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tganidan so‘ng taqdim etilgan ariza yangi taqdim etilgan ariza bo‘lib hisoblanadi.

17. Ekspertizaning ijobiy natijalari bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ akkreditatsiya obyektini joyida baholash uchun komissiya tuzadi. Komissiya akkreditatsiyadan o‘tkazuvchi organ rahbarining komissiya tarkibi, joyida baholashni o‘tkazish maqsadi, sanasi va muddati ko‘rsatilgan buyrug‘i bilan tayinlanadi.


Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish