Talaba bilimini baholash tartibi. Fizika va astranomiya fanidan semestr davomida o’qitilgan fan bo’yicha maksimal ballning kamida 55% ni to’plagan talaba qoniqarli o’qiyotgan deb hisoblanadi. Semestr davomida o’qitilgan fan bo’yicha maksimal ballning 55% dan kam ball to’plagan talaba, qoniqarsiz o’qiyotgan talaba (akademik qarzdor) deb hisoblanadi.
Semestr davomida fanlar bo’yicha to’plangan ballar quyidagi o’zlashtirish ko’rsatkichlari bilan baholanadi:
– 100% – “a’lo”; 71 – 85% – “yaxshi”; 56 – 70% – “o’rta”;
55% dan kam – “qoniqarsiz”. Fizika va astranomiya fanidan talabaning barcha turdagi amaliyotlardan olgan bilim va ko’nikmalari, kurs ishi yoki kurs loyihasi, bitiruv malakaviy ishi (loyihasi), davlat attestatsiyasi natijalari o’zlashtirish ko’rsatkichlari bilan baholanadi va reyting daftarchasida alohida qayd etiladi.
Reyting ballarini hisoblashda talabaning o’quv mashg’ulotlardagi faolligi, mustaqil ishlarni bajarishda ijodiy yondosha olishi, o’quv mehnat intizomiga amal qilish sifatlari ham hisobga olinishi (reyting balli doirasida 10% gacha) maqsadga muvofiq.
JB, OB va YaB turlarida fanni o’zlashtira olmagan (55% dan kam ball to’plagan) yoki sababli baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga 1 hafta muddat ichida qayta baholashdan o’tishga ruxsat berilishi mumkin.
Fizika va astranomiya fanidan bo’yicha belgilangan maksimal reyting ballning 55% dan kam ball to’plagan talaba, belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Talabani kursdan kursga o’tkazish o’quv rejada muayyan semestr (o’quv yili)ga belgilangan fanlardan talaba to’plagan reyting ballar miqdori hisobga olinadi va rektorning buyrug’i bilan amalga oshiriladi.
Reyting natijalarini qayd qilish tartibi
Fizika va astranomiya fanidan fani bo’yicha o’tkazilgan baholash turlarida talaba to’plagan reyting ballar miqdori, dekanat tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan shakldagi qaydnomada qayd qilinadi.
Semestr davomida fan bo’yicha o’tkazilgan baholash turlarida talaba to’plagan “Umumiy ball”, talabaning “Reyting daftarchasi”da qayd etiladi.
Fizika va astranomiya fanidan fani bo’yicha o’tkaziladigan baholash turlarining
(JB, OB va YaB) natijalari dekanat va kafedralar tomnidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi.
Reyting nazorati ekranini tashkil etish va uni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirish vazifasi fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi.