Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………..
I bob Angliya davlatining turistik salohiyati
1.1. Angliyaning siyosiy iqtisodiy tuzilmasi……………………………………
1.2. Angliyaning turistik resurslari……………………………………………..
1.3. Angliyada turizm rivojlanish dinamikasi…………………………………
II bob Angliya davlatiga turistik mahsulot tashkil etish asoslari
2.1. Mamlakatdagi turoperatorlar faoliyati tahlili…………………………….
2.2. Angliyaning pandemiyadan keyin turizmni rivojlantirish tajribasi…………
2.3. O’zbekiston fuqarolari uchun Angliyaga tur mahsulot ishlab chiqish…
Xulosa…………………………………………………………………………….
Foydalanilganadabiyotlar…………………………………………………….
Kirish
Har bir mamlakatning o'rganish jarayonida, avvalo uning geografik o'rni ko'z oldimizga keladi. Shuning uchun ham, Angliyaning geografik o'rni, uning yaqin tarixi va o'tmishi haqida qisqacha to'xtalib o'tsak...
Bugungi kunda Angliya tobora iqtisodiyoti kuchli davlatga aylanib bormoqda, bu esa o’z navbatida turizmni ham rivojlanishga olib keladi.
Ángliya (inglizcha: England) – Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo’shma Qirolligining eng katta qismi. Angliya Buyuk Britaniya katta orolining janubi-sharqini egallagan.
Buyuk Britaniyaning ma’muriy-siyosiy qismi, uning tarixiy o’zagi. Buyuk Britaniyaning janubiy va o’rta hududida joylashgan. Germaniyada yashagan va 5 – 6-asrlarda Yevropa qit’asidan orolga ko’chib borgan angllar qabilasidan Angliya nomi kelib chiqqan. Keng ma’noda ko’pincha Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo’shma qirolligini Angliya deb ataydilar. Maydoni 131 ming km², aholisi – 56 mln. kishidan ortiq (2019). Buyuk Britaniya butun maydonining 54% va aholisining 80%dan ko’prog’i. Angliya 39 graflik, 6 metropoliya grafligi va katta Londonga bo’linadi. Londonning alohida boshqaruv tizimi bor: uning 28 okrugidan har birida kengash mavjud. Londondagi ijroiya hokimiyatini lord-mer amalga oshiradi. Angliya – iqtisodiy jihatdan Buyuk Britaniyaning eng rivoj-langan bo’lagi. Mamlakatning an’anaviy sanoat tarmoqlari: konchilik (toshko’mir, temir ruda), kora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati asosiy markazlari shu yerda joylashgan. Mashinasozlik (avtomobilsozlik, aviasozlik, stanoksozlik, asbobsozlik), elektr va radiotexnika, atom sanoati ham yaxshigina rivojlangan. Angliyada mamlakatning eng katta sanoat markazlari: London, Birmingem, Liverpul va boshqa joylashgan. Buyuk Britaniya jami ekinzorlarining salkam 70% Angliyaga to’g’ri keladi. U sut chorvachiligi, sabzavotchilik va bog’dorchilikning asosiy maskani hamdir. Angliyada transport tarmog’i qalin, uning portlari (London, Liverpul, Sautxempton va boshqalar) orqali mamlakat yuk aylanmasining 80%dan ko’prog’I o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |