Kirish. Fanning maqsad va vazifalari. Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati


Shoir yashagan davr va adabiy muhit



Download 33,35 Kb.
bet2/8
Sana18.01.2022
Hajmi33,35 Kb.
#390866
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kirish. fanning maqsad va vazifalari

2. Shoir yashagan davr va adabiy muhit. Alisher Navoiy o‘zbek adabiyoti taraqqiyоti va o‘zbek adabiy tili ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkordir. Biror adabiy til hech qachon biror adibning nomi bilan atalmagan. Ammo XV asrdan boshlab o‘zbek tili Navoiy tili nomi bilan tanila boshlagan. Sharq mamlakatlarining ko‘plarida Navoiy an`analarining davomchilari paydo bo‘ldilar.

Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Amir Temurning o‘g‘li Shoxruh mirzo davrida Hirot shahrida tug‘ildi. Zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb yozadilar. “Nizomiddin” – din-diyonat nizomi, “Mir” – amir demakdir. Otasi G‘iyosiddin Muhammad (G‘iyosiddin kichkina) temuriylar saroyining amaldorlaridan, onasi amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo‘lgan, bobosi Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh (ko‘kaldosh) bo‘lgan, buvilari temuriy shahzodalarning enagasi bo‘lgan. Uch-t‘ort yoshlarida Qosim Anvor she’rlarini yod aytgan. To‘rt yoshida o‘qishga borgach, u yerda Husayn Boyqaro bilan ta’lim oladi.

1447-yilda Shohruh mirzo vafotidan keyin temuriylarning toj-taxt talashi keskinlashgach, Alisherning oilasi Iroqqa ko‘chib, Taft shahrida yashay boshlaydi. Bu yerda u mashhur shoir Sharafiddin Ali Yazdiy bilan tanishadi

1451-yilda uning oilasi yana Hirotga qaytadi.

1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo taxtga o‘tirgach, G‘iyosiddin Sabzavor hokimi etib tayinlanadi. Bu paytda Alisher Sa’diy Sheroziyning “Guliston”, “Bo‘ston”, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarlarini o‘qir va yod olardi. Shuningdek, Xo‘ja Yusuf Burhondan musiqa ilmini o‘rganadi, tarix, adabiyot, husnixat va boshqalar bilan jiddiy shug‘ullanadi.

Shoir ona tiliga juda erta muhabbat qo'ygan edi. U 10-12 yoshlaridan boshlab, shaklan go'zal, mazmunan mukammal g'azallar yarata boshlagan.

Orazin yopqach ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,

O‘ylakim paydo bo‘lur yulduz nihon bo‘lg‘och quyosh.

matla'si bilan boshlanuvchi g'azali Mavlono Lutfiyning yuksak bahosiga sazovor bo'lgan edi.

Alisher Navoiy o‘smirlik chog‘larida ota-onasidan erta judo bo‘ladi. Sulton Abusaid Mirzo uning tog‘alarini qatl ettirali. Yosh shoir ham ta`qibga uchraydi. Navoiyning H`irotda qolishi Abusaid Mirzo saltanatiga xavf solishi tabiiy edi.

Shuning uchun ham uni Samarqandga surgun qilishadi, o‘qish bahonasida jo‘natib yuboriladi. Samarqandga jo‘nab ketish oldidan ustozi va do‘sti Said Hasan Ardasherga uchrashib, xayrlashmoqchi bo‘ladi. Ammo uni topolmay, unga she`riy xat qoldiradi. Ushbu xatda Said Ardasherga o‘z mehr-muhabbatini izhor qiladi. Hirotdan jo‘nab ketayotganligining sabablarini aytadi, o‘z iqtidoriga yarasha qadrlanmayotganini, agar imkoniyat bo‘lganida kuniga yuz bayt she`r aytish o‘tirib halvo yeyish bilan barobar ekanligini afsus bilan ta`kidlaydi. Shuningdek, Firdavsiy "Shohnoma"ni 30 yilda, Nizomiy, “Xamsa”ni yigirma yildan ziyod vaqt ichida yozgan bo‘lsa, o‘zi bunday asarlarni 30 oy ichida yozib tamomlashi mumkinligini uqtiradi. Shoirning bu so‘zlarini zamondoshlari mubolag‘a deb o‘ylashib, uning ustidan kulgan hollar ham bo‘lgan. Husayn Boyqaro o‘zining "Risola" sida shu haqda to‘xtalib, Alisher Navoiy aytgach so‘zining ustidan chiqqanligini ta`kidlaydi. Haqiqatan ham, "Xamsa" uzog‘i bilan 2-3 yil ichida yozib tamomlangan edi.




Download 33,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish