II BOB. SHARQ TARJIMA MAKTABLARINING PAYDO BO‘LISHI
2.1 O‘rta Osiyoda tarjima maktablarining paydo bo‘lishi
Prezidentimiz Islom Karimov ”Yuksak ma’naviyat va yengilmas kuch ” asarida shunday fikr bildiradilar:
“O‘zbek nomini , o‘zbek ilm –fani va madaniyatini, bir so‘z bilan aytganda , xalqimizning yuksak salohiyatini , uning qanday buyuk ishlarga qodir ekanini dunyoga namoyish qilishda yurtimiz zaminidan yetishib chiqqan yuzlab ulug‘ zotlar fidoiylik namunalarini ko‘rsatib kelgan”
Jahon tarjima tarixiga sharq tarjimonlarining hissasini aloxida o’rganish muhim ahamiyatga ega. Bu haqidagi ma’lumotlar mashhur tarjimashunos olimlar asarlarida o’z aksini topgan, xususan O.U.Shmidt yozib qoldirgan manbalarda aytilishicha IX-XV asrlarda ko‘plab arab tilidagi asarlar g’arb tillariga tarjima qilingan
I bobda ta’kidlab o‘tilganidek, tarjima tarixini o’rganishga muhim hissa qo‘shgan o’zbek olimi G’ Salomov O’rta Osiyo tarjima tarixi haqida yozganidek Yaqin va O’rta Sharq, O’rta Osiyoda arab tilida ijod qilgan mutafakkirlarning ham alla qancha noyob ishlari Toledo maktabi tarjimonlarining xizmati tufayli lotin va yunon hamda keyingi davrlarda boshqa G’arbiy Yevropa xalqlari tillariga qilingan tarjimalarda bizning davrimizgacha etib kelgan. Tarjima Sharq bilan G’arb madaniyatini bog’lagan, payvandlagan, boyitgan, mislsiz oltin ko’prik vazifasini bajargan.
M.M.Rojanskayanang kitobida o’rta asrlarda Sharq va G’arb madaniyat o‘choqlarining bir-biri bilan aloqasi, bir-biriga ta’siri, bir-birini boyitishida tarjimalarning rolini ko‘rsatishga doir benihoya ko‘p qiziqarli ma’lumotlar bor. To‘g‘ri, bu masalaga doir tarixiy faktlar, materiallar ko‘pdan beri rus hamda G‘arb sharqshunos va tarixchi olimlarning asarlaridan ma’lum edi, buni avtorning o‘zi ham e’tirof etadi. Ammo olimaning xizmati shundaki, u mexanika fanining ravnaqi tarixiga tatbiqan masalani oydinlashtirib bergan. U qadimgi yunon mutafakkirlarining ilmiy merosidan o‘rta asr arabzabon olimlari ixtiyoriga qanday asarlar va ular orqali qaysi yangi fikr, g‘oya, gipoteza, teorema, aksioma, masalalar o‘tgani ,bulardan qay birlari o‘zlashtirilgani, isbotlangani, tasdiqlangani, takomillashtirilgani haqida, shu bilan birga, qay birlari tanqid qilingani, e’tiroz tug‘dirgani, noto‘g‘ri ekanligi isbotlangani va rad etilgani, ularning o‘rniga tahlid? yangicha nazariyalar, qarashlar, ilmiy kontseptsiyalar taqdim etilib, fan taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shilgani ochiq – oydin ko‘rsatib bergan.
VIII asrning 30 yillari oxiriga kelib , arab xalifaligi tarkibiga Arabistondan tashqari, Suriya, Falastin, Misr, Shimoliy Afrika, Pireney yarim oroli,Tsitsiliya va Janubiy Italiya (yani soboq Rim imperiyasining talaygina joylari), Armaniston, O‘rta Osiyo territoriyasining ko‘p qismi, shimoliy g‘arbiy Hindiston kiradi .Xalifalikning ixtiyoriga o‘tgan joylardagi aholi etnik tarkibi jihatdan ham, erishgan ijtimoiy va madaniy kamoloti ham bir xil emasdi.Xalifalik ixtiyoriga ellinizm madaniyati keng tarqalgan joylar ham , shuningdek qadimgi sharq madaniyati an’analariga sodiq qolgan davlatlarning nufuzi ham o‘tgan edi.
Antik davr madaniy merosi Misr, Suriya, Kichik Osoyoda xiyla sof holda saqlangan. Eramizning birinchi asrlarida ellinizm Sharqida ikki ilmiy maktab keng shuhrat topgan .Bularning biri Iskandariyada, ikkinchisi – Edessada bo‘lib, ularning huzurida katta –katta kutubxonalar ochilgan, mashhur olimlar faol ish olib borar edilar.Biroq xristianlar makoni Vizantiyada ma’jusiylar quvg‘in ostida olinishi natijasida V asrga kelib Iskandariya maktabi tor - mor qilindi.Oradan ko‘p o‘tmay nestorianlik mazhabi kufr deb e’lon etilishi tufayli Edessa maktabi ham barham topadi. Nestorianlik mazhabida bo‘lgan ko‘p olimlar boshpana izlab Eron ,O‘rta Osiyoga qocha boshlaydilar.Nisibin shahrida ular maktab yaratib, unda tabiiy fanlarni o‘rganishga alohida e’tibor berishadi.529 yilda yopilgan Afina Akademiyasining quvg‘inga uchragan olimlari Eronning Jundishshopur shahrida boshqa bir yirik ilmiy maktabga asos solganlar.Arab istilosiga qadar Sosoniylar sulolasining hukmronligi davrida davlatning iqtisodiy ahvolidagi ko‘tarilish hamda madaniyatning ravnaq topa boshlashi natijasida Eronda bu singari ilmiy markazlarning ochilishi, ilm – fanning rivojlanishiga ancha qulay sharoit etilgan edi.Yunon tilida bitilgan kitoblarning fors va suriya tillariga ko‘plab tarjima qilinishi xuddi shu davrga to‘g‘ri keladi.
O‘rta Osiyo bilan Eronning qadimiy madaniy an’analariga kelganda arablar istilosiga qadar ham bu yerlarda yashagan aholi bosqinchilariga nisbatan yuqoriroq taraqqiyot bosqichida turar edilar.Ma’lumki Xorazm, Sug‘diyona, Marg‘iyona, Baqtriya singari O‘rta Osiyoning sug‘oriladigan dehqonchilik sistemasi ancha rivojlangan rayonlari aholisi o‘z tarixining antik davrda yuksak madaniyat yaratgan bo‘lib,O‘rta Osiyo olimlarining IX-XV asrlarda matematika va astronomiya sohasida erishgan va uning davomida bo‘lsa kerak, degan taxminlar bor “Arablar istilosiga qadar O‘rta Osiyoda ilmi nujum ahmoniy sosoniylar Eronni tarafidan o‘tib kelgan qadimgi Bobil Astranomik metotlarning hamda Yunon astranomiyasining jiddiy ta’siri ostida yaratilgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas, zotan, Iskandar Zulqarnayning istilosidan so‘ng bu yerda Yunon astranomiyasiga qiziqish, shuningdek umuman yunon fani erishgan ko‘pgina yutuqlarni o‘zlashtirish ishi boshlangan edi” (53).
Arablar istilosidan so‘ng, markazlashgan davlatning barpo etilishi, oldingi parokanda territoriyalarning yagona din va til bilan bog‘lagan holda siyosiy hamda iqtisodiy tomondan birlashuvi yaqin va O‘rta sharq xalqlariga ma’naviy boyliklarini o‘zaro erkin almashish imkoniyatini tug‘dirdi. Bu davrda arab tili davlat, fan va madaniyat tiliga aylangan edi.Qisqa davr ichida xalifalik territoriyasida ko‘plab ilmiy o‘choqlar paydo bo‘ldi shaharlarda rasadxonalar, qurila boshladi, saroylar, masjid va madrasalar qoshida, kutubxonalar barpo etildi.Ilmiy bilimlarning tarqalishida savdo – sotiq ishlarining yo‘lga qo‘yilishi katta ahamiyat kasb etdi.Arablar Hindiston, Xitoy, Vizantiya , Rusiya, O‘rta yer dengizi havzasidagi davlatlar bilan savdo – sotiqni yo‘lga qo‘yib, Volga bo‘ylab yuqoriga ko‘tarila boshladilar.
Boltiq bo‘yi qirg‘oqlariga etdilar. Markaziy Afrikaga kirib, G‘arbiy Afrika qirg‘oqlari yoqalab Madakaskargacha suzib ketdilar.Xitoy va Shvetsiya imperatorlarining saroylari qoshida arab xalifaligining elchixonalari qaror topdi. Xalifalikning birinchi ilomiy markazi Bog‘dod edi .VII asrning oxiri IX asrning boshlarida Bog‘dodda juda ko‘p olimlar ,tarjimonlar va ko‘chirib yozuvchilardan iborat guruh yuzaga kelganligi yuqorida qayd etildi ,uning aksariyat vakillar O‘rta Osiya va Erondan chiqqan zukko kishilar, mutafakkirlar edi.Chunonchi Yu.Rushkanning aytishicha, G.Zuter tomonidan tuzilgan matematik astronomlar ro‘yxatiga kirgan kishilarning deyarli barchasi Xuroson ,Transoksaniya (ya’ni Movoraunnahr), Baqtriya va Farg‘onadan chiqqan.Shaharda kattakon kutubxona bo‘lib ko‘plab mayda kutubxonalar ham tinimsiz ishlagan.Xalifa Al- Ma’munning homiyligi ostida (813-833) Bag‘dodda ”Bayt ul hikma” (Dorul hikmat) atalmish o‘ziga xos akademiya qaror topdi.Bag‘doddagi barcha olimlar unga birlashgan edi.”Bayt ul hikma” qoshida rasadxona bo‘lib uning xodimlari astronomiyaga doir kuzatishlar olib borishar, ilmiy natijalarni sarhisob qilishardi.Matematik jug‘rofiya yuzasidan bir turkum tatqiqot ishlarini boshlab ekliptika qiyaligi va meridian gradusining uzunligini yangidan o‘lchab chiqqan edilar .Hindlarning astranomiyaga doir yaratgan asarlari bilan tanishish ilmi nujum sohasidagi tatqiqotlarning yanada jonlanishiga sabab bo‘lsa Eron va O‘rta Osiyo ilmiy adabiyotining natijalarini o‘zlashtirish ham katta ahamiyat kasb etdi.
Bag‘doddan tashqari O‘rta asr Sharqida turli davrlarda Qohira, Damashq,Rey, Gurganch (Urganch), Buxoro, G‘azna, Samarqand, Isfaxon shaharlari ham ilmiy markaz bo‘lib xizmat bildi. Yunon va Suriya tillaridan arabchaga o‘girilgan kitoblar orqali islom mamlakatlari olimlariga antik davr ilmiy adabiyotining boy asarlari etib bordi.Keyinchalik bu tarjimalar ko‘p hollarda G‘arbiy Evropaning antik davr ilmiy va madaniyati asarlari bilan tanishishning yagona manbaiga aylanib qoldi.
Tarjima va ta’sir mexanik ravishda,bir tomonlama, to‘g‘rirog‘i muayyan ikki madaniyat o‘rtasida yuz beradigan tushuncha emas.Bu murakkab, o‘zaro, ko‘p tomonlama, ta’sir va aks ta’sir xarakterida bo‘lib, bir nechta xalqlar yaratgan madaniyatlar, ularning tillari ishtirokida sodir bo‘ladi. Masalan, hind olimi Varaha Bihiriy asarlarining Abu Rayhon Beruniy tomonidan arab tiliga qilingan tarjimalarda ko‘plab yunoniy terminlar uchraydi.Demak, qadimgi hind astranomiyasi yunon fanining ta’siri bo‘lganligi shubhasizdir.Biroq mazkur yunon – hind ilmiy hukmronligida arab tilining vositachiligi to‘g‘risida gapirish qiyin,bu yerda pahlaviy (o‘rta fors) tili katta rol o‘ynagan.
Xalqaro Firdavsiy mukofotining laureati, adabiyotshunos olim, tarjimon Shoislom Shomuhammedov Alisher Navoiyning ”Devoni Foniy ” majmuasi asosida yozgan ”Gumanizm adabiylik olovi” nomli maqolasida g’arbda ilmu fanning insonga nisbatan gumanistik g’oyalarning, o’rta asr turg’unligidan so’ng , Uyg’onish va undan keyingi davr taraqqiyotiga Sharq madaniyatining yutuqlari asos bo’ldi, degan fikrni tasdiqlovchi bir qancha dalillar G’arb olimlarining o’z asarlaridan olinganligini ilgari surilgan tizimning haqiqiyligiga shubha qoldirmaydi.
Sharqning duyoga mashhur alloma mutafakkirlari Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg’ariy, Al-Xorazmiy va boshqalar o’z xorijiy tillarini mukammal bilganliklari tufayli tarjima bilan ham shug’ullanganlar. Afsuski, ularning bu boradagi faoliyatlari tarjimonlik uslublari chuqur o’rganilmagan, chunki ularning ko’plab asarlari, tarjimalari, g’arb davlatlariga olib ketilgan, ko’p qismi yo’qolib ketgan. Eng qadimiy asarlardan biri ”Tarixi Tabara”bo’lib, muallifi Abu Ja’far Muhammad ibn Sharif Tabari adi. Asar bir necha jilddan iborat bo’lgan va tojik tiliga qisqartirib tarjima qilingan. O’zbek tilining qoshg’ariy dialektiga XVIIIasrda tarjima qilingan. Bu asar Somoniylar davri tarixiga bag’ishlangan bo’lib, o’sha davr tarixini bugungi kun yoshlariga yetkazib berishda muhim ahamiyatga ega.
Sharq tarjima tarixida Bag’dod tarjima maktabining badiiy tarjima usullari haqidagi fikrlari IX-X asrlarda yuzaga kelgan.
X asrda O’rta osiyoda tashkil bo’lgan Xorazm tarjima maktabi esa o’z an’analariga ega bo’lib, ko’plab she’riy yo‘lda yozilgan tarixiy asarlarni nasriy yo‘l bilan turkiy tillarga tarjima qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |