MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………………3
I BOB. INNOVATSION TEXNALOGIYALAR……………………………………...8
1.1 Innovatsion texnologiyalar haqida umumiy tushunchala ………………………….8
1.2 Innovatsion texnologiyalarning qulaylik va ustivorligi……………...…………….14
1.3 Innovatsion texnologiyalarning fanda qo’llash uslubiyatlari ………………19
1.4 Baholash mezoni ………………………………………………………………22
II BOB. BIR NECHA KUCHLAR TASIRIDA JISIMNING HARAKATI
2.1 Jisimning harakati……………………………………………………………....…28
Bir necha kuchlar ta'sirida jismning harakati ……………………………………..30
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-TEXNIKA FAKULTETI
fizika va astronomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 18.11-guruh talabasi
Yuldasheva Shaxrizodaning
“Fizika va astronomiya o’qitishni loyihalashtirish metodikasi”
fanidan
“Innovatsion texnologiyalarga asoslangan "Bir necha kuchlar ta'sirida jismning harakati" mavzusini o'qitish metodikasi” mavzusidagi
KURS ISHI Ilmiy rahbar: Farg’ona 2022
KIRISH “Ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo’l” Sh.M.Mirziyoyev. Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatdoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste’dodi va qobilyatlarini to’liq amalga oshirishga e’tibor berishga bog’liq bo’ladi.
Shuning uchun bu masalada har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O’zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillrda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bo’lmadi.Unda alohida bo’lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag’ishlangan.U O’zbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini tashkil etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ustivor vazifalarni qamrab oladi.
Shu nuqtai nazardan, O’zbekiston Yoshlaqr Ittifoqini tashkil etish zarurati hayotning o’zi tomonidan belgilab qo’yildi, u tashkilotdan yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni talab qiladi, ayniqsa uyushmagan yoshlar hayotda o’z o’rnini toppish uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarni har tomonlama qo’llab-q uvvatlash, kasb hunarga yo’naltirish va bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini rag’batlantirish shular jumlasidan.
O’zbekiston Yoshlaqr Ittifoqi tashkil etilgan kun 30-iyunni yoshlar kuni sifatida e’lon qilinishi ham juda ramziydir.Bizning fikrcha, ushbu shior shubhasiz tasodifan tanlanmagan u O’zbekiston prezidentining davlatning rivojlanish istiqbollari haqidagi strategiyasida prinsipial yondashuvni ifodalaydi.Shavkat Mirziyoyev asosiy e’tiborni yoshlarga qaratmoqda.Bu O’zbekiston rahbari tomonidan O’zbekiston prezidenti Devonida yoshlar siyosati masalalari xizmati tashkil etilgani bilan ham isbotlanadi.
Yuqorida aytib o’tilganlar O’zbekistionda yoshlarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi o’rnini kuchaytirish bo’yicha yo’nalish belgilanganini aytish imkonini beradi.Shu bo’yich adavlat va yoshlar tashkilotlaridan yoshlar tashabbuslarini to’liq qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga tayanib, O’zbekistonning rivojlanishidagi yangi bosqichda yoshlar alohida o’rin tutishini ta’kidlash mumkin.