Leksema semantik imkoniyatining torayishi. Leksema sememasining biror tomondan ixtisoslashuvi boshqa sememaning butkul so‘nishiga olib keladi. Masalan, keng qamrovli tushunchani ifodalovchi leksemalarning qamrovi torayib ketadi. Bu, ayniqsa, turdosh otning atoqli otga aylanishida, so‘zning terminologik mohiyat kasb etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Mantiqiy mushohada uchun
Bir kishi yo‘lovchi avtomobilni to‘xtatib:
Aka, qayoqqa ketyapsiz, men falon joyga bormoqchi edim, olib ketmolmaysizmi, iltimos, – dedi.
Olib ketardim, endi olib ketmayman, – dedi haydovchi va mashina yeshigini shartta yopib, jo‘nab ketdi.
Hadovchi nega ranjidi?
Do'stlaringiz bilan baham: |