Kirish I. Umumiy qism


-rasm. Grid-tie invertorining sxematik ko’rinishi



Download 0,9 Mb.
bet3/4
Sana26.01.2020
Hajmi0,9 Mb.
#37371
1   2   3   4
Bog'liq
Guliruxsor


3-rasm. Grid-tie invertorining sxematik ko’rinishi.

Kuchlanish invertorining ishlash jarayonida doimiy kuchlanish manbai davriy ravishda nagruzka zanjiriga ulanib turadi va bunda qutblar o‘zgartirilib turadi. Bunda ulanishlar chastotasi va ularning davomiyligi boshqariluvchi signal yoqdamida amalga oshiriladi, bu signal esa kontrollerdan yuboriladi.

Invertordagi kontroller odatda bir nechta funktsiyalarni bajaradi: chiqish kuchlanishini sozlash, yarimo‘tkazgich kalitlar ishini sinxronlash, sxemalarni ortiqcha yuklanishdan himoya qilish. Asosan invertorlar quyidagilarga bo‘linadi: avtonom invertorlar (tok invertorlari va kuchlanish invertorlari) va biror narsaga bog‘liq invertorlar (Grid-tie tarmog‘i bilan boshqariladigan, va boshqalar).

1.3. Invertorlarning xususiyatlari

DC/AC invertorlari doimiy signalning qiymatini va shaklini o‘zgartirish imkonini beruvchi elektr asboblariga tegishli. Zamonaviy qurilmalar kichik o‘lcham va vazn bilan ajralib turadi. Ularning asosiy parametrlari quyidagilardir:

1. Quvvat. Uning ikkita turi bor – eng katta doimiy va cho‘qqi. Birinchisi, energiya miqdorini uzoq vaqt davomida ish qobiliyatini yo‘qotmasdan o‘tkazishi mumkin bo'lgan qurilmani bildiradi. Ikkinchisi, bir soniya davomida bardosh bera oladigan va ayni paytda ishlaydigan holatda qoladigan qurilmaning qiymat bilan tavsiflanadi.

O‘lchov birligi sifatida VA yoki W ishlatiladi. Ushbu o‘lchov birliklari orasidagi bog‘liqlik quyidagicha: 1 W=1,6 VA. Misol uchun, agar invertorga ulangan nagruzka 500 W iste’mol qilsa va invertorning doimiy quvvati 500 W deb e’lon qilingan bo‘lsa, u holda ularni birgalikda ishlatilishi mumkin emas chunki DC/AC konvertor kuyib ketadi.




2. Chiqish signalining shakli.

Sinusoidal signal kuchlanish va chastota amplitudasining bir tekis o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Aksariyat qurilmalar, masalan, oddiy maishiy texnika va isitgichlar, signalning to‘g'ri shaklini talab qilmaydi. Biroq, transformator tok manbalarili, elektrodvigatelli, APFC tarmoqli qurilmalar tugunlari bo'lgan transformator quvvat manbalari, elektr motorlari bo‘lgan qurilmalar signal shaklida juda talabchan.

3. Samaradorlik yoki foydali ish koeffitsienti (FIK) – foydali ishni bajarish uchun sarflangan va iste‘mol qilinadigan quvvat orasidagi munosabatni ko‘rsatadi. Invertorlarning o‘rtacha samaradorligi 85-90%.

4. Kirish kuchlanishi oralig‘i. Konvertatsiya qilish mumkin bo‘lgan kirish signalining amplitudasining ruxsat etilgan qiymatini bildiradi.

5. Chiqish kuchlanishi qiymatining o‘zgarish oralig‘i. Bu chiqish signalining amplitudasi o‘zgarishi mumkin bo‘lgan oraliq. Odatda bu oraliq 210–230 volt orasida yotadi.

6. Sovutish turi. Invertor ishlab chiqarishda ishlatiladigan radiodetallarni sovutish uchun passiv (radiatorlar) va aktiv (ventilyatorlar) ishlatiladi.




II. ASOSIY QISM

2.1. Raqamli elektronikada invertorning qo’llanilishi.
Zamonaviy hisoblash texnikasida axborotni raqamli qayta ishlash usuli muhim rol o‘ynaydi. Raqamli yarim o‘tkazgichli IMSlar hisoblash texnikasi qurilmalari va tizimining negiz elementi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari tomoniday qayta ishlanayotgan berilganlar, natija va boshqa axborotlar faqat ikki qiymat oladigan (ikkilik sanoq tizimi) elektr signallari ko‘rinishida ifodalanadi.

Analog axborotni raqamli ko‘rinishga aylantirish uchun uni kvantlaydilar, ya’ni vaqt bo‘yicha uzluksiz signal uning ma’lum nuqtalardagi diskret qiymatlari bilan almashtiriladi. So‘ngra berilgan signal oxirgi diskret qiymatiga mos ravishda raqam beriladi. Signal diskret darajalarini raqamlar ketma – ketligi bilan almashtirish jarayoni kodlash deb ataladi. Olingan raqamlar ketma – ketligi signal kodi deb ataladi.

Ikkilik sanoq tizimida biror son ikki raqam: 0 va 1 orqali ifodalanadi. Raqamlarni ifodalash uchun raqamli tizimlarda tok yoki kuchlanish kabi elektr kattalikni ikki holatdagi signalini qabul qilishga moslashgan elektron sxema bo‘lishi talab qilinadi. Kattalikning biri – 0 ga, ikkinchisi – 1 ga mos kelishi kerak. Ikki elektr holatga ega bo‘lgan elektr sxemalarni yaratishning nisbatan soddaligi shunga olib keldiki, hozirgi zamonaviy raqamli texnika mana shu ikkilik ifodalanish tizimga asoslangan.

Raqamli qurilmalar ishlash algoritmini ifodalash uchun bul algebrasi yoki mantiq algebrasi qo‘llaniladi. Mantiq algebrasi doirasida raqamli sxema kirish, chiqish va ichki qismlariga mos ravishda bul o‘zgaruvchilari o‘rnatiladi va ular faqat ikki qiymat qabul qilishi mumkin:

X=0 agar X 1; X=1 agar X  0.

Bul algebrasi asosiy amallari bo‘lib mantiqiy qo‘shuv, ko‘paytiruv va inkor amallari hisoblanadi. Mantiqiy qo‘shuv. Bu amal YOKI amali yoki diz’yunksiya deb ataladi. Ikki o‘zgaruvchini mantiqiy qo‘shish postulatlari 1 – jadvalda keltirilgan.

Bunday jadvallar haqiqiylik jadvallari deb ataladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu amal ixtiyoriy o‘zgaruvchilar soniga mo‘ljallangan. Amal bajarilayotgan o‘zgaruvchilar soni, uning belgisidan oldin turgan raqam bilan ko‘rsatiladi. Demak, 1 – jadvalda YOKI amali bajarilgan. Mantiqiy qo‘shuv YOKI amalini bajaruvchi element (elektron sxema) shartli belgisi (2.1 a – rasm)da keltirilgan.

1- jadval



X1

X2

Y=X1+X2

0

0

0

0

1

1

1

0

1

1

1

1

Mantiqiy qo‘paytiruv. Bu amal HAM amali yoki kon’yunksiya deb ataladi. Mantiqiy ko‘paytiruv postulatlari 2 – jadvalda keltirilgan. Mantiqiy HAM amalini bajaruvchi element shartli belgisi 2.1 b – rasmda ifodalangan.

2- jadval



X1

X2

Y=X1X2

0

0

0

0

1

0

1

0

0

1

1

1

Mantiqiy inkor. Inkor amali inversiya yoki to‘ldirish deb ataladi. Inkor postulatlari 3– jadvalda keltirilgan. Inversiya amalini bajaruvchi mantiqiy element shartli belgisi 2.1 v –rasmda keltirlgan.

3– jadval



X

Y

0

1

1

0



a) b) v)

4– rasm. Mantiqiy ammalar sxemasi

Elementar mantiqiy HAM, YoKI, EMAS amallarini bajaradigan mantiqiy elementlardan foydalanib ancha murakkab amallarni bajaradigan elementlar va ularga mos keluvchi elektron sxemalar yaratish mumkin.

Turli amallarni bajaradigan elementtlar IMSlar ko‘rinishida ko‘plab ishlab chiqariladi. Mantiqiy IMSlar seriyalarga birlashadilar. Har bir seriya asosida ma’lum bir mantiqiy amalni bajaruvchi elektr sxemadan tashkil topgan negiz element yotadi, masalan HAM-EMAS mantiqiy amali (Sheffer elementi) yoki YOKI-EMAS mantiqiy amali (Pirs elementi). Raqamli integral mikrosxemalar yaratishda turli murakkab mantiqiy amallarni bajaradigan sxemalarni yasashda faqat bitta HAM-EMAS, yoki YOKI-EMAS mantiqiy elementidan foydalanish talab qilinishi bilan ham ajralib turadi.




    1. Mantiqiy IMS parametrlari

Axborotni kodlash usuliga ko‘ra mantiqiy elementlar potensial va impuls usullariga bo‘linadilar.Mantiqiy elementlarning ko‘pchiligi potensial hisoblanadi, ya’ni ularda ikkilik axborot ikkita elektr potensial daraja ko‘rinishida ifodalanadi: mantiqiy 0 – past potensial U0mantiqiy 1 – yuqori potensial U1. Impuls mantiqiy elementlarda mantiqiy birga - impulsning mavjudligi, mantiqiy nolga – uning mavjud emasligi mos keladi.

IMS potensial mantiqiy elementlari quyidagi parametrlar bilan xarakterlanadi:


  • mantiqiy «0» va «1» kuchlanishlari - U0 va U1;

  • mikrosxema holati teskari holatga o‘zgaradigan kirishdagi ma’lum kuchlanish – bo‘sag‘aviy kuchlanish UBO‘S;

  • kirish bo‘yicha birlashish koeffisienti m (kirishlar soni);

  • chiqish bo‘yicha tarmoqlanish koeffisienti n (yuklama qobiliyati yoki mazkur IMS chiqishiga ulash mumkin bo‘lgan xuddi shunday mirosxemalar soni);

  • UKIR= U0 va UKIR= U1 larga mos keluvchi kirish toklari I0KIR va I1KIR ;

  • xalaqitlarga bardoshligi – yuqori U1XAL va past U0XAL kirish kuchlanish darajasi bo‘yicha mumkin bo‘lgan maksimal xalaqit kuchlanish qiymati;

  • manbadan iste’mol qilinayotgan quvvat R;

  • UeM kuchlanish va IM tok manbalari;

  • «0» holatdan «1» holatga, yoki aksincha o‘tishdagi qayta ulanish kechikish vaqti;

  • qayta ulanishlarning (tezkorlik) o‘rtacha kechikish vaqti - 0,5(t0K + t1K).

Zamonaviy statik tizimlarning asosiy negiz elementi bo‘lib Shottki diodlari qo‘llanilgan TTM, I2M, EBM, MDYa – tranzistorlarda (yoki  r – kanalli MDYa, yoki  – kanalli MDYa) yasalgan mantiq, komplementar MDYa – tranzistorlarda (KMDYa) yasalgan mantiq elementlari hisoblanadi.

Raqamli integral mikrosxema negiz elementlariga qo‘yiladigan asosiy talab – ularninng tezkorligi, kichik sochilish quvvati, katta joylashtirish zichligi (yagona kristall sirtida joylashgan elementlar soni) va tayyorlanishni texnologikligi hisoblanadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan negiz elementlar, u yoki bu, yoki bir necha parametrlariga ko‘ra bir – biridan ustun tursa, boshqa parametrlariga ko‘ra yomonroq hisoblanadi.

IMS negiz mantiqiy elementi asosi bo‘lib, qayta ulagichlar sifatida qo‘llaniladigan biror elektron kalit hizmat qilishi mumkin. Qayta ulagichlar sifatida qo‘llaniladigan yarim o‘tkazgichli asboblarga quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi: birdan katta bo‘lgan kuchaytirish koeffisienti; axborot uzatish tizimining bir tomonlamaligi; kirish va chiqish bo‘yicha katta tarmoqlanish koeffisientlari; qayta ulanishlarning katta tezligi; kichik iste’mol quvvati. Elektron kalitlar sifatida kremniyli bipolyar va maydoniy tranzistorlar qo‘llaniladi. Maydoniy tranzistorlarda bajarilgan kalitlar kichik sochilish quvvatiga ega bo‘lsalar, bir vaqtning o‘zida bipolyar tranzistorlarda bajarilgan elektron kalitlarning qo‘llanilishi ularning tezkorligini oshirishga imkon yaratadi.



2.3. Bipolyar tranzistorlarda yasalgan kalit sxemalar

BT da yasalgan sodda kalit sxemasi 2.3 – rasmda keltirilgan. Yuklama qarshiligi RK emitteri umumiy shinaga ulangan tranzistorning kollektor zanjiriga ulangan. Kalit ikkita turg‘un holatga ega bo‘lishi kerak: ochiq va berk.



Ochiq kalit holatiga tranzistorning to‘yinish yoki aktiv ish rejimi, berk holatga esa - berkilish rejimi mos keladi.

Agar tranzistor bazasiga manfiy kuchlanish berilsa (UKIR0V), u holda emitter va kollektor o‘tishlar teskari yo‘nalishda ulangan bo‘ladi, ya’ni berk holatda bo‘ladi. Bu vaqtda tranzistor kollektor tokining berkilish rejimida ishlaydi va kalit uzilgan holatda bo‘ladi. Berkilish rejimida tranzistor toklari mos ravishda,  . Natijada tranzistor kollektoridagi kuchlanish, (mantiqiy bir U1) bo‘lib, yuklamaning manbadan uzilgan holatiga mos keladi (kalit uzilgan).

Baza zanjirida RB rezistor mavjud bo‘lganda tranzistor baza kuchlanishi







Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish