l—o ‘ngga qadam tashlash, 2 — qo ‘Ini keng kerish, 3 — zarba.
Yondan beriladigan zarbalar ham turli xil bo‘ladi:
baland- olis, baland
hujumkor, hujumkor, yassi va qisqa.
Amaliyotning ko‘rsatishicha, aksariyat hollarda yon tomondan o‘ynaganda aralash zarbalar, ya’ni: to‘r
ortiga yassi-
hujumkor yoki yassi qisqa oshirib tashlashlar qo‘llaniladi. Yon tomondan beriladigan zarbalarga raqibning hujumkor
harakatlari tufayli zarurat tug‘ilishi bois, volanni qaytarish uchun vaqt boshqa holatlardagidan ko‘ra kamroq bo‘ladi.
Bundan tashqari, zamonaviy tezkor badmintonda ayrim mahoratli sportchilar (ayniqsa, juftlik bahslarida) ataylab raqibning
hujumkor volanlarini to‘r yaqinida yassi zarbalar bilan qabul qilishadi. Sportchi yaxshi jismoniy tayyorgarlik va yuqori
texnikaga ega bo‘lsa, mashqlar davomida shakllangan reaksiya hisobiga nafaqat volanni to‘xtatishi, balki qo‘lni deyarli
kermasdan panjaning yashirin aniq harakati bilan volanni to‘r ustidan oshirib, raqib uchun kutilmagan va noqulay joyga
tushirishi ham mumkin.
Yon tomondan beriladigan barcha zarbalar volanni sport- chining o‘ng yoki chap
tomonidan qisqa masofada
qaytarish orqali amalga oshiriladi. Bunda sportchining gavda holati - o‘rtacha yoki past bo‘ladi. Zarbaning har qanday
bosqichida raketkani ushlab turgan panja bilakka nisbatan sal ko‘tarilgan holatda bo‘lishi zarur. Oxirgi qadamni o‘ng oyoq
bilan tirsakdan salgina bukilgan, uzatilgan qo‘l olisligidagi zarba nuqtasiga qarab tashlash kerak. Volanga to‘g‘ri burchak
ostida zarba berish lozim.
O‘ngdan-yondan zarbamng
klassik varianti o‘ng tomonga qadam tashlash yoki hamla qilish bilan boshlanadi, chap
yelkani to‘r tomonga burib, qo‘lni nisbatan faol kerish bilan xarakterlanadi hamda volan tomonga tirsak, bilak va panjani
cho'zish bilan yakunianadi. Bunda qo‘lning ana shu qismlari zarba beriladigan paytga qadar raketka kallagidan oldinda
turishi kerak. Chap qo‘l butun tana uchun muvozanat saqlovchi vazifasini bajaradi (37- rasm).Mashg‘ulotlar jarayonining
takomillashtirib
borilishi, sport- chilarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi yaxshilanishi, jihozlaming
xarakteristikalari o‘zgarishi hamda boshqa bir qator omillar hisobiga badmintondagi tarkibiy
elementlarni bajarish
texnikasi ham rivojlanib bormoqda. Masalan, tegishli tayyorgarlikka ega bo'lgan sportchi o‘ngdan-yondan
modifikatsiyalangan
zarba berishi mumkin. U
klassik
zarbadan past gavda holati, qo‘lning
qisqaroq kerilishi va zarba
beradigan qo‘l tirsagining mayatniksimon harakati bilan ajralib turadi (38-rasm).
Hujumkor kombinatsiyaga panjaning kuchli keskin harakati yakun yasaydi. Bunda panjaning bilakka nisbatan kuchli
bukilishi raketka kallagiga volanga kuchli dinamik zarba berish imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: