Kirish I bob Angliya davlatining turistik salohiyati


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Download 0,79 Mb.
bet2/15
Sana14.07.2022
Hajmi0,79 Mb.
#798141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Angliya Ilyosbek

Kurs ishining maqsad va vazifalari: Angliyadagi turoperatorlar faoliyati ochib berishga qaratilgan.

I Bob Angliya davlatining salohiyati
1.1. Angliyaning siyosiy iqtisodiy tuzilmasi
Buyuk BritaniyaBritaniya, (inglizcha: Great Britain) yoki Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (inglizcha: United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) — Shimoli-G’arbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. G’arbdan Atlantika okeani, sharqdan Shimoliy dengiz o’rab turadi.
Davlat tuzimi. Buyuk Britaniya konstitutsion monarxiya. Davlat boshlig’i qirol (qirolicha). Mamlakatning konstitutsiyasi yo’q. 1215-yilgi Ulug’ Erkinliklar partiyasi,1679-yilgi Xabeas korpus akti, 1931-yilgi Vestminster statuta, 1969-yilgiXalq vakilligi to’g’risidagi akt va boshqa eng muhim parlament hujjatlari hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol (qirolicha) va parlament (u ikki palatadan iborat: Lordlar palatasi va Jamoalar palatasi), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat (vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi. Bosh vazirni qirol (qirolicha) tayinlaydi. Hukumat aʼzolari parlament aʼzolaridan bo’lishi kerak. Buyuk Britaniya tarkibidagi Angliya, Uels va Shotlandiya o’zining sud tizimiga, mahalliy boshqaruv organlariga ega. Shimoliy Irlandiya maʼmuriy muxtoriyat huquqiga ega bo’lib, uni qirol (qirolicha) tayinlagan gubernator boshqaradi. Buyuk Britaniya o’tmishdaBritaniya imperiyasi tarkibida bo’lgan mamlakat va hududlarni birlashtiruvchi Hamdo’stlikka boshchilik qiladi. Tabiati. Turkiya tabiati nihoyatda rangbarang va jozibador. Barish O’zbek Relyefining aksari tog’ va yassitog’lik; shimoliy va janubiy sohillarga parallel ravishda yastangan tog’ tizmalari orasida keng va ochiq tekislik, qir, ko’l, plato va daryolar mavjud. Shimolida Qora dengiz sohiliga yondosh ravishda Shimoliy Anadolu yassitog’lari, janubda Toros tog’lari, Marmar dengizi tomonda Somonli, Ulutog’, Istranja va Tekirtog’lar, Egey dengizi tomonda Qozaq, Yunt va Oydin tog’lari, O’rta Anadoluda Qiziltog’, Raman va So’f tog’lari, Sharqiy Anadoluda Ag’ri tog’lari (bu tog’da Turkiyaning eng baland nuqtasi bo’lgan Buyuk Ag’ri cho’qqisi- 5137 m) qad ko’targan. Turkiya hududi seysmik jihatdan faol zonada joylashgan. DaryolariQizil Irmoq, Furot, Saqarya, Araks, Dajla, Yashil Irmoq, Jeyxan. Tuprog’i ichki yassitog’liklardagi cho’llarda asosan bo’z va och qo’ng’ir tuproqdan, quruq dashtlarda kashtan, sohillarda jigar rang tuproq, botiqlar tubi esa sho’rxok tuproqdan iborat. Tavr va Sharqiy Pontiya tog’larida doim yashil va igna bargli o’rmonlar, tog’larning baland qismida all o’tloqlari mavjud. Jazira platosi shuvoqboshoqli o’tlar o’sadigan chala cho’ldan iborat. Tog’larda yovvoyi qo’yechkilar, to’ng’iz, bo’ri, chiyabo’ri, ayiq va boshqalarlar yashaydi. Sohilga yaqin suvlarda turlituman baliq ko’p. Turkiyada 12 milliy bog’ bor. Yiriklari: Olimpos Beydaglari, Munzur Vodiysi, Kyopryulyu Kanon.
Aholisining 90% turklar. Kurd, arab, o’zbeklar, adigey, ubix, chechen, osetin, lezgin, yunon, arman, laz, gurj, ozarbayjon, turkman, bolgar, albanlar ham yashaydi. Aholisining asosiy qismi islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til - turk tili. Shahar Aholisi 69%. Yirik shaharlari: Istanbul, Anqara, Izmir, Ko’niya, Bursa, G’oziantep, Diyorbakir, Antaliya, Adana, Edirna.
Tarixi. Hozirgi Birlashgan Qirollik hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikda kelt qabilalari — brittlar yashagan. Mil.a.da Britaniya o.larining katta qismini rimliklar bosib oldi. 5-asrning ikkinchi yarmida anglosakslar mamlakatning talay kismini bosib olib, ilk feodal qirolliklar (Kent, Uesseks, Susseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) tuzishgan. 9-asr boshlarida anglosaks davlatlari birlashtirilib, „Angliya“ deb atala boshladi. Angliya 1016—42 yillarda normannlar (daniyaliklar) hukmronligida bo’lgan.
1066-yil Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan so’ng mamlakatda feodal yer egaligi paydo bo’lib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10—11-asrlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo bo’la boshladi. 12—13-asrlarda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265-yil paydo bo’lgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo bo’ldi. Angliya bilan Fransiya o’rtasida bo’lib o’tgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning ko’payishi va 1348—49 yillardagi vabodan so’ng aholi ahvolining og’irlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qo’zg’oloniga sabab bo’ldi. Qo’zg’olon mag’lubiyatga uchragan bo’lsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki bo’ldi. 15-asrda Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yo’qotiddi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va o’rta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab bo’ldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning ko’payishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xo’jaliklari xonavayron bo’ldi. 16-asrning 30-yillarida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qo’yilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga bo’lib berildi. 16-asr 2-yarmi — 17-asr boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shimoliy Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo bo’dsi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya g’olib chikdi. 16-asr oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-asrdagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda g’alaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar qishloq xo’jaligi hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga to’siq bo’lib turgan g’ovlarni yo’qotdi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga yo’l ochdi. 17-asr oxirida Birlashgan Qirollikda yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo bo’ldi. 18-asr o’rtalariga kelib manufaktura bosqichidan ishxona tizimiga o’tish uchun sharoit yaratildi. 18-asrning 2-yarmida Birlashgan Qirollik hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi — tori bilan vigi shakllandi. 19-asr o’rtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.
17—18-asrlarda Birlashgan Qirollik Hindiston, Shimoliy Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shimoliy Amerikadagi mustaqillik uchun bo’lgan urush (1775—83) natijasida Shimoliy Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Birlashgan Qirollik inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi bo’ldi. Fransiyaning mag’lubiyatidan Birlashgan Qirollik burjuaziyasi o’z savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Janubiy Afrikadagi Kap mustamlakasi va boshqa hududlar Birlashgan Qirollikga o’tdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamg’arilib, sanoatda to’ntarish yasashga zamin tayyorlandi.
19-asrning 30-yillarida ishlab chiqarishning fabika tizimi qaror topdi. 30—40-yillarda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati — chartizm keng avj oldi. Birlashgan Qirollik hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni ko’paytirishga qaratildi. Birlashgan Qirollik Yangi Zelandiya, Birma, Janubiy Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-asrning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (184042, 185660) hamda Afg’onistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va boshqalar), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qo’zg’olonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qo’zg’olonini (1851—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri bo’ldi. 1878-yil Kipr o.ni, 1882-yil Misr, 1898-yil Sharqiy Sudanni, 1899—1902-yillarda Janubiy Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi.
20-asr boshlariga kelib Birlashgan Qirollik iqgisodiy jihatdan AQSH va Olmoniyadan orqada qola boshladi. Birlashgan Qirollik bilan Olmoniya o’rtasidagi ziddiyat Birinchi jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida g’olib mamlakatlar qatori Olmoniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga o’z mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-yillarda Birlashgan Qirollik Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—33 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Birlashgan Qirollik iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938-yil Birlashgan Qirollik hukumati Myunxen shartnomasiga qo’shilib, Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga yo’l ochdi. 1939-yil 3-sentabrda Birlashgan Qirollik Olmoniyaga urush eʼlon qildi. Urush Birlashgan Qirollikning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Birlashgan Qirollik mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-yillarning o’rtalarida Birlashgan Qirollikning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan Qirollik hukumatini navbatmanavbat leyboristlar (1945—51, 1964—70, 1974—79) va konservatorlar (195164, 197074 va 1979-yildan) partiyasi boshqardi. Birlashgan Qirollik 1945 ydan BMT aʼzosi. O’zbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 18-fevralda o’rnatgan. Milliy bayrami — Qirolicha tug’ilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi).
Asosiy siyosiy partiyalarn, kasaba uyushmalari. Leyboristlar partiyasi, 1900-yil tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867-yil tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988-yilda asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925-yilda tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928-yilda tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988-yilda B.B. Kommunistik partiyasining sobiq aʼzolari tomonidan tuzilgan; So’l demokratlar partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan.
Eng yirik kasaba uyushma birlashmasi — Britaniya tredyunionlar kongressi, 1868-yil tuzilgan; Shotlandiya tredyunionlar kongressi, 1897-yil tuzilgan; Tredyunionlar umumiy federatsiyasi, 1899-yil tuzilgan; Uels tredyunionlar kongressi, 1973-yil tashkil etilgan.
Xo’jalngi. Birlashgan Qirollik — iktisodiy jihatdan rivojlangan yirik sanoatlashgan mamlakat. Yalpi ichki mahsulotning 21 % ni sanoat, 1,8 % ni qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi, 70,2 % ni xizmat ko’rsatish tarmog’i beradi. 1 va 2-jahon urushlari orasida bir qancha sanoat tarmoqlari, xususan harbiy industriya bilan bog’langan kimyo, elektrotexnika va avtomobil sanoati bir kadar taraqqiy etdi. Ikkinchi jahon urushida Angliya iqtisodiyotiga katta putur yetdi: mamlakat milliy boyliklarining 1/4 qismi qo’ldan ketdi; sanoat ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajadan 25 % kamaydi, chet ellardagi kapitalining qariyb 1/4 qismini qo’ldan boy berishga yoki sotishga majbur bo’ddi. Iqtisodiyotning harbiy izga ‘tushirilishi ko’pdanko’p behuda harajatlarni keltirib chiqardi. Jahon sanoat ishlab chiqarishida 1948-yilda Birlashgan Qirollik ulushi 11,9 % edi, 1968-yilda 7,4 % ga tushib qoldi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish