rasm. Maydonchaning volanni qabul qilish qiyin bo‘lgan qismlari (qora kataklarda ko'rsatilgan).
Sport badmintonining oltin qoidasi - volanni qaytarishga tayyor turgan o‘yinchiga o‘ynamaslik kerak. Volanni imkon qadar undan uzoqroqqa yo‘naltirib, raqibni ko‘proq harakat qilishga majbur etish va charchatishga harakat qilish zarur. Faqat birgina holatda o'yinchining o‘ziga o‘ynash mumkin - raqib tanasining himoyalanmagan qismiga hujumkor zarba beriladi. O‘yinning to‘g‘ri taktikasi ko‘p jihatdan yakkalik, juftlik va mikst bahslari uchun o‘xshash bo‘ladi. Ammo, shu bilan birga, o‘zigaxos farqlar ham yo‘q emas.
Yakkalik o‘yin taktikasi
Yakkalik o‘yin taktikasi (yoki o‘yinni olib borish rejasi) quyidagi prinsiplar asosiga quriladi:
raqibni maydoncha bo‘ylab murakkab harakatlami amalga oshirib toliqishga majbur
qilish;
baland-olis, hujumkor zarbalarni to‘r yaqinidagi nafis o‘yinlar, shuningdek, aldamchi
harakatlar va noan’anaviy usullar bilan qorishtirgan holda raqibni xato qilishga majbur etish;
doimiy ravishda raqib o'yinidagi ojiz nuqtalami kuzatib borish va ulardan imkon qadar samarali foydalanish.
Barcha badminton ustalariga quyidagi eskirmaydigan aksioma yaxshi ma’lum - badmintonda hujumkor uslub g‘olib chiqadi, buning ma’nosi shuki:
barcha zarbalarni imkon qadar baland nuqtadan berish kerak;
himoyalanayotganda volanni to‘r yaqinida kutib olish zarur;
raqibga o‘z o‘yin uslubingizni o‘tkazishga harakat qilib, uning faolligini so'ndirishga intilishingiz lozim.
Mana, yana bir nechta amaliy tavsiyalar:
o‘yin paytida o‘zingiz yaxshi bajara oladigan texnik usullar va taktik kombinatsiyaiardan ko'proq foydalaning;
o‘yin davomida sizga yutuqli ochkolar olib kelayotgan taktikani hech qachon o‘zgartirmang; u juda oddiy — orqaga zarba va to‘r yaqinidagi taglik, ammo samarali bo‘lishi mumkin;
Oddiy o‘ynashga harakat qiling, faqat raqibga ochkolami boy berayotgandagina o‘yin taktikasini o‘zgartirish maqsadga muvofiq. O‘yin taktik rejasini amalga oshirish birinchi zarbadan - volanni oshirishdan oqilona foydalanishdan boshlanadi. Yakkalik bahslarida ko'proq baland-olis, kamroq yassi va qisqa, kamdankam hollarda baland hujumkor zarbalar qo‘llaniladi. Volanni birinchi zarbadayoq raqibni noqulay vaziyatga tushirib qo‘yadigan tarzda oshirish kerak. Baland-olis zarba bu talabga to‘liq javob. beradi.
Baland-olis zarba yakkalik bahslarida samarali hisoblanadi, chunki uni qo'llash orqali sportchi raqibini volanni to‘rdan olisdaorqa chiziq ustida qabul qilishga majbur etib, uning darhol hujumkor qaytarishni amalga oshirish imkoniyatini kamaytiradi va qiyin vaziyatga tushirib qo‘yadi. Bunday zarba texnik jihatdan to‘g‘ri bajarilganda sportchi o‘yindagi vaziyat ustidan nazoratni o‘z qo‘liga oladi, o‘yinni tashabbuskorlik bilan boshlaydi. Taktik jihatdan raqibni olisdan o'ynashga majbur etgan ma’qul, shunda uning hujumkor harakatiari kam samara beradi, kuchsiz va beqaror bo‘ladi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, baland-olis zarbada uni qabul qiluvchiga quyidagilar xalaqit berishi mumkin: maydonchaning sifatsiz yoritilishi, shift va yon devorlarning noqulay bo‘yalganligi — buning oqibatida baland trayektoriya bilan uchib kelayotgan volanni ilg‘ab olish qiyinlashadi; shift tagiga yo‘naitirilgan kuchli ventilatsiya yoki sovutish-isitish tizimidan kelayotgan havo oqimi ham kutilmaganda volanning harakat trayektoriyasi o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yana bir jihat — raqibning kuchsiz javob zarbasi beradigan tomoniga yo‘naltirish zarur. Odatda, bu – chap tomondan raketkaning yopiq tomoni bilan beriladigan zarba hisoblanadi. Sportchilar tili bilan aytganda, volanni chap qo‘lga o‘naltirish kerak.
Yana bir kichkina, ammo muhim afzallik mavjud: qabul qiluvchi o‘yinchining baland- olis zarbaga moslashishi yassi yoki qisqa zarbaga nisbatan qiyinroq bo‘ladi. Yakkalik bahslarida yassi va qisqa (past) zarbalar raqibga tezkor hujumkor zarba qaytarish imkonini berishi bilan xavflidir. Ularning bitta afzalligi bor, ya’ni: raqibning o‘yin ritmini buzib yuborish uchun vaqti- vaqti bilan kutilmaganda ulardan baland-olis zarbalar orasida foydalanish mumkin. Shu bois, bunday zarbalar uchun ana shunday zarba berishga qulay vaqt va vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish, raqib baland-olis zarbalarni qaytarishga moslashib, yassi yoki qisqa zarbani kutmayotgan paytni poylab amalga oshirish muhimdir. Barcha zarbalarni amalga oshirishning yagona qoidasi - shoshilmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |