KiRİSH: I. Bob: XI-XV asrlarda italiyadagi SİyosiY,İQTİsodiy va iJTİMOİy munosabatlar


I. Bob: XI-XV asrlarda Italiyadagi siyosiy,iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar



Download 105,68 Kb.
bet2/7
Sana16.04.2022
Hajmi105,68 Kb.
#557708
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XI-XV Asrlarda Italiya

I. Bob: XI-XV asrlarda Italiyadagi siyosiy,iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar.
1.1XI-XV asrlarda Italiyadagi siyosiy jarayonlar.
XI-XII asrlarda janubiy Italiya shaharlari rivojlanadi kuzatiladi. Shaharlar vositachilik savdosi bilan bog’langan bo’lib, ichki savdo va ishlab chiqarish hali rivojlanmagan edi. Shuning uchun va XII asrda kuchli davlat mavjud bo’lgani uchun Janubiy shaharlar mustaqilligini qo’lga kirita olmagan.Janubiy Italiya va Sitsiliysda feodal munosabatlar xorijiy istilochilar hukmronligi davrida rivojlanishi bu hududning tarixida o’z ta’sirini qoldiradi. XI asrda bu yerda normannlar o’rnashadilar. 41130 yil Janubiy Italiya va Sitsiliya Rodjer II davrida yagona Sitsiliya qirolligiga birlashadi. Normannlar istilosi feodal munosabatlarni tezlashtirdi: qirol bosib olingan yerlarni va aholini feod tariqasida feodallarga va cherkovga taqsimlab beradi.XII-XIII asrlarda qiqollik O’rta Yer dengizi havzasidagi eng qudratli davlatga aylanadi. Qirol hokimiyati mayda va o’rta feodallarga, ritsarlarga tayangan. Ular vassallik munosabatlari bilan qirolga tobe bo’lib, kuchli qirol hokimiyati bo’lishidan manfaatdor edilar. Qirol hokimiyatining yana bir tayanchi cherkov bo’lgan. Istilo davrida yerlarning katta qismi domen sifatida qirol ixtiyorida qoldirilganligi qirol xazinasining moddiy jihatdan ta’minlab turgan.Shuning uchun baronlar qirol hokimiyatiga tazyiq o’tkaza olmaganlar. XIII asr oxirida Sitsiliya qirolligida markazlashuv yanada kuchayadi. XII asr oxirida normannlar sulolasi Shtaufenlar bilan sulolaviy nikoh orqali bog’lanib, 1212 yildan 1250 yilgacha Sitsiliya qirolligi Fridrix I Barbarossaning nabirasi Fridrix II qo’liga o’tadi. Fridrix II 1220 yildan bir vaqtning o’zida Muqaddas Rim imperiyasi imperatori ham hisoblangan.Fridrix II yoshlik yillari qirollik papa Innokentiy III hokimiyati tasiriga tushib qoladi. Innokentiy III vafotidan keyin Fridrix II hokimiyatni o’z qo’liga olib, Sitsiliya qirolligini papalikni, Shimoliy va O’rta Italiyani egallash uchun tayanch nuqtasiga aylantirishga uringan.1231 yil Fridrix II chiqargan “Melfiy konstitutsiyasi”ga ko’ra mamalakatda yagonama’muriy birlik o’rnatilib, shaharlar va baronlar siyosiy mustaqillikdan mahrum bo’lganlar. Feodal qasrlar buzib tashlanadi, qurol taqib yurish taqiqlanadi, feodal sudlar bekor qilinadi.Episkoplik to’la qirollikka bo’ysundiriladi.Feodallardan mustaqil bo’lish uchun Fridrix II saratsinlardan yollanma qo’shin tuzadi.Flot barpo etiladi.Fridrix II davrida Sitsiliya Italiyaning eng markazlashgan davlatiga aylanadi.Xazina daromadlarini oshirish uchun soliqlar ko’paytiriladi. Bazi buyumlar savdosi davlat monopoliyasiga o’tkaziladi (tuz, metall, g’alla, shoyi) Soliqlar oshishi aholining qashshoqlashishiga va mamlakat rivojiga salbiy tasir etadi. Fridrix II vafotidan keyin 1268 yildan Sitsiliya qirolligi papa yordami bilan fransuz qirolining ukasi Karl Anjuy tomonidan egallanadi.Karl Italiyaning ko’plab shaharlarini qo’lga oladi, Tunisga qaratilgan salib yurishlarida qatnashadi.Bu xarajatlarni qoplash uchun yangi soliq joriy qiladi.Bunga javoban 1282 yil “Sitsiliya oqshomi” nomini olgan xalq qo’zg’oloni boshlanadi.Qo’zg’olonchilar frantsuz garnizonini qirib tashlaydi.Bu voqealardan keyin Sitsiliya qirolligi bo’linib ketadi.Neapolitan qirolligi Anjuy sulolasi qo’lida qoladi, Sitsiliya 1302 yil Aragon qirolligiga qo’shiladi.
XIV-XV asrlarda Janubiya Italiya iqtisodida tushkunlik boshlanadi. Mahalliy savdo va hunarmandchilik izdan chiqadi, shaharlarning ahamiyati yuqoladi. Neapolitan qirollari Sitsiliya uchun Aragon sulolasi bilan o’zaro urushlar olib borganlar. Urushlarni tashkil qilish uchun Shimoliy Italiya savdogarlari qirollarga qarz berib, evaziga yerlar va dvoryanlik unvonlari olganlar. Iqtisodiy asosga ega bo’lmagan Janubiy Italiyaning erta davlat markazlashuvi uzoqqa bormadi.Neapolitan qirolligining iqtisodiy tushkunligi uni siyosiy zaiflashuviga olib keldi.Anjuy qirollari feodallarga yon berishga majbur bo’lganlar. 1442 yil Janubiy Italiya ham Aragon sulolasi qo’liga o’tadi va Sitsiliya yana Neapolitun qirolligi bilan birlashtiriladi. Bu hududda ko’p asrlar Ispaniya hukmronligi qaror topadi.
Yuksak rivojlangan hunarmandchilik, tovar-pul munosabatlarining keng tarqalishi va krepostnoy qaramlikning yo’qolishi Shimoliy va O’rta Italiyada XIV asrda kapitalistik munosabatlarning erta paydo bo’lishiga olib keldi. Kapitalistik munosabatlarning erta paydo bo’lishi o’rta asrlarda Italiya tarixining muhim xususiyati hisoblanadi.Shahar-davlatlardagi siyosiy vaziyat-hokimiyatni boy popolonlarga yoki savdogar-so’dxo’rlarga o’tishi bunga yordam beradi. XIV asr boshida sex tartiblari hunarmandchilikning ilg’or tarmoqlarining keyingi rivojiga to’siq bo’lib qoladi. Sexlar “katta” va “kichik” sexlarga bo’linadi, ular orasida ijtimoiy tengsizlik kuchayadi, xalfa va shogirdlarni ishlatish kuchayadi.Tadbirkorlarni, savdogarlarni, bankirlarni o’z ichiga kiritgan katta sexlar kichik sexlarni bo’ysundirib, mayda hunarmandlar va ishchilarni ishlatganlar.
Kapitalistik munosabatlarning erta paydo bo’lishining yana bir sharoiti-dehqonlarning shaxsan ozod bo’lishi va ularning yerlardan mahrum bo’lishi hisoblanadi. Yersiz dehqonlar kun ko’rish uchun shaharlarga ketib, XIV asrda paydo bo’layotgan yangi ijtimoiy qatlam – yollanma ishchilar qatlamiga asos bo’lganlar. Manufaktura ko’rinishidagi yirik ustaxonalar dastlab Florensiya, Siena, Lukka, Milan, Bolonyada paydo bo’ladi. XIV asr o’rtasida Florensiyada 300ga yaqin yirik korxona yiliga 80 ming bo’lak movut tayyorlagan. (uning qiymati shahar byudjetidan 3 marta ko’p bo’lgan) Movutsozlikda 30 ming kishi faoliyat ko’rsatgan. Har bir ishchining alohida operatsiyani bajarganligi mehnat mahsuldorligini oshirgan.Yollanma ishchilar eng oddiy ishlarni bajarganlar. (Yung yuvganlar, quritganlar, taraganlar, urganlar, tashiganlar, bog’laganlar va h.) Hech qanday ishlash vositasiga ega bo’magan yollanma ishchilar (chompi) Florensiyada 10000mingga etgan.Ishlab chiqarishning ba’zi operatsiyalari xom-ashyoga ishlov berish, yigirishni hunarmandlar uylarida bajarganlar, qolganlari ustaxonada bajarilgan.
5XV asrda Florensiya va boshqa shaharlarda eksportga ishlaydigan shoyi sanoati rivojlanadi. Venetsiya va Genuya kemasozligida ham yirik manufaktura korxonalari paydo bo’ladi. Manufakturalarda asosiy ischi kuchini yollanma ishchilar tashkil qilgan. Mehnat qo’lda bajarilganligi uchun ilk kapitalistik ishlab chiqarish manufaktura deyilgan (lotinchamanus – qo’l , fakere – qilmoq) XIV-XV asrlardagi Italiya manufakturalari ilk kapitalistik korxona bo’lgan. Ishchilarning ish vaqti 14-16 soat davom etgan.Ular boshqa shahardan taklif qilingan kuzatuvchi nazorati ostida ishlaganlar.Ishchilar hech qanday siyosiy huquqqa ega bo’lmaganlar.
Italiyada kapitalistik munosabbatlarning erta paydo bo’lishi uning XIV-XV asrlarda oligarixiy rivojlanishining xususiyatlarini belgilab beradi. Yangi munosabatlar mehnat mahsuldorligini oshishiga, iqtisodni yuksalishiga va XIV asrda Italiyani yevropaning eng ilg’ordavlatiga aylanishiga olib keldi. Yangi munosabatlar “Uyg’onish davri” deb ataladiganyangi, ilk burjua dunyoqarashning va realistik san’atning manbai edi. Shuni hisobga olish kerakki, XIV-XV asrlarda ilk kapitalistik munosabatlar Italiyaning ayrim shaharlarida va ishlab chiqarishning ayrim sohalarida paydo bo’ldi. Manufaktura iqtisodning feodal mazmunini o’zgartirmaydi. U mamlakatda ichki aloqalar o’sishiga va yagona bozor vujudga kelishiga ta’sir etmaydi. Ishlab chiqarish uzoq bozorlarga qaratilgan edi.

Download 105,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish