Korxonada yaqin kelajakda tibbiyot buyumlari, kosmetik kremlar, farmatsevtik nanopreparatlar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
DORI VOSITALARINI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH TARTIBI VA ULARNING AYLANISHINI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyundagi “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish samaradorligini oshirish va aholini ular bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5460-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2018-yil 1-noyabrdan boshlab:
ariza beruvchining xohishiga ko‘ra Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestridan (keyingi o‘rinlarda — Davlat reyestri) ko‘chirma taqdim etish orqali dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi guvohnomasini (uning dublikatini) berish to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi;
davlat organlari va tashkilotlari davlat xizmatlarini ko‘rsatishda dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirmani Davlat reyestridan mustaqil ravishda elektron shaklda oladilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4554/0014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘lchash funksiyalariga ega tibbiy texnikani qiyoslash, shuningdek, tibbiy texnikani majburiy davriy sinovdan o‘tkazish O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Akkreditatsiya markazi tomonidan belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
dorixonalar va ularning filiallari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda maxsus uskunadan foydalangan holda dorixona sharoitida qadoqlangan, o‘ralgan va markirovka qilingan “angro” mahsulotini sotish huquqiga ega;
tibbiyot muassasalari, shu jumladan davlat tibbiyot muassasalariga “angro” mahsulotini dori vositalarini saqlash va tarqatish tartibiga rioya qilgan holda sotib olishga ruxsat etiladi.
3. Belgilansinki, “angro” mahsuloti deb yirik qadoqda ishlab chiqariladigan va sotiladigan, shuningdek, keyinchalik tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish (tayyorlash) uchun ishlatiladigan dori vositasi hisoblanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kunlik muddatda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
2018-yil 1-noyabrga kadar muddatda dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi rasmiy veb-saytida joylashtirilishini ta’minlasin;
2018-yil 1-noyabrga qadar muddatda dorixona sharoitida “angro” mahsulotini qadoqlash, o‘rash va markirovka qilish uchun maxsus uskunalar mavjudligiga, shuningdek, mahsulotni qadoqlash, o‘rash, markirovka qilish va sotishni amalga oshirayotgan shaxslarning malakasiga doir talablarni o‘z ichiga olgan dorixonalar va ularning filiallari tomonidan “angro” mahsulotini sotish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Do'stlaringiz bilan baham: |