Fizika fani uning nazariy va ekspеrimеntal tadqiqot
uslublari
Fizika so‘zi yunoncha “physis”— tabiat so‘zidan olingan bo‘lib, uning qonunlari barcha tabiatshunoslik bilimlarining asosida yotadi. Shuning uchun ham uni uzoq vaqt tabiat falsafasi deb ham ataganlar.
Tabiat qonunlarini chuqur o’rganish bizni o’rab turgan dunyo materiyaligini, ya'ni bizning ongimizdan tashqarida ham mavjudligini ko’rsatadi. Bizni o’rab turgan barcha mavjudot va bizning o’zimiz ham, jumladan, fizikada ko'p foydalaniladigan modda va maydon ham materiyaning ajralmas qismlaridir. Materiya doimo harakatda bo’ladi, ya'ni vaqt o`tishi bilan ularning o’zaro joylashuvi, shakli, o’lchamlari, agregat holati, fizik va kimyoviy xossalari o’zgarib turadi. Harakat materiyaning ajralmas xossasi va mavjudlik shartidir.
Fizikа mаtеriya hаrаkаtining eng sоddа ko`rinishlаri vа tаbiаtning ulаrgа
mоs eng umumiy qоnunlаri, materiyaning xossalari, tuzilishi hаqidаgi fаndir.
Do'stlaringiz bilan baham: |