Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati



Download 33,35 Kb.
bet5/8
Sana18.01.2022
Hajmi33,35 Kb.
#390866
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kirish. fanning maqsad va vazifalari

5. Alisher Navoiy lirikasi

Alisher Navoiyning lirik merosi mavzulari jihatidan g‘oyat keng ko‘lamli, g‘oyaviy yo‘nalishlari rang-barang, janrlari xilma-xil, poetik mahorati esa g‘oyat yuksakdir. Zahiriddin Muxammad Bobur ta`biri bilan aytganda, hech kim Navoiychalik "ko‘p" va "xo‘p" yoza olmagan. Navoiyning o‘zi xam "Xazoyin" ning debochasida kuniga ba`zan besh-oltita g‘azal yozganligini aytadi. Lirika shoirning bir umrlik ijodiy mashg‘uloti bo‘lib qoldi. O‘z ijodini g‘azal bilan boshlagan Alisher Navoiy umrining so‘nggi nafaslarida ham shu janrda ijod qildi.

Navoiyning shartli ravishda "Ilk devon" deb nomlanuvchi birinchi devoniga 1465-66 yillarda muxlislar tomonidan tartib berilgan. Uni mashhur hattot Sultonali Mushhadiy oqqa ko‘chirgan.

1470-76 yillar orasida shoirning o‘zi "Badoe`-ul bidoya" (Badiiylikning boshlanishi) devonini tuzadi.

1476-1483 yillarda Navoiy ikkinchi devoni “Navodir-un nihoya” (nodirliklarning oxiri) devonini tuzadi.

Yuqoridagi turkiy devonlar shoirning ulkan adabiy obidasi - "Xazoyin-ul maoniy" ning tartib berilishiga zamin hozirladi. Natijada 1491-98 yillar oralig‘ida H`usayn Boyqaroning iltimos va talabiga ko‘ra mazkur kulliyot – to‘rt devonni o‘z ichiga oluvchi yirik majmua yuzaga keldi. Ma`lumotlarga qaraganda Navoiygacha 4 va undan ortiq devon tartib berish faqatgina Xusrav Dehlaviyga mansub bo‘lgan ekan. (Jomiy ham Navoiy iltimosiga ko‘ra she`rlarini uchta devon shakliga keltirgan). "Xazoyin-ul maoniy"dagi lirik janrlar miqdori 16 taga yetkazilgan. Shu tariqa Navoiy o‘zbek mumtoz lirikasini janrlar ko‘lami jihatidan ham boshqa xalqlar adabiyoti bilan bellasha oladigan darajaga ko‘targan. Bu janrlar: g‘azal, mustazod, muxammas, musaddas, musamman, tarji`band, tarkibband, masnaviy, qasida, soqiynoma, qit`a, ruboiy, muammo, chiston, tuyuq, fard.

Navoiy yilning to‘rt fasliga qiyos qilib, o‘z umrini to‘rt bosqichga ajratadi. Bolalik, yigitlik, o‘rta yoshlik va keksalik. Bolalik 7-8 yoshdan 20 yoshgacha, yigitlik 20 yoshdan, 35 yoshgacha, o‘rta yoshlik 35 yoshdan 45 yoshgacha, keksalik 45 yoshdan 60 yoshgacha.

Shunga binoan devonlar ham quyidagicha nomlanadi:

1. "G‘aroyib-us sig‘ar" - bolalik ajoyibotlari,

2. "Navodir-ush shabob" - yigitlik nodirliklari.

3. "Badoe`-ul vasat" - o‘rta yoshlik badiiyliklari,

4. "Favoyid-ul kibar" - keksalik foydaliklari.

Qit`alarga sarlavha qo‘yish ham Navoiyning ixtirolaridan bo‘ldi. Bungacha biror shoir o‘z qit`asiga sarlavha qo‘ymagan edi.

Shoirning fors-tojik tilidagi "Devoni Foniy" asari ham "Xazoyin-ul maoniy" singari janrlarga boy, mavzular ko‘lami xilma-xildir. Unda 1131 she`r yoki 6197 bayt o‘rin olgan.

Alisher Navoiyning lirik merosi ko‘p asrlardan buyon nafaqat o‘zbek tilida ijod qiluvchi qalam ahllari, balki ko‘plab Sharq mamlakatlari ijodkorlari uchun ham mahorat maktabi bo‘lib kelmoqda.


Download 33,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish