1.3. Makedoniyaning Yunoniston ustidan hukmronligini o`rnatilishi.
Makedoniya Bolqon yarim orolining shimolida joylashgan qadimiy o`lkalardan biridir. U juda qulay geografik o`ringa ega bo`lib, tog`lik va tekislik qismlarga bo`linadi.
Miloddan avvalgi VI asr oxiri - V asr boshlarida Makedoniyada dastlabki tabaqalanishi va ilk davlat qaror topgan. Yunoniston-Eron urushlari davrida Makedoniya podsholari Eron ta`siriga o`tib qolgan edi. Eronliklar Yunonistondan quvilgach, Makedoniya 1-Afina ittifoqi safiga kiradi. Makedoniya Aleksandr va uning vorisi Arxelay davrida birmuncha mustahkamlanadi. U dengiz bo`yidagi yangi poytaxt - Pellaga asos solgan. Arxelay Xalkidika yarim oroli va Fessaliyaning ba`zi joylarini Makedoniyaga qo`shib olgan. Arxelay o`ldirilgach, vorislari uning ishini davom ettirgan. Bu sohada Filipp II ning xizmatlari kattadir. U Makedoniyani kuchli davlatga aylantirishga harakat qilgan.
Miloddan avvalgi 359 yilda Makedoniya taxtiga Filipp II o`tiradi. U qator islohotlar o`tkazib, Makedoniya davlati va qo`shinlarini ancha kuchaytiradi. Piyoda va otliq askarlardan iborat muntazam qo`shin tuzadi. Filipp II dehqonlardan piyoda qo`shinga jangchilar oladi. Joylardagi hokim aslzodalardan otliq qo`shin tuzadi. Filipp II qo`shinda qattiq intizom o`rnatib, ularni harbiy ta`limdan o`tkazadi. U urush oldidan piyoda askarlarni falanga-falanga qilib saflagan, otliq askarlar esa qo`shinning orqa va har ikki yon tomoniga joylashtirilgan.
Makedon askarlar xanjar, 2-6 metrdan iborat nayza, qalqon dubulg`a va zirxli kalta harbiy kiyim bilan qurollantirilgan. Filipp II kumush tangalar bilan bir qatorda oltin tanga zarb etib, uni "filippik" deb ataydi.
Filippning harbiy va pul islohotlari Makedoniya davlatini ham iqtisodiy, ham harbiy tomondan mustahkamlaydi. Makedoniya podshosi o`z saltanatini kuchaytirib olgach, urushlar natijasida zaiflashib qolgan yunon shahar-davlatlarini birin-ketin bosib ola boshlaydi. Yunonistondagi quldorlarning bir qismi Filipp II ning hokimiyatini bajonu-dil tan oladilar. Chunki ular o`z boyliklar va mulklarini vatan mustaqilligi va ozodligidan afzal ko`rar edilar.
Filipp II ning Yunonistonni butunlay o`ziga qaratib, olish niyatida edi. Shuning uchun u dastlab Fessaliyani ishg`ol qiladi. U shu yerdan turib, O`rta Yunonistonni bosib olishni ko`zda tutadi. Fiva va Afina xavf ostida qoladi. Makedoniyaga qarshi Afinada, Fiva, Korinf Megara va boshqa shahar-davlatlardan iborat harbiy ittifoq tuziladi. Uning g`oyaviy rahbari ajoyib notiq Demosfen edi. U o`zining otashin nutqlarida Filipp II ning bosqinchilik siyosatini fosh qilib yunonlarni o`z ozodligini qattiq turib himoya qilishga chaqiradi. Miloddan avvalgi 338 yili Makedoniya qo`shinlari Beotiyaga bostirib kiradi. Shu yili Filipp II qo`shinlari yunon shaharlarining birlashgan qo`shini bilan Xeroniya shahri yonida uchrashadilar. Bu jangda Demosfen afinaliklar qatorida oddiy jangchi bo`lib jangga kiradi. Bu jang shiddatli bo`lib, ancha vaqt davom etadi. Avval boshda ittifoqchilar Makedoniya qo`shinlarini siqib borishga muvaffaq bo`ladilar, hatto chekintiradilar. Jangda Filipp II ning 18 yoshli o`g`li Iskandar rahbarligidagi otliq qo`shinning kirishi urush oqibatini makedoniyaliklar foydasiga hal qiladi. Jang Makedoniya qo`shinlarining porloq g`alabasi bilan yakunlanadi. Xeroniya yonidagi jangdan keyin butun Yunoniston Makedoniyaga itoat etishga majbur bo`ladi. Zamondoshlardan birining iborasi bilan aytganda: "Xeroniya yonida xalok bo`lganlarning jasadlari bilan birga yunonlarning ozodligi ham ko`miladi".
Filipp II Xeroniya jangidan keyin yunon shahar-davlatlarini xonavayron qilmay, ularni erkin deb e`lon qiladi. U miloddan avvalgi 337 yili Korinfda yunon shaharlarining kongressini chaqiradi. Bu kongressda Spartadan boshqa barcha shahar davlatlar ishtirok etadilar. Ular kongressda tinch-totuv yashash, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik va o`zaro urush olib bormaslik to`g`risida bir qarorga kelganlar. Ayni paytda barcha yunon shaharlari Eronga qarshi urushga tayyorgarlik ko`rishlari lozim edi. Korinfda Filipp II Makedoniya va shahar, davlatlar qo`shinlarining bosh sarkardasi qilib tayinlangan. Shu tariqa u Eronga qarshi harbiy yurish qilishga jiddiy tayyorgarlik ko`ra boshlaydi.
Urushga qizg`in tayyorgarlik ketayotgan bir vaqtda Filipp II o`z qizining to`yida fitnachilar tomonidan o`ldiriladi. Bu voqea miloddan avvalgi 336 yilda sodir bo`lgan. Fitna kim tomonidan uyushtirilgani ma`lum emas. Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, Filipp II eronliklar qutqusi bilan o`ldirilgan deyiladi.
Filipp II vafotidan so`ng taxtga uning 20 yoshli o`g`li Iskandar o`tiradi. Keyinchalik u butun sharqda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur bo`lib ketgan. Zamondoshlarning aytishicha, u serg`ayrat, jasur, bilimdon ayni paytda shavqatsiz va jahldor odam bo`lgan.
Filipp II vafotidan keyin ko`pgina yunon shaharlari Fiva, tog`li Frakiya, Illiriya qabilalari Makedoniyadan ajralib keta boshlaydi. Ba`zi joylarda qo`zg`olonlar boshlanadi. Iskandar mana shu parokandalikning oldini olishga kirishadi. Miloddan avvalgi 335 yilda ajralib ketgan tog`li Frakiya va Illiriya qabilalari ustiga yurib ularni yana itoat etishga majbur qiladi. Shimol yurishidan qaytgach, u qo`zg`olon ko`targan Fiva ustiga qo`shin tortadi va shaharni vayron qiladi, aholisini qul qilib sotib yuboradi.
Fivadagi dahshatli urush boshqa yunon shahar davlatlarini cho`chitib yuboradi. Ular Makedoniyaga itoat etishlarini izhor qiladilar. Iskandar Afina ustiga yurish qilmaydi. Chunki uning ustozi Aristotel afinalik bo`lib, u o`z shogirdi diliga yunon madaniyatiga va uning markazi Afinaga hurmat bilan qarash hissini joylagan edi. Iskandar Afinaga borganda hamma uni to`la itoat bilan kutib oladi. Iskandarning bu yurishlari Yunonistonda uning mavqeini ko`taradi.
Iskandar Yunonistonni o`ziga qaytadan itoat ettirgandan so`ng sharq yurishiga tayyorgarlik ko`ra boshlaydi. U miloddan avvalgi 334 yilda 30 ming piyoda, 5 ming otliq askar va harbiy dengiz kuchlaridan iborat katta qo`shin bilan Gelleopond bo`g`ozidan kechib o`tadi. Tog`li Granik daryosi bo`yida Iskandar qo`shinlarini eronliklarning otliq va piyoda askarlari kutib turardi.
Kech kirishiga qaramay, boshlangan qattiq jangda Iskandar qo`shinlari g`alaba qilib, ularni Kichik Osiyoning ichkarisiga yurish uchun yo`l ochiladi.
Bu g`alaba Iskandarga Kichik Osiyoning ichkarisini bosib olish uchun imkoniyat yaratadi. Uning qo`shinlari Kichik Osiyo sohili bo`ylab janub tomon yuradilar. Eron shohi Doro III yunonlardan bo`lgan Memnonni qo`shiniga bosh qo`mondon qilib tayinlaydi. U Miletni mustahkamlashga kirishadi. Lekin u to`satdan vafot etadi. Milet sabot-matonat bilan mudofaa qilinadi. Biroq ham quruqlikdan, ham dengizdan qamal qilinib, ishg`ol qilinadi.
Miloddan avvalgi 333 yilda Iskandar Kichik Osiyo markazidagi Kappadokiyani ishg`ol qilib, qishni o`sha yerda o`tkazadi. Shu vaqtda Eron qo`shinlari Iskandar tomon yo`l oladilar. Iskandar o`z qo`shinlarini Kilikiyaga olib o`tib, Tars shahrini ishg`ol qiladi va Suriyaga qo`shin tortadi.
Iss Kilikiyaga shaharlaridan biri bo`lib, dengiz bo`yida joylashgan edi. Miloddan avvalgi 333 yilda Eron va Makedoniya qo`shinlari shu shahar yonida uchrashadilar. Eron sarkardalari Doro III ga Iskandar qo`shinlari tor daradan chiqib olgandan keyin hujum boshlaylik, deb maslahat beradilar. Shoh esa buning aksini qilib, Eron otliqlari va jang aravalari uchun qulay bo`lgan tog` darasida jang qilishni buyuradi. Har ikki o`rtada qattiq jang boshlanadi. Jang Iskandar qo`shinlarining g`alabasi bilan tugaydi. Eronliklar chekinishga majbur bo`ladilar.
Issdagi g`alabadan keyin Iskandar Suriya va Finikiya ustiga qo`shin tortib, sohil bo`yidagi ko`r shaharlarni istilo qiladi. Ammo dengiz bo`yidagi Tir shahri dushmanga yarim yil qarshilik ko`rsatadi. Makedoniya qo`shinlari shaharni quruqlikdan ham dengizdan ham qamal qiladilar. Og`ir janglardani keyin yunonlar taran va palaxmonlar bilan Tir shahri devorlarini buzib, shaharga bostirib kiradilar. Shaharda jang davom etadi, ko`p qon to`kiladi. Juda katta qiyinchiliklar bilan shahar qo`lga kiritiladi. Yunonlar unga o`t qo`yadilar, boyliklarini talaydilar. 30 mingdan ortiq shahar aholisi qul qilib sotiladi. Shundan so`ng Iskandar Finikiya va Falastindagi ko`pgina shaharlarni birin-ketin bosib oladi.
Iskandar Falastin va Finikiyani istilo qilgach, miloddan avvalgi 332 yilda Misrga qo`shin tortadi. Uning maqsadi Eron tasarrufida bo`lgan Misrni ham istilo qilish edi. Misrliklar va u yerdagi Eron satrapi Iskandar va uning qo`shinlarini tantanali ravishda kutib oladilar va uni fir`avn deb e`lon qiladilar.
U Misrdan qaytish oldidan O`rta yer dengizi qirg`og`i Nil deltasida Iskandariya shahrini barpo qiladi. Shahar qat`iy reja asosida qurilgan bo`lib, unda bir-birini kesib o`tuvchi katta ko`chalar barpo qilingan edi. Bu shahar o`sha davr va keyinchalik Sharq, Yunoniston va Rim dunyosi uchun juda katta siyosiy, iqtisodiy va madaniy ahamiyat kasb etgan.
Misr olingandan so`ng Doro III yunon-makedonlar bilan Shimoliy Mesopotamiyadagi Gavgamel degan joyda jang qilish uchun tayyorgarlik ko`rdi. Bu jang miloddan avvalgi 331 yil bahorida bo`lib o`tdi.
Doro III Iskandar qo`shinlarini qurshab olish maqsadida o`z otliq askarlarini keng tekislikka joylashtiradi. U dastlab jangovar aravalarni ham ishga soladi. Makedoniya jangchilari ikki tomonga surilib, shiddat bilan kelayotgan jang aravalarini o`z saflari orasidan o`tkazib yuboradilar va ularga kamondan o`q yog`dirib ko`pchiligini qirib tashlaydilar. Doro III ning jangovar fillari ham forslarga g`alaba keltirmaydi. Gavgamel yonidagi jang goh makedoniyaliklar, goh eronliklarning ustunligi bilan kechgacha davom etgan. Jangning oxirlarida Iskandar o`zi boshliq otliq qo`shin bilan Eron qo`shinlarining o`rtasiga yorib kirgan. Shoh Doro III ning o`zi ham shu yerda turar edi. Iskandar qo`shinlarining shiddatli hujumi natijasida Doro III ning qo`shinlari chekinishga majbur bo`ladi. Doro III jang maydonini tashlab qochadi.
Gavgamel g`alabasidan so`ng Iskandar qo`shinlari birin-ketin Suzani, Bobilni va Eronning poytaxti Persepolni ham egallaydilar va juda ko`p boyliklarni qo`lga kiritadilar. Makedoniyaliklar Persepolda qishlab, miloddan avvalgi 330 yilda butun Eronni egallashga muvaffaq bo`ladi. Doro III Turon tomonga qarab chekinadi. U chekinib borayotgan vaqtda Bess uni ushlab olib o`ldiradi va jasadini yo`lga tashlab ketadi. U o`zini Artakserks IV nomi bilan Eron shohi deb e`lon qiladi.
Iskandar Bessni ta`qib qilib, So`g`diyonadagi Navtaka degan joyda uni qo`lga tushiradi va qatl ettiradi. Shu bilan ulkan Eron davlati tugatiladi. Iskandar Turonga bostirib kirib, uni egallashga kirishadi. Turonliklar dushmanga qarshi ayovsiz jang qiladilar. Iskandar qattiq janglardan so`ng Navtaka, Marokand va Kiropol kabi shaharlarni bosib oladi.
Iskandar uzoq vaqt mobaynida erksevar so`g`dliklar, baqtriyaliklar va shaklarga qarshi kurash olib boradi. So`g`d xalqining erksevar farzandi spitamen makedoniyaliklarga qarshi ayovsiz va tinimsiz kurash olib boradi. Ammo vatan xoinlari Spitamenga xiyonat qilib, uni o`ldiradilar. Iskandar So`g`ddagi yuzlab qishloq, o`nlab shaharlarni vayron qiladi va o`t qo`yadi. Necha yuz ming tinch aholi qirib tashlanadi. Uch yillik jangu-jadaldan so`ng bir guruh sotqinlarning xiyonati tufayli Baqtriya va So`g`diyona Iskandarga bo`ysundiriladi.
Iskandar Baqtriya bilan So`g`diyonani itoat ettirgach, miloddan avvalgi 227 yilda Hindikush tog`laridan oshib Hindistonga bostirib kiradi. Bu davrda Sind vohasi va Panjob viloyatida bir necha mayda davlatlar bor edi. Iskandar Panjobdagi mayda podsholarning bir qismini o`ziga ag`darib oladi. Ammo podsho Por Iskandar bilan qattiq kurash olib boradi. Sind vohasi ko`p qonli janglar bo`ladi. Nihoyat Gidasp yonidagi jangda Iskandar qo`shinlari hindlar ustidan g`olib chiqadi. Sind vohasi va Panjob yunonlarga bo`ysundiriladi.
Miloddan avvalgi 325 yildan boshlab yunon-makedonlar Hindistonni tark etib orqaga qayta boshlaydilar. Markazi Bobil bo`lgan Iskandar saltanati miloddan avvalgi 323 yilda Jahongirning o`limidan so`ng uning harbiy sarkardalari o`rtasidagi toj-taxt talashlari natijasida bo`linib ketadi.
Ulkan Ahamoniylar saltanati o‘zining g‘arbga qilgan ekspansiyasi natijasida yunon davlatlari bilan to‘qnashadi va buning natijasida mil.avv. V asrning birinchi choragida yunon-fors urushlari boshlanadi. Mil.avv. V asr davomida betinim urushlar, saroydagi fitnalar, bosib olingan xalqlarning ozodlik uchun kurashlari Ahamoniylar davlatini ancha zaiflashtirib qo‘ygan edi. Mil.avv. IV asrining o‘rtalaridan boshlab esa, Bolqon yarim orolidagi shahar-davlatlar kuchaya boshlaydi. Bu davrda Makedoniya podshosi Filipp II Bolqon yarim orolida o‘z mavqeini mustahkamlab olib Ahamoniylarga qarshi kurashga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. 1
Filipp II o‘z davriga mos harbiy islohotlar o‘tkazib tartibli va yaxshi qurollangan qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Mil.avv. 336 yilda Ahamoniylar davlatiga qarshi kurash boshlandi. Ammo, Filipp II ning o‘ldirilishi tufayli bu kurash to‘xtab qoldi. O‘sha yili taxtga Filipp II ning o‘g‘li 20 yoshli Aleksandr o‘tirdi. U Ahamoniylarga qarshi urushga jiddiy kirishib Kichik Osiyodan Parmenion boshliq qo‘shinlarni chaqirtirdi. Harbiy kengash to‘zib quruqlikda va suvda harakat qilayotgan qo‘shinlar oldiga aniq vazifalar qo‘ydi.
Mil.avv. 334 yil mayida (Graniq daryosi yonida), 333 yil oktabrida (Gavgamela, Shimoli-sharqiy Mesopotamiyada) bo‘lgan janglarda fors qo‘shinlari to‘la mag‘lubiyatga uchradi. Shundan so‘ng Aleksandr uchun Ahamoniylar davlatining markazlariga yo‘l ochilgan edi. Aleksandr dastavval Bobilni, so‘ngra So‘za, Persepol, Pasargada shaharlarini egallab fors podsholarining xazinalarini qo‘lga kiritdi. So‘nggi Ahamoniy hukmdori Doro III avval Midiyaga, keyin esa Baqtriyada qochib ketdi. Kursiy Rufning ma’lumotlariga ko‘ra Baqtriyaga Doro III ga qarshi fitna uyushtirilib u o‘ldiriladi va fitnaga boshchilik qilgan Bess o‘zini Ahamoniylar podshosi deb e’lon qiladi. Ammo, Bess Aleksandrga harbiy qo‘shinlarni qarshi qo‘ya olmadi.
Mil.avv. 329 yilning bahoriga qadar Aleksandr Ariya, Drang‘iyona, Araxosiya kabi viloyatlarni egallab Oks-Amudaryo bo‘ylariga chiqib keladi. Arrian va Kursiy ma’lumotlariga ko‘ra bu paytda daryo juda sersuv bo‘lib, to‘lib oqardi. Amudaryodan kechuv joyini tadqiqotchilar Kelif atroflari, Chushqago‘zar, Termez atroflari va SHo‘rob deb hisoblaydilar. Nima bo‘lganda ham, Aleksandr qo‘shinlari qoplarga somon-xashak to‘ldirib, ular orqali besh kun davomida Amudaryodan kechib o‘tganligi haqida yozma manbalarda ma’lumotlar saqlangan.
Aleksandr qo‘shinlari daryodan o‘tgach Bessni ta’qib etib «Sug‘d viloyati Navtakaga» yo‘l oladilar (Avval Ptolomey Lag boshchiligidagi ilg‘or qism, keyin asosiy kuchlar). Sug‘d yerlarida Spitaman boshliq mahalliy sarkardalar Aleksandrni to‘xtatib qolish maqsadida Bessni asir olib unga topshiradilar. Ammo, Aleksandrda harbiy yurishlarni to‘xtatish niyati yo‘q edi. Navtakadan so‘ng yunon-makedon qo‘shinlari Sug‘diyonaning poytaxti Smarakandaga yurish qilib uni egallaydilar. Kursiy Ruf ma’lumotlariga ko‘ra yunon-makedonlar «shaharda o‘zlarining kichik gornizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni yondirib va vayron etib», shimoli-sharqqa tomon harakat qila boshlaydilar. Jizzax va O‘ratepa oralig‘idagi tog‘li hududlarda yunon-makedon qo‘shinlari qattiq talofat ko‘radilar. Aleksandrning o‘zi ham og‘ir yarador bo‘ladi. Shunga qaramasdan tog‘li hudud aholisini qiyinchilik bilan mag‘lub etgan yunon-makedonlar dasht ko‘chmanchilari saklar va Sug‘diylar o‘rtasida chegara bo‘lgan Yaksart-Sirdaryoga tomon harakat qiladilar. 2
Yunon-makedonlar Yaksart bo‘yida to‘xtab bu yerdagi shaharlarga o‘z harbiy qismlarini joylashtira boshladilar. Ko‘p o‘tmay bu shaharlar aholisi Aleksandrga qarshi qo‘zg‘alon ko‘taradilar. Daryoning o‘ng qirg‘og‘idagi saklar ham o‘z qo‘shinlarini bir yerga to‘play boshlaydilar. Xuddi shu paytda Baqtriya va Sug‘diyona hududlarida ham Aleksandrga qarshi qo‘zg‘olonlar boshlanib ketadi.
Aleksandr dastlab Yaksart bo‘yida o‘z mavqeini mustahkamlashga qaror qilib, bu yerdagi qo‘zg‘olonlarni bostirdi. Sug‘diyonada mil.avv. 329 yil ko‘zida Spitaman boshchiligidagi qo‘zg‘olonni (Maroqandda) bostirish uchun sarkarda Farnux boshchiligidagi qo‘shinlarni jo‘natdi. O‘zi asosiy kuchlar bilan saklar ustiga yurish qildi. Ammo, bu yurish muvafaqiyatsiz tugadi.
Farnux boshchiligidagi Maroqandaga jo‘natilgan qo‘shinlar Spitaman tomonidan mag‘lubiyatga uchradi. Aleksandrning o‘zi asosiy kuchlari bilan Sug‘diyonaga qaytishga majbur bo‘ldi. O‘rta Osiyo hududlarida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlar yunon-makedon zulmidan ozod bo‘lishga qaratilgan bo‘lib, Aleksandrning «varvar» larni osonlikcha bosib olmoqchi bo‘lgan rejalarini puchga chiqardi.
Sug‘diyonaning tog‘li hududlaridagi bosqinchilar qadami yetmagan joylarda qo‘zg‘olonchilar yashirinib olgan edilar. Sug‘diyonaning deyarli barcha aholisi Spitaman tomonida bo‘lib, uning g‘alabalariga katta umid bog‘lagan edilar. Aleksandr esa, mil.avv. 329-28 yillar qishlovini Baqtriyada (ba’zi manbalarda Navtakada deyiladi) o‘tkazar ekan vaqtni behuda ketkazmadi. U bu yerda Xorazm hukmdori Farasman bilan mo‘zokaralar olib bordi. Natijada Aleksandrning Xorazmga yurish rejasi to‘xtatildi.
Mil.avv. 328 yilning bahoridan yunon-makedonlarga qarshi kurash yana avj oldi. Mahalliy aholi yirik shaharlar, qal’alar, tog‘li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Ahvol jiddiylashganidan xavotirga tushgan Aleksandr 30 ming qo‘shinini 5 guruhga bo‘lib, bu guruhlarga ishonchli sarkardalar – Gefestion, Ptolemey Lag, Perdikka, Ken va Artabozlarni boshliq etib tayinladi.
Yunon-makedonlarning shafqatsiz urushlari natijasida ko‘pgina mahalliy aholi qirilib ketdi. Qolganlari ham tog‘li hududlarda kurashni davom ettirdilar. Bu o‘rinda Spitamanning jasorati haqida to‘xtalish joizdir. U doimo raqiblarining zaif joylarini izlar va ularga aynan o‘sha joylardan zarbalar berar edi. Spitaman Sug‘diy va baqtriyalik zodagonlar, hamda saklar bilan ittifoqlikda dushmanga qarshi kurashishga harakat qildi. Manbalarning ma’lumot berishicha mil.avv. 328 yilning oxirida Spitaman o‘z vatandoshlari xiyonatining qurboni bo‘ladi. Spitaman tajribali davlat arbobi va sarkarda bo‘lib, u bosqinchilarni Ona – yurtidan haydab chiqarishi uchun imkoniyati bo‘lgan barcha tadbirni ko‘rdi, choralardan unumli foydalanishga harakat qildi. U mohir sarkarda bo‘lib dushmanning kichik hatosidan ham unumli foydalanar va uning zaif tomonlarini topishga harakat qilardi. Ammo, Aleksandr harbiy kuch-qudrati jihatdan Spitamandan ustun edi.
Spitaman halok bo‘lganidan so‘ng asosan tog‘ qal’alari qo‘zg‘olon o‘choqlariga aylanadi. Yozma manbalarda eslatilgan «Sug‘d qoyasi» (yoki «Arimaz qoyasi»), «Xoriyen qoyasi» shular jumlasidandir.
Aleksandr Makedonskiy mahalliy aholini kuch bilan yengish nihoyatda og‘ir ekanligini anglab yetganidan so‘ng turli yo‘llar bilan ularga yaqinlashishga qaror qildi. Mahalliy xalq vakillariga nisbatan siyosatini tubdan o‘zgartirdi. Xususan, zardushtiy qohinlariga birmuncha erkinliklar berib o‘zi ham bu dinni qabul qildi. Qo‘zg‘olon boshliqlari Oksiart, Sisimitr, Xoriyen kabilarni avf etib, mol-mulklarini qaytarib berdi. Hatto, qo‘zg‘olonga qatnashganlarga mukofotlar tarqata boshladi. Mahalliy aholi bilan qarindoshlik munosabatlarini o‘rnatib Oksiartning qizi go‘zal Roksanaga (Rohshanak) uylandi. Natijada mahalliy zodagonlarning deyarli barchasi Aleksandr hokimiyatini tan olib uning xizmatiga o‘tib ketdilar. Mil.avv. 327 yilning oxirida Sug‘diyonadagi qo‘zg‘olonning so‘nggi o‘choqlari ham bostirildi. 3
Yunon-makedon bosqinchilariga qarshi uch yil davomida kurash olib borar ekan, O‘rta Osiyo xalqlari mislsiz jasorat namunalarini ko‘rsatdilar. Ular yunonlar o‘ylaganidek, «varvarlar» va madaniyatdan orqaga qolgan emas, balki o‘z davrining yuksak harbiy san’ati va madaniyatiga ega ekanliklarini namoyish etdilar. Aleksandr qo‘shinlari butun Sharq davlatlarini o‘zlariga bo‘ysundirganlarida Sug‘diyona va Baqtriyadagi kabi qattiq qarshilikka uchramagan edilar. Bu holni Aleksandr tarixini yozgan ko‘pgina qadimgi davr tarixchilari ham e’tirof etadilar.
O‘zbekiston hududlarida yashagan mahalliy aholi o‘z ozodligi va mustaqilligi yo‘lida bir tan-bir jon bo‘lib harakat qilganlar. Ammo, kuchlar nisbati va harbiy texnikaning teng emasligi ko‘p hollarda bosqinchilar ustunligini ta’minlagan. Shunga qaramasdan bunday holatlar davlatchilik tarixida muhim iz qoldirgan.
Shunday qilib Xorazm, Choch (Toshkent vohasi), Farg‘ona va saklar yurti Aleksandrdan mustaqil bo‘lib qoladi. Sug‘diyona, Baqtriya, Marg‘iyona va Parfiya Aleksandrning davlatiga qo‘shilib, keyinchalik ularning hududida ayrim yunon-makedon davlatlari vujudga keladi.
Aleksandr bosib olgan hududlarda uning boshqaruv faoliyati dastlab Gretsiyaning ayrim demokratik an’analariga (harbiy yo‘dboshchilar kengashi, qo‘shinlar yig‘ini) asoslangan edi. Qo‘shinlar yig‘inida sud ishlari ko‘rib chiqilib, jinoyat va jazo masalalari qat’iy muhokama qilingan. Jinoyat turlari ichida eng og‘irlari-podshoga qarshi fitna, xiyonat, isyonga da’vat etish hisoblanib, ushbu harkatlar uchun yagona jazo – o‘lim jazosi belgilangan. Qatl etish haqidagi qaror qo‘shinlar yig‘inida qabul qilingan. Sharqqa qilgan yurishlari tugaganidan so‘ng Aleksandr bu hududlarda barpo etgan o‘z saltanatida Ahamoniylar davlat boshqaruvidagi idora-tartib usullarini o‘zgartirmagan. YA’ni, satraplik boshqaruvi va soliqlar yig‘ib olish tizimi o‘zining ilgarigi ahamiyatini saqlab qolgan.
O‘rta Osiyoda istilo etilgan viloyatlar va shaharlarni boshqarish uchun yunon-makedon sarkardalari bilan birga mahalliy hokimlar ham jalb etilgan. Yozma manbalarning ma’lumot berishicha, Aleksandr davrida mahalliy aholi vakillaridan Fratafarn-Girkaniyada, Artaboz-Baqtriyada, Oksiart va Xoriyen-Sug‘diyona viloyatlariga hokimlik qilganlar. Mil.avv. 325 yilda Oksiart qo‘l ostiga Paropamis-Hindiqush viloyati topshiriladi. 4
Mil.avv. 325-324 yillarda makedonlar yaroq-aslahalari bilan qurollangan mahalliy aholi qo‘shinlari yunon-makedon armiyasi safiga jalb etiladi. Aleksandr mahalliy hokimiyat vakillariga nisbatan maqsadli siyosat olib borgan. Mil. avv 324 yilda So‘za shahrida o‘n mingta yunon-makedon askarlari mahalliy ayollarga uylanadilar. Aleksandrning o‘zi va sarkarda Gefestion Doro III ning qizlarini hamda sarkarda Salavka Spitamanning qizi Apamani xotinlikka oladilar.
A. Sagdullayevning fikricha, bunday yondoshuv aniq siyosiy maqsad – yangi davlatchilik barpo etish g‘oyasi bilan bog‘langan edi. Bu davlat nafaqat turli halqlarning siyosiy birlashmasi bo‘libgina qolmay, balki uning kelajakda makedonlar va Sharq zodagonlari qon-qarindoshligi vorisligiga tayangan davlatga aylanishi rejalashtirilgan edi.
Ko‘plab xalqlar va mamlakatlarni birlashtirib yagona davlat barpo etish g‘oyasi, insonlarni umumiy ong va yagona tafakkurga bo‘ysundirish g‘oyasi yangilik emas edi. Bunday g‘oyani qadimgi fors podsholari ham o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar va oqibatda mil.avv. 490 yilda yunon-fors urushlari boshlangan.
Aleksandrning harbiy yurishlari Sharq va G‘arb o‘rtasidagi keng savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojlanishiga olib keldi. Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi natijasida mahalliy va yunon madaniyatining qo‘shilish jarayoni boshlanadi. Bu jarayonning ta’sirini moddiy madaniyatning rivojlanishida, qurilish va me’morchilik, kulolchilik va tasviriy san’at, yangi yozuvlarning tarqalishi, tangashunoslik hamda diniy e’tiqodlarda ko‘rish mumkin. Yunonlar o‘z navbatida qadimgi Sharqning juda ko‘plab madaniy yutuqlarini qabul qiladilar hamda mahalliy aholi madaniyatiga ham ta’sir o‘tkazadilar. Aleksandr davridan boshlab, bir necha asrlar davomida, Sharqning siyosiy tarixi (davlat tizimi, boshqaruv usullari, qonunlar va huquq) da turli an’analarning qo‘shilib rivojlanganligini ko‘zatishimiz mumkin.
II. BOB. ISKANDARNING SHARQDAGI FATHLARI: HARBIY HARAKATLAR.
2.1. Kichik Osiyoni, Suriyani, Misrni zabt etish.
Sharqqa yurish Aleksandr miloddan avvalgi 334 yil bahorida boshlangan. e. u shimoliy qo'shnilari va isyonkor Yunon davlatlarini tinchlantirishni tugatgandan so'ng. uning armiyasi Egeyning shimoliy qirg'oqlari bo'ylab Xelespont tomon harakatlanib, u orqali Evropadan Osiyoga tezkor o'tishni niyat qilgan edi.
Arrianning xabar berishicha, Aleksandrning armiyasi Xelespontni bemalol kesib o'tgan[30] . Bu Osiyoga muvaffaqiyatli qo'nishi Aleksandr qo'shinlari uchun katta qiyinchilik va jiddiy xavfni muvaffaqiyatli engdi.
Kichik Osiyodagi forsiy kuchlarning bosh qo'mondoni Memnon qadimgi mualliflar tomonidan batafsil tasvirlangan urush rejasini ishlab chiqdi.[31] . Memnon nafaqat janglarda qatnashish va mamlakatni xarob qilish, makedoniyaliklarning oldinga siljishlariga yo'l qo'ymaslik, balki forslarning dengiz va piyoda kuchlarini Makedoniyaga yuborish va harbiy operatsiyalarni Evropaga topshirishni taklif qildi. Harbiy yig'ilishlarda Memnon va Fors zodagonlari o'rtasida doimiy nizolar kelib chiqardi. Diodorus Memnonning maslahatlari juda zo'r ekanligini ta'kidladi.[32] . Ammo Shakhermayr haqli ravishda aytganidek, "Eron uchun jangni yo'qotish xavfi unchalik muhim emas edi, chunki imperiya yotgan axloqiy poydevorni yo'q qilish qo'rquvi" edi.[33] Forslar otliqlarining kuchlariga tayanib, jang qilishga qaror qildilar.
Miloddan avvalgi 334 yil may oyida Granik daryosida e. Iskandarning fors qo'shini bilan birinchi to'qnashuvi sodir bo'ldi. Granik jangining batafsil tavsifini biz Arrian-da topamiz[34] . Biz ushbu jangning yo'nalishini o'zgartirmaymiz. Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu jangda dushman kuchlari taxminan teng edi. Forslar ustun mavqeni egallashdi, ammo jang natijasi kutilmagan hujum va Makedoniya armiyasining harbiy ustunligi bilan hal qilindi.
Granik daryosidagi g'alaba nafaqat makedoniyaliklar uchun katta harbiy muvaffaqiyat, balki muhim siyosiy voqea ham bo'ldi[35] . Fors kuchlarini tor-mor qilib, ular Kichik Osiyoda yanada qarshilik ko'rsatish vositalarini yo'q qildilar yoki hech bo'lmaganda zaiflashtirdilar. Fors floti liman va qirg'oqdan qirilib ketdi, u erda Makedoniya qo'shiniga zarba berish mumkin edi; asosan forslardan va asosan yunon yollanma qo'shinlaridan tashkil topgan qolgan Fors harbiy kuchlari safarbar qilinmadi va alohida garnizonlarga tarqalib ketgan bo'lsa ham, ular uchun xavf tug'dirmadi. Granikdagi g'alaba Aleksandrga Kichik Osiyoga yo'l ochdi.
"Fors hukumati diktaturasi tufayli yarim asr oldin Kichik Osiyo yunonlarini zulm va tahqirlashdan ozod qilishning demografik shiori keng reklama qilingan, Aleksandr bundan Kichik Osiyo shaharlari aholisi orasida hamdardlik ko'rsatish uchun siyosiy maqsadlarda foydalangan ". [36] . va haqiqatan ham, Plutarx ta'kidlaganidek, Granikning jangi darhol Iskandar bilan munosabatlarda katta inqilobni keltirib chiqardi[37] . Ushbu voqeaning muhim natijasi Kichik Osiyoning Hellenesning Fors qirolligidan qulashi edi.
Aleksandr hech qanday qarshilik ko'rsatmasdan, O'rta Osiyoning Kichik Osiyo erlariga darvozasi bo'lgan ularning poytaxti, poytaxti bo'lgan Xelespont Frigiya va Lidiyani egallab oladi.
Lidiyadan Aleksandr Granikda Makedoniyaning g'alabasi haqidagi xabar bilan garnizoni yunon yollanma askarlaridan iborat bo'lgan Efes shahriga jo'nadi. To'rt kundan keyin Aleksandr Efesga keldi[38] .
Shuni ta'kidlash kerakki, Kichik Osiyoning hamma shaharlari Iskandar tomonga o'tmagan. Milet va Galikarnass kabi yirik shaharlar unga qarshilik ko'rsatdilar.
Galikarnassni zabt etgandan so'ng, Aleksandr o'z qo'shinining bir qismini, Tselsiyadagi otliq qo'shinlardan, ittifoqchilar va butun poezddan iborat bo'lib, Parmenion boshchiligidagi Sardisga yubordi va u erdan Frigiyani bosib olishga buyruq berdi.[39] . Uning o'zi Likiya va Pampiliya hududlarini egallashga qaror qildi va shu tariqa dushman flotini Kichik Osiyo qirg'oqlarini harbiy operatsiyalar uchun baza sifatida ishlatishiga to'sqinlik qildi.
Sharqiy yurishlar tarixidagi voqealarning birinchi bosqichi Kilikiyani bosib olish bilan tugaydi. Urushning birinchi yili natijasida Kichik Osiyoning katta yerlari egallab olindi. A.S.Shoffmanning hayotiga ta'sir qiluvchi holatlar qatoriga quyidagilar kiradi: "Fors qo'mondonligining beparvosi, Makedoniyaliklarga qarshi umumiy kurashda Kichik Osiyo shaharlarining birlashgan jabhasi yo'qligi ... Makedoniya qurollari, taktikasi va strategiyalarining ustunligi, Aleksandrning murakkab va moslashuvchan siyosati".[40] .
Miloddan avvalgi 333 yil bahorida e. Makedoniyaliklar Kilikiyani egallab olgach, Suriyaning shimoliy qismida Fors qo'shinining katta kuchlari to'planganligi to'g'risida ma'lumot oldilar. Dushmanlarning asosiy kuchlari to'qnashgan hal qiluvchi jang yaqinlashdi. Ularning manbalar bo'yicha miqdoriy nisbati aniq aniqlanmagan. Arrianning so'zlariga ko'ra, Darius 600 mingga yaqin urush qilgan degan xulosaga kelishimiz mumkin[41] ; Curtius Rufus forslarning umumiy sonini 180 mingga belgilaydi[42] . Manbalarda Makedoniya armiyasining kuchi haqida hech narsa aytilmagan. Taxminlarga ko'ra, taxminan Granik ostida 30 mingdan oshiq bo'lganlar. Issus jangida forslar qattiq mag'lubiyatga uchradilar. Bunga ko'p jihatdan Dariusning xatti-harakati yordam bergan, u jangning eng muhim daqiqalarida arbobi bilan zodagonlar bilan birga qochishga shoshilgan.[43] Gʻoliblar Doro lagerini, uning oilasini egallab olishdi ...
Urush paytida Issus jangi katta rol o'ynadi. Fors davlatining butun g'arbiy yarmi Iskandarning qo'liga o'tdi. Endi Makedoniya qiroli sharqqa, Fors imperiyasining chuqur hududlariga yo'l ochdi. Biroq, u darhol bu imkoniyatdan foydalanmadi. U mushkul ahvolga tushib qoldi: qochgan Doro bilan ergashish, Forsga chuqurroq borish yoki janubga borish, O'rta dengizning sharqiy qirg'og'ida, ayniqsa Finikiya qirg'og'ida tog' ostonasiga o'tish, Fors davlatini u bilan aloqa qilishdan mahrum qilish va shu bilan uni flotdan va isyonchi bilan aloqadan mahrum qilish. Hellas. Aleksandr oxirgi yo'lni tanladi.
Finikiyadagi yirik Arsad, Byblos va Sidon shaharlari o'z ixtiyori bilan taslim bo'ldilar. Ammo Tir Iskandarga o'jar qarshilik ko'rsatdi. Rasmga tushirish galereyasi butun Suriya va Finikiya shaharlari orasida katta miqyosda va shon-sharaf bilan ajralib turardi.[44] . U orolda joylashgan va har tomondan baland devor bilan mustahkamlangan. Fors floti dengizda hukmronlik qildi. Tirliklar umidsiz ravishda o'zlarini himoya qildilar. Ular qarshilik ko'rsatib bo'lmaydigan chidamlilikni namoyish etdilar. Shaharni qamal qilish yetti oy davom etdi. shahar bosib olinganda, uning 8000 aholisi o'ldirildi (Diodorus ma'lumotlariga ko'ra), 30 mingga yaqin kishi qullikka sotilgan.
Suriyani qo'lga kiritgandan so'ng, Aleksandr Sharqiy O'rta er dengizi havzasidagi so'nggi yo'qolgan aloqa bo'lgan Misrga yo'l oldi. Fors satrapi Mazak qarshilik ko'rsatdi va o'z ixtiyori bilan mamlakatni, qo'shinlarni va xazinani Aleksandrga topshirdi. Iskandar Misrni boshqarish va uning obro'-e'tiborini qozonish uchun bir qator harbiy choralar ko'rdi, bu esa Sharqiy O'rta dengizni o'rab olishni tugatdi va forsiylarni Hellas bilan erkin aloqada bo'lishning so'nggi imkoniyatlaridan mahrum qildi[45] .
Do'stlaringiz bilan baham: |