Tog’ay to`qimasi morfologik tuzilishiga, rivojlanishi va vazifasiga ko`ra boshqa to`qimalardan tubdan farq qiladi. U biriktiruvchi to`qimalar qatoriga kiradi va ular bilan birgalikda o`rganiladi. Bunga sabab, tog’ay organizmning embrional rivojlanishi davrida biriktiruvchi to`qimalar hosil bo`ladigan embrional to`qimadan, ya'ni mеzеnxima hujayralaridan tarqaladi, ya'ni organizmning dastlabki ontogеnеz rivojlanishi davrida skеlеt suyaklarining aksariyati o`rnida oldin tog’ay to`qimasi paydo bo`lib, so`ng ular suyak to`qimaga aylanad
Xondroblast kam tabaqalangan yosh hujayra bo`lib, shakli yassi, o`rtasida bitta yadrosi bor. Tog’ayning ustki pardasiga yaqin joylarda ko`p uchraydi. Xondroblast doim ko`payib turish hususiyatiga ega. Ko`payishi natijasida yangi tog’ay hujayralari—xondrotsitlar hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |