Kirish I bob turistik infratuzilmani rivojlantirishning ijtimoiy va iqtisodiy asoslari



Download 30,83 Kb.
bet2/7
Sana22.01.2022
Hajmi30,83 Kb.
#398597
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ОбщИнфо

XULOSA VA TAKLIFLAR

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Mavzuning  dolzarbligi.  XXI  asr  insoniyat  hayoti  va  faoliyati  tarzu 

tarovatining hamma sohalariga ulkan o’zgarishlarni olib kelmoqda. Bu o’zgarishlar 

fan  va  ilmiy  tadqiqotlar,  texnika  va  axborot  vositalarini  rivojlantirish, 

texnologiyalar  yaratish  va  ishlab  chiqarishni  boshqarish  sohalarida  yorkin 

namoyon  bo’ldi.  Insonning  o’zi,  ya’ni  moddiy  boyliklarni  ishlab  chikaruvchi  va 

shu bilan birga ularni iste’mol qiluvchi shaxsning o’zi ham sifat jihatidan o’zgarib 

bormoqda.  Odamlarning  falsafasi,  dunyoqarashi,  fikriyu-tafakkuri  ham  tubdan 

o’zgarib bormoqda. 

Bunday  o’zgarishlar  hech  qaysi  mamlakatni  chetlab  o’tmadi.  Bozor 

munosabatlariga o’tish ob’ektiv zaruriyat bo’lishi bilan birga zamon talabi hamdir.  

Butunjaxon  turizm  tashkilotining  “Turizm-2020  yilgacha”  mavzusidagi 

statistik  ma’ruzasida  2020-yilga  borib  xalqaro  turistlarning  soni  1,6  mlrd  kishini 

tashkil  qilib,turizmdan  olinadigan    foyda  2  trln  AQSh  dollarigacha  etadi.Turistik 

oqimning turg’un ravihda o’sishi har yili 3-5 %  gacha ko’payadi

1



Barchamizga  ayonki,  xizmat  ko‘rsatish  sohasi  iqtisodiyotimizni  barqaror 



rivojlantirishning  eng  muhim  manbai  va  omili  hisoblanadi.  Jahon  tajribasi  bugun 

aynan  ushbu  soha  yalpi  ichki  mahsulotni  shakllantirish,  aholi  bandligini 

ta’minlash,  odamlarning  farovonligini  oshirishda  yetakchi  o‘rin  tutishini 

ko‘rsatmoqda. 

2014-yilda  bozor  xizmatlari  ko‘rsatish  hajmi  15,7  foizga  o‘sdi,  ularning 

yalpi  ichki  mahsulot  tarkibidagi  ulushi  esa  53  foizdan  54  foizga  oshdi.  Bugungi 

kunda  iqtisodiyotda  band  bo‘lgan  aholining  50  foizdan  ortig‘i  ushbu  tarmoqda 

mehnat  qilmoqda.  Har  yili  yaratilayotgan  yangi  ish  o‘rinlarining,  avvalambor, 

kasb-hunar  kollejlari  bitiruvchilari  uchun  tashkil  etilayotgan  ish  o‘rinlarining 

uchdan bir qismidan  ko‘prog‘i aynan  mazkur soha hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.  Bu 

borada xizmatlar tarkibi ham tubdan o‘zgarib borayotganini ta’kidlash joiz. Mobil 

aloqa,  yuqori  tezlikda  ishlaydigan  internet,  kabelli  televizion  aloqa,  masofaviy 

bank  xizmatlari,  qishloq  xo‘jaligi  texnikasi,  avtomobillar  va  texnologik 

                                                        

1

  http://www.wto-marketing.ru 



 

6

uskunalarni  ta’mirlash  va  ularga  xizmat  ko‘rsatish  kabi  zamonaviy  yuqori 



texnologiyalar  asosidagi  xizmat  turlari  aholi  o‘rtasida  tobora  ommalashib 

bormoqda. 

So‘nggi  besh  yilda  an’anaviy  maishiy  va  kommunal  xizmatlar  ulushi  16 

foizdan 9,5 foizga tushdi, yuqori texnologiyalar asosidagi xizmatlar ulushi esa 21,2 

foizga qadar ko‘tarildi

2



O’zbekturizm  milliy  kompaniyasi  ma’lumotlariga  ko’ra,  2013  yilda 

8142609  kishiga  xizmat  ko’rastilgan,  2012  yili  bu  ko’rsatgich  7 492  010  kishiga 

xizmat  ko’rsatilgan.  2012  yilda  bu  ko’rsatgich  2012  yilga  nisbatan  8,6  %  ko’p 

sayyoh  kelgan.  2011  yilda  mamlakatimizda  5  939131  kishiga  sayyohlik  xizmati 

ko’rsatilgan.  Bundan  tashqari  2013  yilda  mamlakatimiz  bo’yicha  348  turistik 

korxona va 539 mehmonxona faoliyat yuritgan. Yurtimizda ushbu sohadagi xizmat 

ko’rsatishdagi  ulushi  2012  yili  49,6  %  kichik  bizness  va  mikofirmalarga  to’g’ri 

kelgan bo’lsa. 2013 yilda bu ko’rsatgich 56,8 % kichik bizness va mikofirmalarga 

to’g’ri  keladi

3

.  XX  asrga  kelib  bunday  intilishlar  kuchaydi  va  turizm 



infrastrukturasining  rivojlanishiga  katta  turtki  bo’ldi.  O’tgan  2014  yilda  dunyo 

aholisining  har  to’rtinchisi  sayohat  qilgan.  Ayrim  mamlakatlarda  turizm 

infrastrukturasi  juda  ham  barqaror  rivojlanib  bormoqda  va  ularning  har  yillik 

o’sish  sur’ati  8  %  gacha  boradi.  Bular  albatta,    turizmning  qanchalik  darajada 

mamlakatlar  iqtisodiyoti  tizimida  hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  ekanligidan  dalolat 

beradi.  Turizm  infrastrukturasi  rivojlanishi  bilan  bir  qatorda  transport,  bozor 

infrastrukturasi,  savdo-sotiq,  oziq-ovqat  tarmoqlari,  qurilish,  xunarmandchilik  va 

boshqa  xizmat  ko’rsatish  tarmoqlari  ham  rivojlanib  boradi.  Bu  tanlangan 

mavzumizning dolzarb ekanligidan dalolat beradi. 

Bozor  iqtisodiyoti  barcha  imkoniyatga  daxldor  hodisa  bo’lib,  jahon 

tsivilizatsiyasining  rivojlanish  yo’lida  muqarrar  bosib  o’tiladigan  bir  bosqichdir. 

Bozor  iqtisodiyotining chinakam oxirgi  maqsadi avvalo  insonga  munosib  yashash 

sharoitlari  yaratish  va  respublikani  madaniyat  va  taraqqiyot  cho’qqilariga  olib 

                                                        

2

 O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 



yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan 

Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi. // “Xalq so’zi”, 2015 yil 17 yanvar, 1-b 

3

 Статистический сборник «Туризм в Узбекистане» Ташкент 2014 г. 



 

7

chiqishdir. Bozor munosabatlariga o’tish, qaror topib kelayotgan yangi davlatchilik 



uchun  jamiki  resurslardan  foydalanishni,  xalq  xo’jaligining  farovon  turmush 

kechirayotgan,  iqtisodiy  jixatdan  rivojlangan  mamlakatlar  qatoriga  olib  chikishni 

ta’minlab beradigan  qudratli iqtisodiy asos yaratib berishdan iboratdir.  


Download 30,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish