Kimyoviy xossalari. Fenol turli kimyoviy jarayonlarga gidroksil guruhi yoki aromatik halqa vodorodlari hisobidan juda oson kirisha oladi. Oddiy fenol C6H5OH karbol kislota deb ham ataladi va kuchsiz kislota xossasini namoyon qiladi (karbonat kislotadan kuchsiz). Natriy metalidan tashqari ishqorlar bilan ham suvli eritmalari barqaror bo‘lgan fenolyatlar hosil qiladi : C6H5OH 2Na 2 C6H5ONa H2 C6H5OH NaOH C6H5ONa H2O Fenolyatlar gidrolizga uchramaydi, lekin mineral kislotalar, hattoki karbonat kislotasi ta’sirida ham parchalanib ketadi: C6H5ONa CO2 H2O C6H5OH NaHCO3
Do'stlaringiz bilan baham: |