Kirish I. Bob. Bozorning iqtisodiy mazmuni



Download 283,36 Kb.
bet16/19
Sana01.02.2022
Hajmi283,36 Kb.
#420947
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Xulosalar:

  1. Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar va ‘ul munosabatlarining rivoji natijasida vujudga keladi.

  2. Bozor munosabatlarining sub’ektlari bir-biri bilan bog’liq va o’zaro aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi ijtimoiy ishlab chikarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo’ladigan daromadlar va harajatlar oqimini shakllantiradi.

  3. Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o’z maksad va manfaatlaridan kelib chiqib mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko’rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o’z rivojlanishining tabiiy-evolyustion, dinamik xususiyatini belgilab beradi.

  4. Bozor iqtisodiyoti – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo’lib, birlashgan, o’zaro bog’langan va birgalikda harakatlanadigan bir qancha tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi.

  5. Bozor iqtisodiyotining normal amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor munosabatlariga ko’mak berishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.

  6. Bozor iktisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, ularni bozor yordamida hal etish mumkin emas yoki ehtimoli kam. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o’z zimmasiga olishi kerak yoki bo’lmasa mavjud muammolarni hal etilishi uchun shart-sharoit yaratib berishi kerak.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida elementlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o’zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri - ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro’y bergan muhim o’zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to’g’risidagi nazariyalarni qaytadan ko’rib chiqish va ularga jiddiy o’zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo’ydi. Chunki, bu vaqtga kelib g’arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartibga solish g’oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g’oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo’llarini qidirib topish zarur bo’lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko’pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo’li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti, deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo’lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari (modellari) xilma-xil bo’lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha yo’llari birlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo’linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo’li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li:
3) sobiq sotsialistiq mamlakatlar yo’li;
4) sotsializm g’oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo’shib olib borish yo’li (Xitoy, Vьetnam).
Bu yo’llar turli-tuman va har xil bo’lishiga qaramay, ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishni maqsad qilib qo’yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko’p jihatdan umumiy bo’ladi. Shu bilan birga, har bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan kelib chiqadi.
Masalan, bozor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi.

Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lining xususiyati - bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistiq mamlakatlar yo’lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o’tishdan iboratdir. Bu yo’lning boshqa yo’llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisod iyoti bilan umumiyligi yo’q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga, uchinchi yo’lda bozor munosabatlariga o’tayotgan mamlakatlarning o’zi o’tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o’tishning mazkur yo’lining o’ziga xos xususiyatlaridir.


Jaxon tajribasi ko’rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga 
Download 283,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish