KiRİSH: I. Bob: XI-XV asrlarda italiyadagi SİyosiY,İQTİsodiy va iJTİMOİy munosabatlar



Download 105,68 Kb.
bet1/7
Sana16.04.2022
Hajmi105,68 Kb.
#557708
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
XI-XV Asrlarda Italiya


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Farg’ona Davlat universiteti



KURS ISHI


Mavzu: ХI-XV Asrlarda Italiya
FARG’ONA 2021
Mavzu : ХI-XV Asrlarda Italiya


REJA:
KİRİSH:
I. BOB:XI-XV ASRLARDA ITALİYADAGİ SİYOSİY,İQTİSODİY VA İJTİMOİY MUNOSABATLAR.
1.1 XI-XV asrlarda Italiyadagi siyosiy jarayonlar.
1.2 XI-XV asrlarda Italiyadagi ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar.
II. BOB: ITALİYA MA’DANİYATİ RİVOJLANİSH BOSQİCHLARİ.
2.1 Ilk uyg’onish davrida Italiya ma’daniyati
2.2 Yuqori uyg’onish davrida Italiya ma’daniyati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Feodal jamiyati qo’ynida kapitalistik munosabatlarning tarkib topishi G’arbiy Evropa hayotida muhim o’zgarishlarga olib keldi. Din o’z obro’sini yo’qta bordi, mayda xunarmandchilikdan manafakturaga o’tish, shaharlarning tezlik bilan kengayib, rivojlanib borishi, yangi qit’alarning ochilishi va savdo- sotiqning rivojlanishi ijtimoiy hayot qiyofasini ham, odamlarning hayotga, voqelikka bo’lgan munosabatini ham o’zgartira boshladi.Bu davrga kelib, qirol hokimiyati shahar aholisiga suyanib, feodal dvoryanlarning qudratini sindirib tashladi va yirik-yirik, aslida millatlarga asoslangan monarxiyalar 1tuzdi, bu monarxiyalarda hozirgi zamon Evropa millatlari va hozirgi zamon burjua jamiyati taraqqiy eta boshladi. Ana shu taraqqiyot jarayonida yangi dunyoviy san’at va madaniyat kamol topdi. Kitob bosishning vujudga kelishi adabiy va ilmiy asarlarni keng tarqatish imkoniyatini yaratdi. Mamlakatlar orasidagi yaqin munosabatlar esa badiiy hayotdagi yangiliklarni tezda o’zlashtirish imkonini tug’dirdi.
XV—XVI asrlarda o’z taraqqiyotini boshidan kechirgan bu yangi madaniyat tarixda «Uyg’onish» deb nom oldi. Bu iborani italiyalik rassom va san’atshunos Jorj Vazari Italiyada san’at uzoq o’rta asrdan so’ng yana qaytadan
«uyg’onganligi» sababli ishlatgan va asosan, rassom Jotto ijodiga nisbatan qo’llangan edi. Keyinchalik esa bu ibora keng mazmun kasb etib, Italiyada, so’ngra Evropaning boshqa mamlakatlarida vujudga kelgan, feodalizm asridan farq qiladigan san’atni ta’riflash uchun qo’llanila boshlandi.
Uyg’onish davri madaniyati va san’ati o’z xususiyati va mohiyatini Italiyada to’liq namoyon etib, qator taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirdi. Bular, asosan, quyidagilardan iborat:

  1. Uyg’onish arafasi davri - protorenessans (XIII—XIV asrlar).

  2. Ilk Uyg’onish davri—kvatrachento (XV asr).3. Yuqori Uyg’onish davri (XV asrninr 90-yillari—XVI asrning 20—30-yillari).

So’nggi Uyg’onish davri (XVI asrning ikkinchi yarmi). (So’nggi Uyg’onish davrida gumanistik san’at bilan birga tushkun manerizm oqimi ham mavjud bo’ldi).
Albatta, Uyg’onish davri taraqqiyot bosqichlari hamma mamlakatlarda bir xil bo’lmadi. Masalan, Germaniya so’nggi Uyg’onish, Niderlandiya esa yuqori Uyg’onish davri taraqqiyotini boshidan kechirmagan.
Uyg’onish davri insoniyat taraqqyotidagi muhim insoniyatning shu davrgacha o’z boshidan kechirgan hamma o’zgarishlari ichida eng buyuk o’zgarish bosqichi, bu davr o’z tafakkur kuchi, extiros va harakteri jihatidan, mukammallik va olimlik jihatidan juda ulug’ siymolarni etishtirib berdi. Dunyoviy san’at va madaniyat misli ko’rilmagan darajada rivojlandi. Uyg’onish davri kishilari insonning aql- idrokiga, imkoniyatining cheksizligiga, ma’rifatning kelajakdagi tantanasiga ishondilar. O’z izlanishlarining markaziga esa shu insonni qo’ydilar.
Natijada ular chin ma’noda xalqchil asarlar yarata oldilar, keng xalq ommasining orzu-istak, his-tuyg’ularini ifodalab, ilg’or gumanistik g’oyalarni ko’tarib chiqdilar. Shu boisdan ham bu davr «gumanizm asri»
(humanism lotincha insoniy, insonparvar) deb ham ataldi. Uyg’onish davri antik dunyo madaniyatidan ta’sirlandi. Uning yodgorliklarini qunt bilan o’rgandi(antik dunyo yodgorliklarining Italiyada mo’lligi bunga qo’l keldi). Lekin bu davr ijodkorlari uning quliga aylanmadilar. Aksincha, undan o’z fikr, tuyg’u tushunchalarini ta’riflashda foydalandilar. Real voqelikka, go’zallikka qiziqish davr taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Hayot real xodisa deb tan olindi. San’atkorlar voqelikni haqqoniy tasvirlashda yangi qonun-qoidalarni izlay boshladilar. Perspektiva, rangshunoslik, yorug’-soya nazariyasi, plastik anatomiya borasida katta yutuqlar qo’lga kiritildi.
Me’morlik va amaliy-bezak san’ati ijodkorlari qadimgi an’analarni o’zlashtirib, uni yangi mazmun bilan boyitdilar, me’morlikning yangi konstrukstiyalari vujudga keldi, ko’p qavatli uylar, yangi qiyofadagi ijtimoiy binolar qad ko’tardi. Binoning tashqi va ichki tomonlarini bezash, kenglikni tashkil etish, san’at sintezi borasida erishilgan yutuqlar keyingi jahon san’ati taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Yuksak rivojlangan hunarmandchilik, tovar-pul munosabatlarining keng tarqalishi va krepostnoy qaramlikning yo’qolishi Shimoliy va O’rta Italiyada XIV asrda kapitalistik munosabatlarning erta paydo bo’lishiga olib keldi. Kapitalistik munosabatlarning erta paydo bo’lishi o’rta asrlarda Italiya tarixining muhim xususiyati hisoblanadi. Shahar-davlatlardagi siyosiy vaziyat-hokimiyatni boy popolonlarga yoki savdogar-so’dxo’rlarga o’tishi bunga yordam beradi.
XIV asr boshida tsex tartiblari hunarmandchilikning ilg’or tarmoqlarining keyingi rivojiga to’siq bo’lib qoladi. Tsexlar “katta” va “kichik” tsexlarga bo’inadi, ular orasida ijtimoiy tengsizlik kuchayadi, xalfa va shogirdlarni ishlatish kuchayadi.
Tadbirkorlarni, savdogarlarni, bankirlarni o’z ichiga kiritgan katta tsexlar kichik tsexlarni bo’ysundirib, mayda hunarmandlar va ishchilarni ishlatganlar.
Kapitalistik munosabatlarning erta paydo bo’lishining yana bir sharoiti-dehqonlarning shaxsan ozod bo’lishi va ularning yerlardan mahrum bo’lishi hisoblanadi. Yersiz dehqonlar kun ko’rish uchun shaharlarga ketib, XIV asrda paydo bo’layotgan yangi ijtimoiy qatlam – yollanma ishchilar qatlamiga asos bo’lganlar. Manufaktura ko’rinishidagi yirik ustaxonalar dastlab Florensiya, Siena, Lukka, Milan, Bolonyada paydo bo’ladi. XIV asr o’rtasida Florensiyada 300ga yaqin yirik korxona yiliga 80 ming bo’lak movut tayyorlagan. (uning qiymati shahar byudjetidan 3 marta ko’p bo’lgan) Movutsozlikda 30 ming kishi faoliyat ko’rsatgan. Har bir ishchining alohida operatsiyani bajarganligi mehnat mahsuldorligini oshirgan. Yollanma ishchilar eng oddiy ishlarni bajarganlar. (Yung yuvganlar, quritganlar, taraganlar, urganlar, tashiganlar, bog’laganlar va h.) Hech qanday ishlash vositasiga ega bo’magan yollanma ishchilar (chompi) Florensiyada 10000mingga etgan. Ishlab chiqarishning ba’zi operatsiyalari xom-ashyoga ishlov berish, yigirishni hunarmandlar uylarida bajarganlar, qolganlari ustaxonada bajarilgan.2
XV asrda Florensiya va boshqa shaharlarda eksportga ishlaydigan shoyi sanoati rivojlanadi. Venetsiya va Genuya kemasozligida ham yirik manufaktura korxonalari paydo bo’ladi. Manufakturalarda asosiy ischi kuchini yollanma ishchilar tashkil qilgan. Mehnat qo’lda bajarilganligi uchun ilk kapitalistik ishlab chiqarish manufaktura deyilgan (lotinchamanus – qo’l , fakere – qilmoq) XIV-XV asrlardagi Italiya manufakturalari ilk kapitalistik korxona bo’lgan. Ishchilarning ish vaqti 14-16 soat davom etgan. Ular boshqa shahardan taklif qilingan kuzatuvchi nazorati ostida ishlaganlar. Ishchilar hech qanday siyosiy huquqqa ega bo’lmaganlar.
Italiyada kapitalistik munosabbatlarning erta paydo bo’lishi uning XIV-XV asrlarda gitarixiy rivojlanishining xususiyatlarini belgilab beradi. Yangi munosabatlar mehnat mahsuldorligini oshishiga, iqtisodni yuksalishiga va XIV asrda Italiyani Evropaning eng ilg’ordavlatiga aylanishiga olib keldi. Yangi munosabatlar “Uyg’onish davri” deb ataladiganyangi, ilk burjua dunyoqarashning va realistik san’atning manbai edi. Shuni hisobga olish kerakki, XIV-XV asrlarda ilk kapitalistik munosabatlar Italiyaning ayrim shaharlarida va ishlab chiqarishning ayrim sohalarida paydo bo’ldi. Manufaktura iqtisodning feodal mazmunini o’zgartirmaydi. U mamlakatda ichki aloqalar o’sishiga va yagona bozor vujudga kelishiga ta’sir etmaydi. Ishlab chiqarish uzoq bozorlarga qaratilgan edi.3



Download 105,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish