Qо‘llarda turish. Qо‘llar oldinga – yuqoriga uzatilgan holatdan bajariladi: bir vaqtning о‘zida qо‘llar bilan polga tayangan holda oldinga qadam tashlab, boshqa oyoqni siltab, qо‘llarda turishga chiqiladi, oyoqlarni birlashtirib rostlanadi. Muvozanat saqlab qolinadi.
Himoyalash va yordam: siltanadigan oyoq tomondan turib, bir qо‘l bilan yelka ostidan tutib, boshqa qо‘l bilan siltanadigan oyoqning tizzasidan yuqoriroq qismidan tutib, turishga tо‘g‘ri chiqish tuchun yordam beriladi. Turishni о‘tirish va boshqa holatlardan kuch bilan bajarish mumkin. Asosiy variantni egallab olgach, turishni oyoqlar orasini ochish, bukish bilan murakkablashtirish, shuningdek, turishning boshqa turlarini ham bajarish mumkin: tor, birlashtirilgan, keng va boshqa.
Xulosa
Maxsus ishlab chiqilgan harakat shakllari akrobatik gimnastika vositalari (mashqlari) hisoblanadi. Ular yordamida insonning hayotiy muhim harakatlantiruvchi jismoniy sifatlari tarbiyalanadi va rivojlantiriladi. Ko‘pgina mashqlar odamning mehnat, harbiy va turmush faoliyati (yurish, yugurish, tirmashib chiqish, sakrash, emaklash, muvoza-nat saqlash, uloqtirish, to‘siqlardan oshib o‘tish, yuk tashish va shu kabilar)dan olingan.
Jismoniy madaniyat va sport amaliyoti fanining rivoj topishi bilan butun bir harakatlantiruvchi faoliyatdan ajratib olingan harakatlardan iborat mashqlar paydo bo‘la boshladi. Bu mashqlar, asosan, harakat asoslarini o‘rgatish uchun, jismoniy sifatlarni rivoj-lantirish, turli pedagogik maqsad va vazifalarni yechish uchun qo‘llaniladi. Gavdaning ayrim a’zolariga mo‘ljallangan hamda turli gimnastika jihozlarida bajarilgan mashqlar shular qatoriga kiradi.
Gimnastikaning sog‘lomlashtiruvchi (umumrivojlantiruvchi) turlari. Bu mashqlar tayanch, sportga xos rok-n-roll, aerobika, sheyping, gimnastrada, gigiyenik, atletik va ritmik gimnastikani o‘z ichiga oladi. Gimnastikaning bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama garmonik jismoniy kamolotga yetkazish, bahri dilini yayratish, salomatligini mustahkamlash va harakat faoliyatlarini tarbiyalash, takomillashtirish hamda gimnastikani targ‘ibot-tashviqot qilish maqsadida qo‘llaniladi. Ular gimnastika jihozlari vositasida, alohida guruh mashqlar to‘plami shaklida ham bajarilishi mumkin. Shunday qilib, dastlabki umumrivojlantiruvchi mashqlar insonga ko‘nikma va malakalarni egallab olish imkonini beradi, inson shu yo‘sindagi faoliyatida o‘z mushaklarini harakatlantirish qobiliyatini takomillashtirish maqsadida har qanday harakat murakkabligiga ega bo‘lgan yaxlit harakatlantiruvchi faoliyatni takrorlashda foydalanadi.
Ko‘makchi mashqlarga quyidagilar kiradi: ish kuni tartibidan o‘rin olgan gimnastika insonlarni sog‘lomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladigan, korxonalardagi gim-nastika (mehnatda, mudofaada, o‘qish-aqliy mehnat va sport faoliyatida yuqori natijalarga erishishda vosita sifatida qo‘llaniladigan), maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rish uchun qo‘llaniladigan kasbiy-amaliy, harbiy-amaliy va sport-amaliy gimnastikasi; davolash-jismoniy mashqlarning asosiy qismi bo‘lgan (turli kasallikka chalingan va jarohat olganlarni davolash uchun qo‘llaniladigan, mehnat qobiliyati va salomatlikni tiklashga yordam beradigan davolash) gimnastika. Ushbu mashqlar maxsus jihozlar (arqon, langarcho‘p, yakkacho‘p, gimnastik o‘rindiqlar, devorlar)dan foydalanib bajariladi. Uning yordamchi mashqlari bilan ochiq gimnastika maydonchalaridagi standart-nostandart jihozlarda yashash, dam olish, istirohat bog‘lari va shahardan tashqaridagi hordiq chiqarish maydonlarida shug‘ullanish mumkin.
Erkin mashqlar sport gimnastikasining bir turi bo‘lib, umumrivojlantiruvchi vosita sifatida chidamlilikni tarbiyalash va rivojlantirish, muvozanatni saqlash uchun foydalanadi. Mashqlar texnikasini aniq bajarish, musiqa jo‘rligida bajariladigan mashqlarni estetik zavq bilan bajarishni ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Mashg‘ulot va sport kompozitsiya elementlarini tarbiyalashda sportchilarning ijodiy imkoniyatlari ko‘lamini rivojlantiradi.
Akrobatik (tramplin) mashqlar — jismoniy sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Qomatni tik tutish, turli harakatlar bilan umbaloq oshish, fazo bo‘shlig‘ida qomatni to‘g‘ri tutishga diqqatni qaratadi. Akrobatika mashqlarini bajarish jarayonida ichki organlar mustahkamlanadi. Ularning funksional rivojlanishi ta’minlanadi. Akrobatik mashqlarning doimiy bajarilishi va ularni murakkablashtirib borish, ularning turli sport turlarini (umumiy, qo‘shimcha, maxsus jismoniy tayyor-garlik) takomillashtirish uchun qo‘llanishga imkon yaratadi. Akro-batik mashqlar o‘zining mazmuni va xarakteri bilan boshqa sport turlaridan ajralib turadi. Sakrash, muvozanat saqlash, yakka bajarila-digan voltej1 elementlari, juftlikda, uchlik, to‘rtlik, erkaklar, erkak va ayollar bilan bajariladigan mashqlar ham shunga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |