Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath



Download 213,06 Kb.
bet84/200
Sana26.06.2021
Hajmi213,06 Kb.
#102320
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   200
Bog'liq
Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath

Mantiqiy mushohada uchun


    1. Metall so‘ziga -lar qo‘shimchasi qo‘shilsa, nega uchta l

talaffuz qilinmaydi?

    1. Ba’zi mutaxassislar o‘zbek tilidagi [f] tovushini o‘zlashma deyishadi. Uning o‘zlashma emasligini kechasi o‘chgan elektr chirog‘i yonishi vaqtidagi holat bilan qanday asoslash mumkin?

    2. “Unlilar og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchramaydi”. Bu hukmda qanday ilmiy va mantiqiy xatolik mavjud?


Fonetika va fonologiyaning farqlanish asosi. Lisoniy sathlar sirasida fonetika nutqning eng kichik tashkil etuvchi va boshqa sathlar birliklari uchun moddiy asos bo‘luvchi birliklarini beradigan sath sifatida ajralib turadi.

Insonning nutq faoliyati sezgi a’zolari asosida his qilinuvchi nutq birliklari ― tovush yoki tovushlar sistemasi vositasida ro‘yobga chiqadi. Nutq tovushi o‘zida uch jihatni birlashtirgan murakkab nutqiy birlik sifatida namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilar:



  1. talaffuz a’zolari bilan boshqariladigan markaziy nerv sistemasi mahsuli (fiziologik jihat);

  2. tabiatdagi har qanday tovush kabi akustik tabiatga ega (akustik jihat);

d)kishilarning axborot uzatish, kommunikatsiya vositasi (funksional, sotsial, lisoniy jihat).

Nutq tovushining haqiqiy va muhim jihati – uning funksional aspekti. Tilshunoslikda aytilgan uch jihatni yaxlitlikda o‘rganish yoki ajratgan holda tadqiq qilish masalasida bir xillik yo‘q. Ba’zi mutaxassislar nutq tovushining fiziologik tomoni biologiya, akustik jihati fizika fanining o‘rganish predmeti bo‘lib, tilshunos uning faqat funksional tomoninigina tekshirishi lozim degan fikrni ilgari surishsa, ayrimlari har uchala jihat bir-biridan ajralmas, ularni yaxlitlikda o‘rganmoq kerak degan qarash tarafdori. Ana shu ikki xil qarash kurashi natijasida tilshunoslikda ikki – fonetika va fonologiya sohalari ajraldi. Natijada fonetika nutqiy variant (nutq tovushi)ni, fonologiya esa lisoniy invariant (fonema)ni tadqiq qilish bilan mashg‘ul bo‘ladigan bo‘ldi. Biz “Hozirgi o‘zbek tili” kursida tilning lisoniy strukturasini o‘rganishimiz zarurligi tufayli tahsil obyektimiz fonema bo‘ladi.



Fonetika termini grek tilidan tarqalgan bo‘lib, “fonetikos” – “tovushga oid” degan ma’noni bildiradi. Fonetika inson nutqi tovushlari va tovushlar talaffuziga bog‘liq har xil masalalar bilan shug‘ullanadi.

Har bir tilning tovushlar tizimi o‘ziga xos. Ammo xalqlar til nazariyalarini bir-birlaridan o‘zlashtiradilar. Ana shunda katta muammo va chalkashliklar paydo bo‘ladi. Bu muammo bir til qurilishi asosida yaratilgan nazariyalar asosida boshqa til hodisalari ham baholana boshlashida namoyon bo‘ladi. Natijada keyingi tilning xususiyatlari oldingi tilga xos ilmiy stereotiplar asosida tahlil qilinadi va tilning haqiqiy xususiyatlari e’tibordan chetda qoladi. Bu holat tillar tadqiqida alohida e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan “lingvistik kasallik”dir. Fonetika ham bu “kasallik”dan xoli emas.




Download 213,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish