1.4 Quartus II dasturiy muhiti imkoniyatlari. Quartus II paketi Altera firmasining DMIS kristallida raqamli qurilmalarni loyihlashni to’liq o’z ichiga oluvchi avtomatlashtirilgan tizim bo’lib hisoblanadi. Bu tizim foydalanuvchiga proyekt tavsifini, mantiqiy sintezni, loyihani kompilyatsiyalash, DMIS dasturlashni, funksional va vaqtga bog’liq modellashtirishni, vaqtga bog’liq tahlillashni, tizim ichi otladkasini ishga tushirishni amalga oshirish bo’yicha keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Quartus II da qulay grafik interfeysdan va loyihalash ma’lumotlarini bajarish uchun zarur bo’lgan barcha axborotlarni o’z ichiga olgan ma’lumot tizimidan foydalanadi. Shuningdek, paket loyihalashning har bir bosqichini amalga oshirish uchun buyruqlar qatoridan ham foydalanadi. Sababi, foydalanuvchining xohishiga qarab yo grafik interfeys yoki buyruqlar qatoridan foydalaniladi.
Quartus II paketi o’zida loyihalashning turli bosqichlarini bajarish uchun mo’ljallangan ko’p sonli dasturiy modellarni integratsiyalaydi. Quartus II ning standart kutubxonasi tarkibiga megafunksiyalar va makrofunksiyalarni o’z ichiga oluvchi ko’p sondagi bazaviy elementlar kiradi. Megafunksiyani tashkil qiluvchi qismi parametrlanuvchi modellarning standart kutubxonalari bo’yicha yaratilgan operatsion qurilma bo’lib hisoblanadi.
Megafunksiyalarning ko’pgina qismi Altera firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ular quyi dasturlash tilida yozilgan va Altera kompaniyasining DMISida qo’llash uchun optimallashtirilgan. Qolgan qismlari esa kompaniyaning hamkorlari tomonidan ishlab chiqilgan. Megafunksiyalardan foydalanuvchi loyihasida qo’llash loyihalash imkoniyatini kengaytiradi va loyihani bajarishni tezlashtiradi.
“Loyiha” atamasi ostida Quartus II da loyiha qurilmalari bilan va mos kutubxonalar to’plami bilan bog’liq fayllar to’plami tushuniladi. Fayllar ikki turda bo’lishi mumkin – mantiqiy va yordamchi. Mantiqiy fayllar loyihalanayotgan qurilmaning alohida modullari strukturasini yoki hatti-harakatini tavsiflaydi. Bunga apparatni tavsiflash tili(HDL, Hardware Description Language)da yozilgan tekstli fayllar, sxemalarni grafik ko’rinishda beruvchi fayllar, alohida modullarni chekli avtomatlar ko’rinishida beruvchi fayllarkiradi ishiriladi. Yordamchi fayllar loyihalanuvchi qurilma haqida qo’shimcha malumotlarmo saqlaydi. Ko’pgina yordamchi fayllar loyiha mantig’I tavsifini saqlamaydi. Ularning ba’zilari Quartus II tomonidan avtomatik tarzda yaratiladi, ba’zilari foydalanuvchi tomonidan kiritiladi. Yordamchi fayllarga misol qilib o’rnatish va tayinlash fayllari(.qsf)ni, belgili fayllarini(.bsf) , hisobot fayllar(.rpt)ni keltirish mumkin.
DMIS da loyihalash quyidagi bosqichlardan iborat:
Loyihaga kirish. Bu bosqichda loyihalovchi loyihaning tavsifini va uning qismlarini kiritadi. Buni yaratish va keyin tahrirlashda Quartus II grafik redaktordan foydalanadi. Grafik imkoniyatning loyihani kiritishdagi asosiy afzalligi uning an’anaviyligi va ko’rgazmaliligidir.
Hozirgi vaqtda eng ommaviy qo’llanilayotgan til bo’lib apparatni tavsiflash tili(HDL) hisoblanadi. Quartus II da loyiha qismining matnli tavsifini yaratish uchun va tahrirlash uchun matnli redaktordan foydalaniladi. Tahrirlash redaktorida VHDL, Verilog, AHDL(Altera HDL), System Verilog tillarida yozish mumkin. Bu tillar mos holda .vhd,.v, .tdf, .sv fayl kengaymalarda bo’ladi. Matnli tavsiflashning affaziligi bo’lib uning ixchamligi va har qanday o’zgaritirishlarga nisbatan oddiy avtomatlashtirilganligi hisoblanadi.
Loyihani kompilyatsiyalash. Kompilyatsiyalash loyiha kodlarini tanlangan DMIS kristallida ishlatish uchun o’zgartirish jarayoni ko’rinishida bo’ladi. Koplyatsiya butun loyihani o’zgaritirgani kabi alohida qismlarini ham o’zgaritirishi mumkin. Quartus II da kompilyatsiya modul uchun doimo yuqori darajada(top level) amalga oshiriladi. Shuning uchun ham sxemaning alohida komponentini kompilyatsiyalash uchun u o’zining modeli bilan yuqori darajada oldindan e’lon qilinishi zarur. Kompilyatsiyalash bir qancha bosqichlarni bajarishni o’z ichiga oladi.