Kirish. Hom-ashyo mahsulotlar tavsifi 4



Download 48,74 Kb.
bet1/10
Sana17.07.2022
Hajmi48,74 Kb.
#810962
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
selitra bug\'latish


Mundarija


bet

1. Kirish. 2
2. Hom-ashyo mahsulotlar tavsifi 4
3. Tayyor mahsulot tavsifi 6
4. Jarayonning fizik kimyoviy asoslari. 8
Ammoniy selitra boshqa mineral o’g’itlardan yuqori darajada gigroskopikligi bnilan ajralib turadi. Havoning nisbiy namligi qancha yuqori bo’lsa ammoniy selitra gigroskopikligini kamaytirish kerak. Buning uchun selitra eritmasiga qo’shimcha moddalar qo’shiladi. Bunday qo’shimcha moddalarga sulfat , sulfat-fosfat, magniy nitrat kiradi. Bu aralashma shunday xossaga ega bo’lish kerakki, ikki tuzni to’yingan eritmasi suv bug’i partsial bosimidan yuqori bo’lishi kerak. 8
5. Texnologik sxema bayoni 10
6. Texnologik hisob 11
6.1. Moddiy va issiqlik xisobi 11
7. Asosiy qurilma bayoni 14
8. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish 16
9. Mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish. 18
10. Xulosa 21
11. Adabiyotlar. 22

1. Kirish.


Maʼlumki, kimyo sohasi – zamonaviy sanoatning “katalizatori” boʻlib, har qanday ishlab chiqarish negizida kimyoviy jarayonlar yotadi, bu sohasiz iqtisodiyotda taraqqiyot boʻlmaydi. Oʻzbekiston zaminida Mendeleyev jadvalidagi barcha kimyoviy elementlar mavjud, mamlakatimiz uglevodorodlarga boy boʻlsa-da, kimyo sanoatimiz asosan qishloq xoʻjaligi uchun mineral oʻgʻit ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.Qurilish materiallari, farmatsevtika, tekstil, mashinasozlik kabi tarmoqlar uchun zarur boʻlgan murakkab polimerlar, katalizatorlar, reagentlar va sintetik tolalar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilmagan. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq 2017- yil kimyo sanoati sohasida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 12- apreldagi “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mazkur aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi a'zolari to‘liq yangidan tayinlanib, kimyo sanoati tarmoqlari va boshqaruv apparati tuzilmalari qaytadan shakllantirildi. Davlat rahbarining 2017- yil 23- avgustdagi qarori asosida 2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan. Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta'minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardosh va jozibadorligini yanada oshirishni ta'minlash maqsadida “O‘zkimyoimpeks” mas'uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi. Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlarning tannarxini pasaytirish va tarmoq korxonalarining rentabellik darajasini oshirish borasida ham kamchiliklar mavjud. Xususan, azotli o‘g‘itlar tannarxining 67 foizini energiya resurslari tashkil etadi. “Farg‘onaazot” korxonasi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, Qo‘qon superfosfat zavodi, “Ammofos-Maksam” va “Maksam-Chirchiq” birlashmalarida ishlab chiqarish past rentabelli bo‘lgan. Bunday sharoitda korxonalarning o‘z aylanma mablag‘larini shakllantirish imkoniyati butunlay cheklanib, ular muammolarni 16-18 foizli kreditlar jalb etish orqali hal etib kelmoqda. Qishloq xo‘jaligini fosforli o‘g‘itlar bilan ilmiy asoslangan darajada ta'minlash masalasi muhokama qilinar ekan, bu boradagi ehtiyoj 639,6 ming tonna bo‘lib, bugungi kunda uning 25 foizigina qoplanmoqda. Shu munosabat bilan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish orqali 2021 yilda yangi fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish majmuasini barpo etish hisobiga 550 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.


Murakkab mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish quvvatlari 60-70 foizga eskirgani energiya resurslarining ortiqcha sarflanishi, kimyo mahsulotlari tannarxining asossiz oshishiga olib kelmoqda.Bugungi kunda mamlakatimizda azotli oʻgʻitlarga talab 73 foiz, fosforli oʻgʻitlarga - 20 foiz taʼminlanmoqda. Azotli oʻgʻit ishlab chiqarish quvvatlarining oʻrtacha eskirish darajasi 64 foizni, fosforli oʻgʻit boʻyicha - 77 foizni tashkil qiladi.Sohadagi vaziyatni yaxshilash maqsadida kelasi 5 yilda umumiy qiymati 2,8 milliard dollar boʻlgan 9 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan boʻlib, buning natijasida mineral oʻgʻit va sulfat kislotasi ishlab chiqarish hajmi 2 barobar koʻpayadi. Azotli va kaliyli oʻgʻitlarga talab toʻla qoplanadi, fosforli oʻgʻitlarga talabni qondirish darajasi bir necha barobar oshiriladi. Ayni paytda tabiiy gazning bor-yoʻgʻi 14 foizi, jumladan, kimyo tarmogʻida 5 foizi chuqur qayta ishlanmoqda. Kremniy, kaolin va gips xomashyosidan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish eʼtibordan chetda qolmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan nooʻgʻit mahsulotlar, asosan polietilen, polipropilen, polistirolga xorijiy davlatlarda 100 milliard dollardan ortiq hajmda ehtiyoj mavjud. Bu esa biz uchun yaxshi imkoniyat.Shu sababli, kimyo sanoatida mahsulot turlarini diversifikatsiya qilish uchun organik moddalar ishlab chiqarish boʻyicha 15 ta va noorganik moddalar boʻyicha 8 ta loyihani amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.



Download 48,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish