Kutiladigan natija: O‘quvchilar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o‘zlashtiradi, mustahkamlaydi, mavzuning mohiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi va shaxsiymunosabati shakllanadi.
Tarbiya – ijtimoiylashtirish omili sifatida
-
Ijtimoiylashtirishda xulq-atvorni shakllantirish omillari
-
IJOBIY TOMONLARI SALBIY TOMONLARI
|
|
|
|
Ta’lim samaradorligiga erishishda ijtimoiy pedagogikaning integrallashuvi
-
IJOBIY TOMONLARI SALBIY TOMONLARI
|
|
|
|
II.BOB. BO’LAJAK O’QITUVCHILAR PEDAGOGIK BILIMLARINI INTEGRATSIYALASH.
2.1. Ta’lim jarayonini integratsiyalash pedagogik muammo sifatida
Fanning bilimlar tizimi uning tushunchalari va mezonlarida aks etadi. Tushunchalar – mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etishi shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta hosil qilinadi. Mezonlar yanada umumiy, fundamental “asliy” deb atalmish tushunchalarni bildiradi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan qolgan tushunchalar hosil bo‘ladi.
Oxirgi yillarda pedagogikada farqlanish jarayoni kuchaydi. Ko‘pgina yangi ilmiy sohalar yuzaga keldi, bular soniga ijtimoiy pedagogika ham kiradi. Pedagogikaning har bir yangi ilmiy sohasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar uning mezon va tushunchalari tizimida o‘z aksini topadi.
Ijtimoiy pedagogika mezonlarini ko‘rib chiqishda avval biz pedagogika mezonlarini ajratamiz. U (pedagogika) boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini, qaysi mezonlar asl o‘ziniki ekanligini ko‘rib chiqamiz. So‘ng u boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini va qaysi tushunchalar o‘zinikiligini bilish uchun pedagogika mezonlarini ijtimoiy pedagogikaga loyihalashtiramiz. Ma’lumki, pedagogika boshqa fanlar tushunchalarini o‘zlashtiradi va ulardan keng foydalanadi, masalan, “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “sotsializatsiya (ijtimoiylashuv)”, “jamiyat”. Uning asl mezonlari “tarbiya”, “ta’lim” va “o‘qitish” hisoblanadi. Hozirgi kunda shuningdek, umumqabul qilingan “pedagogik faoliyat” mezoni ham kiradi.
Ijtimoiy pedagogika mezonlariga “ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “ijtimoiy ta’lim” va “ijtimoiy tarbiya” kiradi.
Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlarining qiyosiy jadvali
Pedagogika
|
Ijtimoiy pedagogika
|
o‘zlashtirilgan
|
asl
|
o‘zlashtirilgan
|
asl
|
|
Ta’lim
o‘qitish tarbiya
|
Ta’lim o‘qitish tarbiya
|
ijtimoiy
o‘qitish ijtimoiy
tarbiya
|
Bolalar (bola) shaxs rivojlanish, faoliyat
|
Pedagogik faoliyat
|
Bola (bolalar) shaxs
rivojlanish, faoliyat
|
Ijtimoiy
pedagogik
faoliyat
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |