Kirish I bob chor bakr majmui ba undagi dahma, xaziralar tarixi



Download 2,27 Mb.
bet2/19
Sana28.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#712548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Hujjat (1)

Mavzuning maqsadi: San`at orqali muzeylar va me’morchilik obidalarini tanishish. Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson. Takror aytaman, irodali insondir. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har hil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi2.
Mavzuning vazifalari: Mustaqillik yillarida ijod erkinligi san’atda izlanishlar va turli uslub va yo’nalishlarning rivojlanishiga olib keldi. Realistik san’at(hayot shakllari asosiga qurilgan san’at) va avangard - modernizm san’ati o’zaro raqobati kuchaydi. San’atning baholash mezonini ijodkorning shaxsiy intim kechinmalari, o’y va kechinmalari belgilab berish.
Inson uchun tarixdan judo bo’lish - hayotdan judo bo’lish demakdir.
Biz halqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarihning tag-tomirigacha nazar tashlaymiz.
Jahon me’morchiligi tarixini o’rganish uning taraqqiyot qonunlarini tekshirish, nodir yodgorliklar bilan odamlarininig his-tuyg’u, hayotiy tajribalarini o’rganish Іoyaviy-estetik qarashlarining shakllanishini bilish demakdir. Bu so’zsiz insonga hayotiy tajribalarni boyitishga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi.

I BOB CHOR BAKR MAJMUI BA UNDAPI DAHMA, XAZIRALAR TARIXI

1.1. Buxoro - Chor Bakr majmuasi


Chor Bakr majmuasi Buxoro shahridan 6 km g‘arbda joylashgan bo‘lib, bu hududning qadimiy nomi Sumitandir. “G‘iyosul-lug‘at” kitobida yozilishicha Sumitan so‘zining ma’nosi “jundan mato to‘quvchilar yashadigan joy” degan ma’noni anglatadi. X asrda Sumitan qishlog‘iga Buxorodan Xodsharun nomli darvoza orqali o‘tib borilgan. Xodsharun darvozasi XV-XVI asrlarda Talipoch ya’ni “Xon tepaligi” deb nomlangan. To‘rtta buyuk avliyo- Hazrat Abu Bakr Sa’d Yamaniy (vaf. 970), Hazrat Abu Bakr Homid (vaf 937), Hazrat Abu Bakr Muhammad ibn Fazl (vaf.991),Hazrat Abu Bakr Tarxon (vaf.945) sharofatlaridan bu mavze Chor Bakr, ya’ni to‘rtta Bakr deb atalgan.
Tarixiy rivoyatlarga qaraganda, Chor Bakrlarning shajaralari Payg‘ambarimiz
Muhammad (s.a.v.)ga borib taqaladi. Tarixchi Muhammad Narshaxiy o‘zining “Buxoro tarixi” nomli kitobida keltirgan ma’lumotga ko‘ra, 889 yilda Ali ibn alHusayn Xurosondan o‘tib, Amudaryo bo‘ylab Buxoroga keladi. Amir Ismoil Somoniy u kishini juda yaxshi kutib oladi. Ali ibn al-Husayn bilan birga o‘sha mashhur Chor Bakrlar – Abu Bakr Sa’d Yamaniy, Abu Bakr Homid, , Abu Bakr Fazl ibn Ja’far, Abu Bakr Tarxonlar ham bu quyoshli yurtga tashrif buyurib, bir umr shu yerda qolib ketadilar. Ja’far va Ali avlodidan bo‘lmish Chor Bakrlar Buxoro shohi atrofida jipslashib, ilmu irfonning targ‘ibotiga katta hissa qo‘shadilar. Tarixiy manbalarda aytilishicha, Buxoro Amiri Ismoil Somoniy Chor Bakr avliyolariga behisob yerlarni vaqf qilib bergan. Ular esa vaqf yerlaridan keladigan daromadlarni el-ulusga tarqatgan, yurtni obodonlashtirish uchun sarflagan. Boshpanasizlarga boshpana qurib bergan, tolibi ilmlarga ilm o‘rgatgan, adashgan kimsalarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan, bemorlarga, yetim-esirlarga xolis xizmat qilgan, bir so‘z bilan aytganda Olloh rizosini topish maqsadida, xalqqa beminnat xizmat qilganlar. Ming yillar davomida Chor Bakr avlodlari Buxoroda katta nufuzga ega bo‘lib, bu yerlarning ilmu ma’rifati, ma’naviy hayotida ishtirok etganlar. Buxoro hukmdorlari ular bilan doim hisoblashgan. Qiyinchilik paytlarida maslahat olganlar. Yurtning tinchligi va osoyishtaligi uchun kurashda ularning yordamlariga suyanganlar.
Sumitandagi Chor Bakr majmuasi bir-biriga tutashib ketgan oilaviy xazira va dahmalardan iborat bo‘lib, ularning old tomoni peshtoqlar va hujralar husn berib turuvchi yaxlit devor bilan o‘ralgan. Chor Bakr nomi bilan mashhur bu majmua O‘rta Osiyo me’morchiligining eng ajoyib namunalaridan hisoblanib, unda XVIXVII asr me’morchiligining Buxoro maktabi usullari yaqqol o‘z ifodasini topgan. Xazira va dahmalar ancha puxta ishlangan bo‘lib, koshinkor devorlar bilan qurshalgan devorlarning har joy-har joyida ichkariga olib kiruvchi mehrobnusxa eshik mavjud, miyonsaroy (dahliz)ning har ikki tomonida hujralar joylashgan.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish