Kirish I bob


Xozirgi kunda XMI bilan hamkorlikda energiya tejamkorlikka erishish maqsadida istiqbolli va mavjud dasturlarini shakllantirish uchun jami 3 601,2



Download 264,41 Kb.
bet6/17
Sana14.04.2022
Hajmi264,41 Kb.
#551623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Мирзахмедов Шохрух (2) (2)-конвертирован

Xozirgi kunda XMI bilan hamkorlikda energiya tejamkorlikka erishish maqsadida istiqbolli va mavjud dasturlarini shakllantirish uchun jami 3 601,2


mln. AQSh. doll. miqdorida 50 ta loyiha takliflari tayyorlangan



      1. Rasm Ishlab chiqilayotgan va istiqbolli inovatsion loyihalar

Markaziy qozonxonalardagi mavjud 329 ta qozonxonalardan 30 tasi foydalanishga yaroqli. Manan va jismoniy eskirgan qozonlar 229 tani tashkil etadi.
Maxalliy qozonxonalardagi mavjud 1410 ta qozonlardan 776 tasi foydalanish uchun yaroqli. Manan va jismonan eskirgan qozonlar.

II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KO’RSATISH VAZIRLIGINING UY-JOY FONDIGA XIZMAT


KO’RSATISH HOLATI TAHLILI.

    1. O’zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi faoliyatining umumiy tavsifi.

O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat ko’rsatish vazirligi 2017 yil 18 apreldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal хizmat ko’rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5017- sonli Farmonigaasosan tashkil etilgan. 12


Ishlar boshqarmasi

Yuridik bo’lim

Birinchi bo’lim

Kadrlar boshqarmasi

Yig’ma axborot- tahlil boshqarmasi

Vazirning birinchi o’rinbosari

Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish bosh boshqarmasi

Investitsiya dasturlarini shakllantirish boshqarmasi

Investitsiya dasturlarini amalga oshirish boshqarmasi

Iqtisodiy tahlil va tarif siyosati qo’shma bo’limi

UJKX sohasida normativ bazani takomillashtirish boshqarmasi

UJKXni rivojlantirish jamg’armasi mablag’larini boshqarish bo’limi

Marketing va ishlab- chiqarish texnik komplektatsiya bo’limi

Loyiha ishlarini ishlab chiqishni monitoring qilish bo’limi

Yagona dispetcherlik xizmati




Vazir o’rinbosari

Ko’p xonadonli uy- joy fondidan foydalanish boshqarmasi

Ko’p xonadonli uy- joy fondining texnik holati monitoringi bo’limi

XUJMShlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi

Ko’p xonadonli uylar qurilishini muvofiqlashtirish boshqarmasi

Ko’p xonadonli uylar qurilishi dasturlarini shakllantirish hamda eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkil etish bo’limi

Ko’p xonadonli uylar qurilishi dasturlarini amalga oshirish monitoringi bo’limi




Vazir o’rinbosari

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlaridan foydalanish boshqarmasi

Hududlararo suv quvurlaridan foydalanish bo’limi

Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini ekspluatatsiya qilish bo’limi

Suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida iqtisodiy tahlil va ta’rif siyosati bo’limi




Vazir o’rinbosari

Issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanish boshqarmasi

Issiqlik ta’minoti tizimlarini ekspluatatsiya qilish bo’limi

Issiqlik ta’minoti sohasida iqtisodiy tahlil va tarif siyosati

Issiqlik ta’minoti va suv ta’minoti bo’yicha sifat, standartlashtirish va meterologiya bo’limi



Vazirlik tuzilmasi



Vazirlik hay’ati


Vazir


Vazir yordamchisi- matbuot xizmati boshlig’i





      1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo’limi

        Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo’limi

        Buxgalteriya
        rasm Vazirlik tuzilmasi.






12 Uy-joy kommunal хizmat ko’rsatish vazirligi 2017 yil 18 apreldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev PF-5017- sonli Farmonigaasosan Lex.uz
Farmonga asosan O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat ko’rsatish vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
uy-joy kommunal хizmat ko’rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

  • ko’p honadonli arzon uylar qurilishi bo’yicha davlat dasturlari amalga oshirilishini ta'minlash, ko’p honadonli arzon uylar, suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta'minoti ob’ektlari qurilishi bo’yicha buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkillashtirish;

  • ko’p honadonli uylarning texnik holatini monitoring qilish, shu jumladan, ko’p honadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta'mirlash ishlarini tashkil qilish;

  • xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko’p honadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va ekspluatasiya harajatlarini aniqlash bo’yicha talablarga, ko’p honadonli uylarni texnik ekspluatasiya qilish qoidalari va normalariga, ko’p honadonli uylarga tutash hududlarning sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlariga muvofiq holda saqlanishiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

  • suv ta'minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini, issiqlik ta'minoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog’lagan holda rivojlantirish, modernizasiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli bajarilishini tashkillashtirish, mazkur soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruvini ta'minlash;

  • uy-joy kommunal хizmat ko’rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiyalar hamda uskunalarni tadbiq etish, jumladan, uy-joy kommunal xo’jaligi ob'ektlarini zamonaviy hisoblash o’lchov asboblari bilan jihozlash, qurilish-montaj ishlari tannarhining pasayishini ta'minlaydigan mahalliy zamonaviy va sifatli qurilish materiallari hamda buyumlarini keng qo’llash;

  • uy-joy kommunal хizmat ko’rsatish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash, rivojlangan horijiy mamlakatlarning

ilg’or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal хizmat ko’rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda suv ta'minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta'minoti bo’yicha ko’rsatiladigan хizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish, uy-joy kommunal хizmat ko’rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • uy-joy kommunal хizmat ko’rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo’yicha takliflar kiritish, o’quv stajirovkalarini chet ellarda o’tkazishni nazarda tutgan holda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va ma'lumotlar bazasi joriy etilishini nazarda tutish.

Farmonga berilgan rasmiy sharhda keltirilishicha, vazirlikni tashkil etishdan maqsad «uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik asosida ko’p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, ko’p xonadonli uylarni saqlash qoidalariga rioya etilishini texnik nazorat qilish bo’yicha samarali tizimni shakllantirish, aholiga sifatli uy-joy kommunal xizmatlari ko’rsatishni tubdan yaxshilash, shuningdek, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash"ga yo’naltirilgan maqsadida tashkil etiladi.
Bugungi kunda O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan 4000 dan ziyod xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati 32,4 mingdan ortiq ko’p xonadonli uylarga xizmat ko’rsatmoqda. O’tgan davr mobaynida aholi nufusi muttasil o’sib borishiga qaramasdan aholini uy-joy bilan ta’minlash darajasi kishi boshiga 1991 yildagi 12,4 kvadrat metr o’rniga o’rtacha 15,2 kvadrat metrga oshdi.
Uy-joy kommunal sohasining bugungi holatini tahlil qilish asosida zudlik bilan hal etilishi lozim bo’lgan qator muammolar mavjudligi aniqlandi. Joylardagi ijro hokimiyati organlari xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish tashkilotlari faoliyatini yetarlicha muvofiqlashtirmayapti. Ko’p xonadonli uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanish borasida kompleks
yondashuvning yo’qligi aholiga sifatli va kafolatli kommunal xizmat ko’rsatish tizimini yanada takomillashtirishga to’siq bo’lmoqda.
Ko’p xonadonli uy-joy fondini tegishli darajada saqlashni nazorat qilish tashkil etilmagan, ko’p hollarda uy-joy fondini texnik ekspluatasiya qilish va unda aholining xavfsiz yashashi bo’yicha belgilangan talablar buzilishiga yo’l qo’yilmoqda. Bino va inshootlarni ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarishga oid qoida va muddatlarga rioya etilmayapti, eski uylarni buzish bo’yicha ishlar olib borilmayapti, ko’p xonadonli uylarga tutash hududlarning holati sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena me’yorlariga to’liq javob bermaydi.
Aholi sifatli ichimlik suvi va markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bilan yetarli darajada ta’minlanmayapti.
Farmonga muvofiq, Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi va uning tarkibida Qoraqalpog’iston Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmalari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bosh boshqarmasi hamda uning tuman (shahar) bo’limlari tashkil etildi.
Quyidagilar davlat boshqaruv organi sifatida mazkur vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari etib belgilandi:

  • uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasida yagona davlat siyosati yuritish va idoralararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

  • ko’p xonadonli arzon uy-joylar qurish davlat dasturlarining hayotga tatbiq etilishini ta’minlash, bunday uy-joylarni, suv ta’minoti, kanalizasiya, issiqlik ta’minoti obyektlarini barpo etish bo’yicha buyurtmachi vazifasini bajarish, eski va avariya holatidagi uylarni buzishni tashkil etish;

  • uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko’p xonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ekspluatasiya xarajatlarini belgilash talablariga, ko’p xonadonli uylardan texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya etilishini nazorat qilish, ko’p xonadonli uylarga tutash hududlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiq holatda saqlash;

  • aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog’liq holda, suv ta’minoti hamda kanalizasiya obyektlarini rivojlantirish, modernizasiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularning sifatli amalga oshirilishini tashkil etish, soha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni ta’minlash;

  • uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish tizimiga resurs va energiya tejaydigan texnologiya hamda uskunalarni joriy etish, jumladan, uy-joy kommunal xo’jalik obyektlarini zamonaviy hisobga olish-o’lchash priborlari bilan ta’minlash, qurilish- montaj ishlari tannarxini kamaytirish imkonini beradigan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy, sifatli qurilish materiallari va buyumlaridan keng foydalanish;

  • uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasiga oid me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg’or tajribasi hisobga olingan holda, uy-joy kommunal xizmat ko’rsatishning zamonaviy shakl va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;

  • Moliya vazirligi bilan kelishgan holda suv ta’minoti, kanalizasiya, issiqlik ta’minoti bo’yicha xizmat ko’rsatish, uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga doir kompleks tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan tarif siyosatini shakllantirish;

  • uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo’yicha takliflar kiritish, ularni, jumladan, xorijda o’quv stajirovkalarini o’tkazish orqali qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, zamonaviy axborot- kommunikasiya texnologiyalari, dasturiy mahsulotlar, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasini joriy etish.

Shuni ta’kidlash kerakki, Farmonda vazirlik tarkibida Uy-joy kommunal xo’jaligini rivojlantirish jamg’armasini tashkil etish va uning mablag’larini, birinchi navbatda, ko’p xonadonli arzon uy-joy fondi, suv ta’minoti, kanalizasiya va issiqlik ta’minoti obyektlarini qurish, kapital hamda joriy ta’mirlash, maxsus texnika va uskunalar, mashina va mexanizmlar bilan ta’minlash hamda boshqa maqsadlarga yo’naltirish ko’zda tutilgan.
Uy-joy kommunal xo’jaligini rivojlantirish uchun jalb etiladigan kreditlar, jumladan, xalqaro moliya institutlari va banklarning imtiyozli kreditlari, Ko’p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushgan mablag’lar, ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda belgilaydigan maxsus ustamalar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamg’arma manbalari hisoblanadi.
Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi Qoraqalpog’iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birga, xizmat ko’rsatuvchi banklarda suv ta’minoti tashkilotlariga ichimlik suvi ta’minoti xizmatlari tariflariga maxsus ustama mablag’larini to’plash uchun maxsus hisobraqam ochishni va Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo’jaligini rivojlantirish jamg’armasiga mablag’lar yo’naltirishini ta’minlash ko’zda tutilgan.
Shu bilan birga, Farmonda Qoraqalpog’iston Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi, viloyatlar hokimliklari uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish bosh boshqarmasi huzurida «Ta’mirlash-tiklash xizmati» davlat unitar korxonalari va ularning shahar va tuman filiallarini tashkil etish ko’zda tutilgan. Tashkil etiladigan ushbu unitar korxonalar zimmasiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki turar joy va noturarjoy inshootlari mulkdorlari bilan shartnoma asosida ko’p xonadonli uy-joy fondi va unga tutash hududlardan foydalanish hamda ularni saqlash bo’yicha tizimli ishlarni samarali tashkil qilish, ko’p xonadonli uy-joy fondini mavsumiy foydalanishga o’z vaqtida va sifatli tayyorlash, ko’p xonadonli uy-joy fondini kapital va joriy ta’mirlash hamda unga tutash hududlarni obodonlashtirish vazifalari yuklatilgan.


      1. Download 264,41 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish