Kirish I. Bob xiva o`rta asr sharq me`morchiligining tengsiz javohiri


II. BOB. XIVADAGI MASHHUR VA BEBAHO INSHOOTLAR



Download 53,02 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2022
Hajmi53,02 Kb.
#681710
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qalandarovaaa (2)

II. BOB. XIVADAGI MASHHUR VA BEBAHO INSHOOTLAR
2.1. Muhammad Aminxon madrasasi va uning tuzilishi
Xiva shahrida, Ichan qal’aning g‘arbida joylashgan Muhammad Aminxon madrasasiqo‘ng‘irotlar sulolasidan bo‘lgan Xiva xoni Muhаmmаd Аminхоn tomonidan bunyod etilgan. Mardasa qurilishiga homiylik qilgan, Оllоhquliхоnning o‘g‘li Muhammad Aminxon (1817-1855) 1846-1855-yillarda Хivа хоni bo‘lgan.U atrоfidаgi bаrchа isyonkоr turkmаn qаbilаlаrini bo‘ysundirdi vа хоnlik dаrоmаdini оshirdi. Muhammad Аminxon o‘z hukmrоnligi dаvridа Хurоsоn vа Mаrvgа 10 mаrtаdаn ko‘prоq qo‘shin tоrtib bоrdi. Хоnlik pоytахti bo‘lgаn Хivа shahridа vа uning аtrоfidа kеng miqyosdа qurilish vа оbоdоnlаshtirish ishlаrini оlib bоrdi. Хivа shahridа qurilgаn Muhаmmаd Аminхоn mаdrаsаsi vа uning yonidаgi hаshаmаtli Ko‘k (Kаltа) minоrа shulаr jumlаsidаndir. Hаli bitmаgаn minоrаni shu dаvr shоirlаri «Fаlаk аyvоnigа qo‘yilgаn ustundеk» dеb tа’riflаdilаr. Muhammad Аminxon Хоrаzm pоytахtini Ko‘hnа Urgаnch (qаd. Gurgаnj)gа ko‘chirish uchun u yеrdа hаm ko‘p qurilish vа оbоdоnlаshtirish ishlаrini аmаlgа оshirdi. Muhammad Aminxon Sаrахs (Turkmаnistоn)dа turkmаnlаr bilan bo‘lgаn jаngdа hаlоk bo‘ldi.
Uning nomi bilan atalgan inshoot so‘nggi o‘rta asrlarning oxirida, 1851-1855-yillar oralig‘ida bunyod etilgan.
Madrasani bunyod etishda har xil o‘lchamdagi g‘isht va toshlardan, loy, yog‘och, tunuka, sement, marmar, turli xil qimmatbaho toshlar va shunga o‘xshash mahsulotlardan keng foydalanilgan.
Madrasaning umumiy ko‘rinishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u ikkidan iborat ko‘rinishda bo‘lgan. Birinchi qаvаtidаgi hujrаlаr dаhlizli, ikkinchi qаvаtdаgilаri esa аyvоnli bo‘lgan. Bu uslub Хivа mаdrаsаlаri mе’mоrchiligidа ilk bоr shu binоdа qo‘llаnilgаnlgi bois uning o‘ziga xosligini ko‘rsatadi. Аyvоnlаrning qurilishi sоddа, hоvlining umumiy mе’mоrligigа mоs. Ikki qаvаtli аyvоnlаrdаgi qаnоslаr vа qаrаmа-qаrshi qo‘yilgаn pеshtоqlаr sirkоr pаrchinlаr bilan nаqshlаngаn. Hujrаlаr tоmi bаlхi gumbаz bilan bеrkitilgаn. Shаrqiy qаnоtidаgi mаsjid vа g‘аrbiy qаnоtidаgi dаrsхоnаning gumbаzlаri burchаklаridаn chiqаrilgаn tоqili qiya sаth bаg‘аlgа qo‘yilgаn. Pеshtоqining 6 qirrаli ko‘rkаm rаvоg‘i hаm sirkоr pаrchinlаr bilan bеzаtilgаn. Mаsjidning bаlаnd gumbаzi pеshtоqidаn аnchа yuqоri ko‘tаrilib turаdi. Mаdrаsаning bаlаnd vа bеzаkdоr pеshtоqi o‘zigа хоs mаydа rаvоqchаlаrgа bo‘lingаn, burchаklаridаgi mеzаnаli guldаstаlаr binоgа sаlоbаt vа go‘zаllik bаg‘ishlаydi. Binоdа Хivа mе’mоrchilik mаktаbigа хоs uslublаrning eng yaхshi nаmunаlаri qo‘llаngаn. Bоsh tаrzidаgi miyonsаrоy 2 оshyonli, 5 gumbаzli bo‘g‘imlаrgа аjrаtilgаn. Yog‘оch o‘ymаkоrligidа ishlаngаn eshik vа pаnjаrаlаr nоyob sаn’аt аsаri hisоblаnаdi. Umumiy tаrhi – 77x60 m; hоvli 38x38 m; mаsjid 9,4x8,4 m; dаrsхоnа 5,6x5,6 m.Inshoot o‘z davrida dastlab madrasa, keyinchalik shahar devonxonasi vazifasini o‘tagan.
Me’moriy inshoot Sharq me’morchiligining yorqin namunasi hisoblanadi. U “Chor”, gumbazsimon uslubda bunyod etilgan.
Me’moriy inshoot mustaqillikkacha va mustaqillikdan keyin bir necha bor ta’mirlandi va u YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi.
Xivashahrining 2500 yilligi munosabati bilan Xiva shahridagi boshqa me’moriy obidalar qatorida Ollohqulixon karvonsaroyi ham ta’mirlandi. Me’moriy obida atroflari ko‘kalamzorlashtirilgan holatga keltirildi. Madrasa afsonaviy ko‘rinishini Ichanqal’a shahri tarixiy markazida saqlab qolgan bo‘lib, 1990-yilda Xivadagi “Ichanqal’a” Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. 2000-yil 30-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofazalash va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida jahon talablariga mos qonuniy asosni yaratdi.
Xiva shahrida 64 ta madrasa mavjud bo’lib, shular ichida eng yirigi va chiroylisi Xiva xoni Muhammad Aminxon tomonidan qurilgan madrasa hisoblanadi.Madrasa Ichan qal’aning g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, shaharning bosh darvozasi Ota darvozadan kirib kelganda, o’ng tomonda joylashgan. Bu me’morchilik obidasi o’z davriga xos uslubda eng katta va hashamatli qilib qurilgan. Madrasa pishiq g’ishtdan qurilib, uning devorlarining qalinligi 1,5 metrga etadi. Madrasa 130 hujradan iborat. Derazalarda ganchdan ishlangan panjaralar qurilgan.Muhammad Aminxon minorasi: Xivada qurilgan mashhur minoralardan biri nihoyasiga etkazilmagan Muhammad Aminxon minorasidir.Minora hozirgi paytda kesik konus shaklida bo’lib hozirni o’zida ham haybatli ko’rinishga ega. Dinamik qisqarishiga qarab xulosa qilinadigan bo’lsa, bitganidan so’ng uning balandligi 100 metrga yaqin bo’lib O’rta Osiyoda eng katta va baland minora bo’lishi mumkin edi. Minora qancha vaqt o’tgan bo’lsa ham xuddi yangi qurilganday saqlanib turibdi. Minora 1853 yilda Muhammad Aminxon tomonidan qurila boshlangan va 1855 yil Shimoliy Eronga yurish paytida xonning o’ldirilishi va Abdullaxonning taxtga o’tirishi bilan qurilish ishlari to’xtab qolgan
Madrasa Ichan qal’aning g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, shaharning bosh darvozasi Ota darvozadan kirib kelganda, o’ng tomonda joylashgan. Bu me’morchilik obidasi o’z davriga xos uslubda eng katta va hashamatli qilib qurilgan. Madrasa pishiq g’ishtdan qurilib, uning devorlarini qalinligi 1,5 metrga etadi. Madrasa 2 qavatli, 130 hujradan iborat bo’lib, tarixiy ma’lumotlarga asosan unda bir vaqtning o’zida 260 nafar talaba tahsil olgan.
Madrasa va minora qurilishi tarixini tarixchi olimlar quyidagicha yoritadilar. “Madaminxon xonligining to’rtinchi yilida Arkning qibla tomonida bir madrasa va minora qurilishini boshlatdi. Uning qurilishini Bekniyoz devonga buyurdi. Bekniyoz devonbegi qurilishni boshlab, uning ustida Muhammad Karim devonni qo’ydi. Muhammad Karim Xorazmning mashhur ustalarini topib, ishga mashg’ul bo’ldi. Xonning amri bilan Angarikda qum etagida bir hovli va bog’ qurilishi ham boshlab yuborildi va unga Abdulla Qushbegi tomonidan Ismoil devon ibn Odina devon bosh qilib qo’yildi. 1851 yilda Muhammad Aminxon madrasasini qurish uchun tanlov e’lon qilindi va ustaboshi Abdulla “jin” chizgan loyiha xonga manzur bo’ldi. Madrasa uch yildan keyin bitdi. Xon xushhol bo’lib Bekniyoz devonbegiga katta to’y va shohona ziyofat anjomini tayyorlatdi. To’yga kelgan xonning og’a-ini va yaqinlariga zarbof to’nlar kiygizildi, bedov otlar hadya qilindi. To’yda ishtirok qilgan hamma in’om olmasdan qolmadilar. Madrasaning binosiga zamon shoirlari tarixlar aytib, xondan in’omlar oldilar. Madrasa peshtog’ida bir minora qurilishi boshlangan ediki, hali bitmagan minorani shoirlar “Falak ayvoniga qo’yilgan ustundek” deb ta’rifladilar. Madrasaning peshtoqiga chiroyli koshin taxtalar o’rnatildi va ularga nasta’liq xatida quyidagi so’zlar yozib qo’yildi:
“Kad vasallohu taolo ba ixtitom binoi qazo al madrasai muqaddasa ul tohi xayrul madoris fil olam biamri sultonuzzamon Abul G’oziy Muhammad Amin Bahodirxon ibn Olloqulixon Navvarollohi marqadihi 1270”.
Tarjimasi: “Olloh taoloning inoyati bilan zamon sultoni Abulg’oziy Muhammad Aminxon ibn Olloqulixon (uning qabri nurli bo’lsin)ning amriga binoan ushbu muqaddas madrasa yaxshiliklar maskani bo’lsin deya bino etildi”. Hijriy sana 1270 (milodiy 1854 yil).13
Madrasa me’moriy jihatdan boshqa shu kabi binolarga o’xshash, bino simmetrik tarzda, ikki qavatli qilib qurilgan, tarhi to’g’ri burchakli, hovlili. Peshtoqning ikki yoniga an’anaviy guldasta-minoralar ishlangan. Bosh tarzini besh gumbazli miyonsaroy, masjid, darsxona va qo’shimcha xonalar egallagan. Hovlining ikki yonida kichik peshtoqlar bor. Birinchi qavatdagi hujralar yotoqxona va yordamchi xonalar sifatida xizmat qiladi, ikkinchi qavatdagi ravoqli peshayvon binoga fayz bag’ishlagan. Ichkari hovlida to’rtta kichik peshtoqlar ham mavjud bo’lib, ularda “suls” xatlari bitilgan koshinlar, bezaklar ham mavjud. Derazalarda ganchdan ishlangan panjaralar qurilgan. Pastida devor va tsokol orasiga nam o’tkazmaydigan qatlam (gidroizalatsiya)-tosh belbog’ (poyas)ni balandligi 68 sm qilib qo’yilgan. Madrasani o’lchamlari quyidagicha:
Umumiy o’lchami-71,7 x 60,0 metr
Ichkari hovli-38,0 x 38,0 metr
Peshtoq o’lchami-25 metr balandlikda qurilgan.
“Madaminxon madrasasi - deb yozadi 1863 yilda Xivaga kelgan sayyoh A.Vamberi - karvonsaroy tipida qurilgan bo’lib, yonidagi minorasi xonning halokati tufayli bitmay qolgan”.14
Madrasa uchun ma’lum miqdorda vaqf eri ajratilgan. Bu er 32525 tanob bo’lib, unda o’stirilgan va yig’ilgan hosil bilan o’quvchilar (talabalar) shug’ullanishgan. Bu berilgan vaqf eridan yiliga 12000 Xiva botmoni miqdorida (botmon-20 kg) bug’doy va 5000 tillo pul daromad qilingan.

Hujralarda 2-3 talaba yashagan, barcha hujra eshiklari hovliga qarab solingan va har bir hujrada o’choq o’rnatilgan. Madrasada diniy va dunyoviy ilm berilgan, ayni paytda ko’ngilochar o’yinlar, shuningdek ashula aytish man qilingan. Madrasada o’qish muddati chegaralanmagan bo’lib, ayrim talabalar bir kursda 3-4 yil, hatto 8-10 yillab o’qishgan. Madrasada ta’lim 3-bosqichda olib borilgan, 1. Boshlang’ich “adno” 2. O’rta “avsat” 3. Yuqori “a’lo” guruhlarida. Boshlang’ich bosqichda arab grammatikasi, mantiq, shariat qonunlari, diniy urf-odatlar, arab va fors tilidagi adabiyotlar o’rgatilgan. Qolgan ikki bosqich davomida talabalar “tahsib” (mantiq), ilohiyot, huquqshunoslik va boshqa fanlarni qunt bilan o’rganishgan. Madrasaga o’n besh yoshga to’lgan har bir musulmon farzandi, savodi va iqtidori inobatga olingan holda qabul qilinardi. Ularni mulla yoki tolibul ilm deb ataganlar. Madrasani bitkazgan talabalar orasidan shoirlar, muarrixlar, hattotlar, olim va fuzalo kishilar etishib chiqqan. Madrasada katta kutubxona va musulmon Oliy Sud boshqaruvi joylashgan.




Download 53,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish