Vitaminlar
|
Ochilgan yili
|
Odam uchun bir kunlik ehtiyoji m/g hisobida
|
Faol shakli
|
Biokimyoviy funksiyasi va katalizlovchi reaksiya xili
|
A-retinol
|
1913
|
2,7
|
Retinol
|
Ko’rish jarayoni
|
D-kalsiferol
|
1922
|
0,01-0,025
|
1,25 Dioksixolokalsiferol
|
Kalsiy va fosfor almashinuvi
|
E-tokoferol
|
1922
|
5,0
|
-
|
Elektronlarni tashilishi(membrana lipidlarini muhofazasi)
|
K-filloxinon,menaxinon
|
1935
|
1,0
|
-
|
Elektronlarni ko’chirish(dekarboksillanish reaksiyalarini kofaktori)
|
B1-tiamin
|
1926
|
1,2
|
Tiamin pirofosfot(TPF)
|
a-ketokislotalarning dekarboksillanishi(transketolazani kofaktori)
|
B2-riboflavin
|
1932
|
1,7
|
Flavin adenin dinukleotid(FAD)flavin mononukleotid (FMN)
|
Nafas olishda elektron ko’chishi
|
PP (nikotinamid,nikotin kislota)
|
1037
|
18
|
NAD,NADF
|
Nafas olishda,electron ko’chirishda
|
B6-piridoksin
|
1934
|
2
|
Piridoksal fosfat(PF)
|
Aminokislotalarni transaminlanishi,dekarboksillanishi
|
B12-kobalamin
|
1948
|
0,003
|
Dezoksiadenozi 1 kobalamin
|
Alkil guruxlarni ko’chirishga oid fermentlar kofermenti,gomosistinni metillanishi
|
Bc-fol kislota
|
1948
|
1-2,2
|
Tetragidrofol kislota
|
Bir uglerodli guruxlarni tashish
|
B3-pantoten kislota
|
1933
|
3-5
|
Koenzim A
|
Atsil guruxlarni tashish
|
H-biotin
|
1935
|
0,25
|
Biositin
|
Karboksillanish reaksiyalari fermentlarini kofermenti(CO2 tashish)
|
C-askorbin kislota
|
1925
|
75
|
-
|
Monooksigenazalarning kofaktori prolinni gidrooksillanishi,tirozinni katabalizmi
|
I.3.Vitaminlar metabalizmi va ularning vazifalari.
Inson kundalik hayotida turli xil narsalarni iste’mol qilishi mumkin. Uning tarkibida esa turli xil moddalar va vitaminlar mavjud. Inson organizmi uchun A, B, B1, B2, B6, B12, C, D, PP, K vitaminlari nihoyatda zarurdir. Ularning ta’siri inson organizmi faoliyatida juda muhim rol o‘ynaydi. Agar mazkur vitaminlardan birortasi yetishmasa, inson organizmida turli xastaliklarning kelib chiqishiga
sharoit tug‘iladi.
Vitamin B1 yoki tiamin
(Tiamin), 1912 yilda K.Funk tomonidan o‘rganilgan, uning nomi tiamin grekcha “tion-oltingugurt” atamasidan olingan. Tiamin— ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. U asosan donning murtagi va qobig‘i (kepagi)da bo‘ladi. Tiamin organizmda uglevodlar almashinuvida muhim ahamiyatga ega; ovqat uglevodlarga serob bo‘lsa, ularni o‘zlashtirish uchun tiamin ko‘proq talab qilinadi. Tiamin bo‘lmasa, polinevrit kasalligi ro‘y beradi. Organizmda bu vitamin bo‘lmasa yoki yetishmasa, nerv sistemasining og‘ir kasalligi — beri-beri paydo bo‘ladi, shuningdek ichak peristaltikasi susayadi, qabziyat, muskullar bo‘shashishi, jismoniy va ruhiy ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Vitamin B1 vazifasi
Vitamin B1 (tiamin) organizmning oqsil va uglevodorod almashinuvini muvozanatga keltiradi. Bu vitamin uglevodlar almashinuvini mo‘tadillashtiradi, asab tizimi, hujayralar va oshqozon-ichak trakti faoliyati uchun zarur. Ular odam va hayvon organizmlarida tiaminpirofosfatga aylanib, pirouzum kislotasini dekarboksillanish reaksiyasining maxsus biokatalizatori vazifasini bajaradi, kuchli zaharli modda-pirouzum kislotasini yo‘qotib, asab tizimining qo‘zg‘alishini me’yorlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |