Kirish I. Bob. Cho'lpon-yangi o'zbek adabiyotingning yorqin yulduzi


Cho‘lponing «Kecha va kunduz» romani



Download 73,47 Kb.
bet6/7
Sana14.02.2022
Hajmi73,47 Kb.
#448759
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
CHO\'LPON SHE\'RIYATIDA RAMZIY OBRAZLILIK

Cho‘lponing «Kecha va kunduz» romani
Romandan parcha dastlab 1935 yilda «Sovet adabiyoti» jurnalida e’lon qilingan edi. 1936 yilda u alohida kitob bo‘lib bosilib chiqdi. Asar, nomlanishidan ma’lum bo‘lganidek, yaqin o‘tmishni mavzu qilib olgan. Muallif xalqimiz tarixining kechasi va kunduzini ko‘rsatmoqni niyat qilgan edi. Tarix va zamon muqoyasasi XX asr sho‘ro adabiyotining sevimli mavzularidan edi. Ayniqsa, 30-yillarda bu avjiga chiqqan edi. Cho‘lpon 27-yildagi mash’um zarbadan, 30-yillarning boshida yetilib kelayotgan qatagonlar hididan so‘ng sho‘ro adabiyoti tomon yuz burish majburiyati ostida qoldi. «Soz» she’riy to‘plami bunga dalil. Ushbu romanning sarlavhalanishi ham muallifning majburiy murosasiga kishini ishontiradi. Lekin biz mazkur romanning birinchi — o‘tmish (kecha) qismiga egamiz. Uning ikkinchi — sho‘ro zamoni (kunduz) yetib kelgan emas. Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, u nashriyotga topshirilgan, hatto korrekturasi ham chiqib kelgan, biroq tergov jarayonida yo‘qolgan.
«Kecha va kunduz» mavzu va yo‘nalishiga, muallifiningunga yondashishiga ko‘ra, aytish mumkinki, Abdulla Qodiriy «O‘ttan kunlar»ining davomidir. Asarda XX asr boshidagy Turkiston hayoti, turg‘unlik va tutqunliqda mudragan o‘lkadagi uyg‘onish lavhalari qalamga olinadi. Romanning bosh g‘oyasi, asosan, maishiy turmush manzaralari, an’anaviy kundoshlik mojarolari va yangi davrga xos bo‘lgan xususiyatlar, chunonchi, «kapitalistik munosabatlar» va «burjua axloqi» deb atalgan, islomiy turmush tarzidan uzoq fe’l-odatlar tasviri yordamida ifodalanadi.
Zebi va uning fojiali taqdiri asarning markazida turadi. Zebi — 15 ga kirgan shaxarlik kambag‘al bir qiz. Ota-onasining yolg‘izi. Ko‘zga yaqin, dutorni sayratadi, ashulasi eshitganni mah-liyo qiladi. Ogasi Razzoq so‘fi badqovoq, uning ustiga o‘ltuday taqvodor, eshonbobosining gapidan bir qadam chiqmaydigan, jo-hil bir kishi. Onasi Kurvonbibi — mushtipar ayol.
Asar Zebining bahor kunlaridan birida dugonasi Saltanat bilan qishloqqa o‘ynab kelishga ketishi voqealaridan boshlanadi. Oydinko‘ldagi Xalfa eshonning kichik qizlari nomini o‘rtaga qo‘yib, bir amallab, otasidan ruxsat olib, qishloqqa borgan Zebi, o‘zi bilmagan hodda, mingboshi Akbaralining tuzog‘iga tushib qoladi. Akbarali dong taratgan amaldorlardan, badavlat. Lekin xunuklikda ham, qo‘pollikda ham hech kim uning oldiga tusha olmaydi. Na savod bor, na ilm. Hamma ishni uning yordamchisi Miryoqub qiladi. U savlat, xolos. Uch xotini bor. Ulargacha xam uylangan — o‘lgan. Kattasining oti — Xadicha, o‘rtanchasi — Poshshaxon. Kenjasi — Sultonxon, 19 yoshda. Hamma kundoshlar kabi mingboshining katta xotinlari o‘zaro inoq, chunki davron ulardan o‘ttan, kenjasiga boqkan. Ular uchun Sultonxondan katta dushman yo‘q. Zebixonning bu tomonlarga kelishi kundoshlar ko‘nglidagi qora niyatning amalga oshishiga imkon beradi. Akbaralining birgina fazilati bor edi, ashulani yaxshi ko‘rardi. Xullas, bir qator mojarolardan so‘ng Zebini unga olib berishga muvaffaq bo‘ladilar. Kiz taqdirga tan beradi. Ikki katta kundosh shu tariqa o‘z nafsoniyatlarini qondirgan bo‘ladilar. Biroq ko‘p o‘tmay, yangi dard — meros dardi boshlanadi. Mingboshining o‘g‘li yo‘q. Xadichadan ko‘rgan birgina Fazilat degan qizi bor, u — birovning omonati. Yosh xotin mingboshini o‘ziga bog‘lab olgan, meros egasi ham shu bo‘ladi. Yo‘lini qilish kerak. Mana shunday o‘ylar Poshshaxonga tinchlik bermaydi, chunki u o‘ynashiga davlat bilan borishi kerak. Nihoyat, u mash’um bir karorga keladi. Payt poylab, Zebining duo solingan irimsuvini to‘kib, o‘rniga zahar solib qo‘yadi. Bu bilan u ham Zebidan, ham Sultonxondan qutulmoqchi edi. Chunki, ish bitganida, shubha unga emas, Sultonxonga tushardi. Lekin voqealar oqimi boshqacha kechdi. Choynak «suv»i Zebiga emas, mingboshiga nasib qildi va begunoh Zebi yetti yilga Sibirga surgun qilinadi.
Asar Zebilar xonadonining fojiali yakuni bilan tugaydi. Taqvodor ota o‘z eshonbobosiga isyon qilib, uni o‘ldirish darajasigacha yetadi. Baxtsiz ona telba bo‘lib qoladi.
Zebi taqdiri bilan bog‘langan personajlardan biri O‘lmas-jon. U qizlarni qishloqqa olib borib kelgan aravakash, yosh yigit. Ikki yosh o‘sha safardan buyon bir-birlarini unuta olmaydilar. Ikkalalari ham uzoq vaqt bir-birlarining xayoli bilan yashaydilar. Zebining mingboshiga mayl bildirishi g‘oyat qiyin kechadi. Biroq bu syujet chizig‘i uzoq davom etmaydi.
Romanda muhim o‘rinni Miryoqub chizig‘i tashkil qiladi Miryoqub — alohida bir tip. U g‘oyat epchil, ishbilarmon. U aralashmasa, hech bir ish bitmaydi. Shuning uchun uni «Miryoqub epaqa» deydilar. U Akbarali mingboshining o‘ng qo‘li. U ozgina muddat yo‘q bo‘lsa, tamom, mingboshi nima qilarini bilmay qoladi. Aslida, uning savodi ham haminqadar, bilimi ham unchalik zo‘r emas. Lekin ziyrak, murosa-madorani o‘rniga qo‘yadigan, chinakam korchalon. Foydasini biladi, tantiligi ham yo‘q emas, endigina shakllanib kelayotgan yangi tipdagi mulkdor. Tabiatan ancha murakkab. Uning Mariya bilan uchrashuvi fikr-qarashlariga ta’sir ko‘rsatadi. Yo‘ddan adashgan bu juvonga yordam berishga qaror qiladi. Uning hujjatlarini o‘zgartirib, fohishaxonaning iflos muhitidan olib chiqib ketadi. Moskvadagi no‘g‘oylar machitida musulmonlikka o‘tkazib, Bibi Maryam Oysha qizi nomi bilan nikoh o‘qitadi. Miryoqub qarashlarida chinakam inqilob yasagan voqea uning poyezdda Shara-fiddin Xo‘jayev degan kishi bilan uchrashuvi bo‘ladi- Sharafiddin Xo‘jayev Finlyandiyaga borayottan toshkentlik savdogar, o‘zini «jadid» deydi. Boy-badavlat, dunyo ko‘rgan, ko‘p narsadan xabardor, til biladi, avlod tarbiyasi haqida gapiradi, «millat» deydi. Ilgari Miryoqub jadidlar haqida boshqacha fikrda edi, ularni «kofirning ashaddiysi» deb o‘ylardi. To‘g‘rirog‘i, unga shunday tushuntirgan edilar. Bu tamom boshqa. El-yurtni o‘ylaydi, uning do‘sti-dushmanlari haqida so‘zlaydi. Har bir millat farzandining o‘z tilida savod chiqarishi lozimligi, aks holda tarbiyaga putur yetishi, boylarning yer-suvi, zavodchilarning zavodlari yalangoyoqlarga olib beriladi, degan gaplarni sotsialistlar chiqarishganini, jadidlar, aksincha, «Boy bo‘l! Zavod sol! Fabrika och! Besh minglab, o‘n minglab rabochi ishlat! Milliy sanoatni rivojlantir!» deyishlarini aytadi. Xullas, to‘rt kun uning hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Lekin, mutaxassislar to‘g‘ri qayd etganlaridek, Miryoqub — Mariya syujet chizig‘i oxiriga yetgan emas. Ehtimol, chindan ham uni «Kunduz»da dayum etgirish mo‘ljallangandir. Ehtimol, jadid talqini masalasi o‘rtaga tushgandir, har holda, buning ma’lum sabablari bo‘lishi kerak. Lekin bu o‘rinda bir narsani alohida ta’kidlash kerak. 1935 yilda, sho‘rolar taxtn salta-natni to‘la egallab, milliy mafkura kdtagonining hal qilishi bosqichiga qadam qo‘ygan bir paytda jadid va jadidchilikka bunday munosabatning berilishi favqulodda jasorat edi.
Romanning juda ko‘p sahifalari chorizmning ma’naviy-axloqiy tanazzuli tahliliga bag‘ishlangan. Uning vakily noyibto‘ra, aslida pixini yorgan, quv kishi. O‘zini mahalliy xalqqa yaqin tutgandek ko‘rsatadi, o‘zbek, fors tillarini suvday biladi. Shoir Ado she’rlarini egalaridan yaxshiroq tushuntirib bera oladi. Nodir kitoblar yig‘adi, mahalliy ziyolilarimiz ham yaxshi qo‘rinay deb tashib keltiraveradilar. (Buning millatga xiyonat ekanligini Miryoqub so‘ngroq Sharafiddin Xo‘jayev bilan uchrashganidan keyin anglab yetadi.) Ikkinchidan, har narsaga qizishmaydi, shoshmaydi. Aslida uni mahalliy xalqning ahvoli zarracha qiziqtirmaydi. Iloji bo‘lsa, bir-biriga qairab qo‘ysa-yu, o‘zi davrini surib yuraversa. Lekin u davru davron surishni biladi. Maishatdan bo‘shamaydi. O‘ynashlari ko‘p. Xotin ham shunga yarasha. Xizmatkori Zunnun bilan don olishadi. Lekin xotinning gagsh — gap. Noyib to‘ra undan bir qadam chiqa olmaydi. Uni esa, o‘ynashi boshqaradi. Masalan, Akbarali mingboshi o‘lgach, o‘rniga Zunnunboy tayinlanadi. Ellikboshidan tortib aminu mingboshigacha qulluq qilib istiq-boliga egiladigan noyib to‘raning ahvoli — shu.
Birgina noyib to‘raning emas. Bu «kasallik» mahalliy amaldorlarga ham o‘ta boshladi. Akbarali mingboshining xotini Poshshaxon Miryoqubni o‘ynash tutgan. Sultonxon mingboshining mirzasi Hakimjonni yo‘ldan urgan…
Romanda davr manzaralari haqqoniy va ta’sirchan tasvirlangan. Jadid — qadim bahslari, Birinchi Jahon urushi va mardikorlik voqealari, «Tarjimon», «Vaqt» gazetalari bilan bog‘liq ma’lumotlar, Orenburgdagi mashhur «Husayniya» madrasasi tafsilotlari asar to‘qimasiga mahorat bilan singdirib yuborilgan.
«Kecha va kunduz» o‘zbek romanchiligi taraqqiyotida muhim voqea bo‘ldi. U «O‘tkan kunlar» boshlab bergan yo‘lni muvaffaqiyat bilan davom ettirdi. Tariximizning g‘oyat murakkab va masuliyatli bir davrini, milliy uyg‘onish tariximiz manzaralarini haqqoniy yoritib berdi. Esda qoladigan bir qator obrazlar yaratib, o‘zbek romanchiligini yangi, yuksak pogonaga olib chiqdi.

Xulosa
Cho‘lponning o‘quvchilarimizga qaytarilishi haqiqatning tiklanishidan tashqari adabiyotimizning XX asrdagi qaddi-bastini keng ko‘lamda ko‘rish imkonini berdi. Xususan, milliy poetik tafakkurning qaynoq bir bulog‘ini qayta kashf etish va undan bahramand bo‘lish baxtiga erishtirdi. Eng muhimi, adabiyotimizning hamisha xalq dardi bilan yashaganligiga, eng og‘ir zamonlarda u bilan yonma-yon borganligiga bizni ishontirdi. Ayni paytda, she’riyatimizda bir tomondan, mumtoz adabiyotimizning eng yaxshi an’analari yangi davr masalalari bilan bog‘langan holda muvaffaqiyat bilan davom ettirilganligi, ikkinchi yoqdan, G‘arb poeziyasining mukammal namunalaridan samarali foydalanilgani ma’lum bo‘ldi.


Download 73,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish