Dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi: dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat bo’lib, ishning umumiy hajmi 125 betni tashkil etadi.
DISSERTATsIYaNING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslanib, tadqiqotning maqsad va vazifalari, o’rganish ob’ekti va predmeti aniqlangan. Tadqiqotning fan va texnologiyalar taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlariga mosligi ko’rsatilib, ishning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan. Olingan natijalarning ishonchliligi asoslangan holda ularning nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilinishi, ishning aprobatsiyasi, natijalari, e’lon qilingan ishlar va dissertatsiyaning tuzilishi bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning “Elektron ta’lim vositalari va ulardan ta’lim jarayonida foydalanishning nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida elektron ta’lim texnologiyalarining mavjud nazariy asoslari tavsifiy mohiyati yoritib berilgan. Umumiy ma’noda vizual va audiovizual axborotdan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, “elektron darslik”, “elektron ta’lim vositalari” tushunchalari haqida, tahsil jarayoni samaradorligini ta’minlovchi muayyan tizim sifatida tadqiq qilinadi. Xususan, ta’lim muhitini talabalarning aniq bir fandan muayyan bilimlari, ko’nikma va malakalarni egallashi jarayonini engillashtiruvchi didaktik sharoitlar yig’indisini yaratishga qaratilgan maxsus uyushgan muhit sifatida ta’riflangan. Bu muhitda o’qitishning maqsadlari, mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllari harakatchan va o’zgarishlarga moyil bo’lishi mumkinligi ko’rsatib berilgan. Ta’lim va tarbiyaviy aspektlari talabalar auditoriyasiga mo’ljallangan maxsus axborot oqimlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda barcha mamlakatlarda, shu jumladan O’zbekistonda ham fanlarni o’qitish zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali amalga oshirilmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim oldida ilg’or o’qitish amaliyotini kengaytirish va ta’lim usullarini takomillashtirish muammosini keltirib chiqarmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan elektron ta’lim vositalarining uzluksiz yangilanib borayotganligi fanlarni o’qitishda ta’lim usullarini mutanosib tarzda o’zgartirib moslashtirib borish hamda rivojlantirishni talab qiladi. Shuning uchun biz tadqiq etilayotgan kimyo ta’lim yo’nalishi talabalariga ta’lim berishda elektron ta’lim vositalardan foydalanish orqali bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda doimo yangi metodik yondashuv talab qilinadi.
Kimyo ta’limida zamonaviy elektron ta’lim vositalardan foydalanishning joriy holatini tahlil qilinib, hozirgi kunda chet el oliy o’quv yurtlarida foydalanib kelinayotgan pedagogik dasturiy vositalar ko’rsatib berildi. Mustaqil davlatlar xamdo’stligi (MDH) mamlakatlarida ta’lim jarayonida foydalanilayotgan pedagogik dasturiy vositalar tahlil qilindi. Mamlakatimizda bu borada olib borilayotgan ishlar atroflicha o’rganildi. Tahlillar natijasida kimyo ta’lim jarayonida elektron ta’lim vositalardan foydalanishning tarkibiy tuzilishi ishlab chiqildi.
Jahon miqyosida 2030 yilgacha qabul qilingan barqaror taraqqiyot ta’limi kontseptsiyasida “barqaror taraqqiyotga erishishda kimyo fanining boshqa sohalar bilan chambarchas bog’liq amaliy, qulay va barqaror echimga egaligi” ta’kidlangan. Shu asosida kimyo fanini elektron ta’lim vositalaridan foydalanib o’qitish - talabalarda kimyo, axborot texnologiyalari, pedagogika, chet tillari fanlarini bir vaqtda mustaqil o’zlashtirishga imkon beradi. Bu esa ta’lim sifat samarodorligini oshishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Elektron o’quv adabiyotlarini yaratish va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish bo’yicha xorijiy va vatanimiz olimlari tomonidan ko’plab tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan M.M. Parkina, A.A.Firer, N.N.Barbotina, D.V.Sh,erbakova (oliy o’quv yurtlarida noorganik kimyodan Elektron darslik mualliflari), B.S. Gershunskiy, V.G.Razumovskiy, A.V. Petrov, V.E.Alekseev, G. I. Deryabina (informatika fanidan), Ya.I.Chervyakova, O.V.Chibisova (elektron darslik yangi axborot texnologiyalari asosida) G.A.Ixtiyarova (Umumiy kimyo, Kolloid kimyo, Organik kimyo, Kimyoviy texnologiya), G.S.Ergasheva (biologiya), Sh.M.Mirkomilov, L.T.Zaylobov, F.M.Alimova, E.U.Eshchanovning ishlarida turli yo’nalishdagi pedagogik dasturiy vositalar ishlab chiqish va bu dasturiy vositalardan o’quv jarayonida foydalanish metodikasi keltirilgan.
Ushbu bobning ikkinchi paragrafida elektron darslik va uning yaratilish holati tadqiq etildi. Talaba elektron darslik orqali quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishi mumkin: zaruriy ma’ruza va laboratoriya ishlarini reja asosida tezda izlash (oddiy darslikda buni topish qiyin); kitob va darslikda bo’lmagan audio, video ko’rinishlarni: tajribalarda sodir bo’ladigan hodisalarni - gazning ajralishi, moddalarning yonishi, cho’kmaning rangi, uning erishi bilan bog’liq jarayonlar va harakat elementlarini ko’rish va eshitish; mavzuga tegishli reaktsiya tenglamalarini va tajribalarni multimedia ko’rinishida ko’rish; kimyoviy formulalar, sxemalarning tuzilishini, tasvirini animatsion ko’rish; matnning zaruriy lavhalarini printer orqali bosmadan chiqarish; talabaning ma’ruzada olgan bilimini mustahkamlash va tez tekshirish (test, masalalarni echishi, jadvalni to’ldirish kabi); kimyo sohasidagi muhim tarixiy sanalarni bilish; kimyo sohasida izlanishlar olib borgan olimlar bilan tanishish, ularni ko’rish hamda ular haqida ma’lumotlar olishga muvaffaq bo’ladilar. Talabalar o’tkazib yuborgan ma’ruza mashg’ulotini ko’rish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Aminokislotalar molekulyar strukturasining animatsion va analizini A.Porollo, Jaroslav Meller, RNK boshlang’ich strukturasining animatsion modelini JG’11apts, A. Ke^zeg, .1ap Kgideg lar yaratib, ta’limda bu harakatchan ko’rinishlardan foydalanib dars o’tish bilim olishni engillashtirishini izohlashgan.
Elektron darslikka fanga tegishli majmualarni joylashtirish SQQ, Oe1r1i' 7.0 pedagogik dasturiy vositalar yordamida amalga oshirilganligi ta’kidlangan.
Kimyo yo’nalishi talabarining “Bioorganik kimyo” fani yuzasidan bilim darajasini aniqlash uchun 10 dan ortiq darslar kuzatildi. Kuzatishlar tahlili natijasiga ko’ra, talabalarni fanga nisbatan ilhomlantirish uchun zamonaviy elektron ta’lim vositalaridan foydalanishni kuchaytirish, talabalarda fanga nisbatan motivatsiyani rivojlantirish zarurligi aniqlandi.
Dissertatsiyaning “Kimyo yo’nalishlarida bioorganik kimyo fanini elektron ta’lim texnologiyalaridan foydalanib o’qitish metodikasi” nomli ikkinchi bobida kimyo ta’limida bioorganik kimyo fanini o’qitish samaradorligini oshirish uchun talabalarda didaktik elektron ta’lim vositalari (virtual reallik, u-asas1ep11a) dan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirishga, o’qitishning metodik jihatlarga e’tibor qaratilgan.
Kimyo yo’nalishi talabalariga bioorganik kimyo fani mashg’ulotlarining o’quv-tashkiliy tuzilmasi pedagogik o’qitish texnologiyalari (“Mental karta”, “Empirik va inversion laboratoriya») va elektron ta’lim resurslarni (virtual laboratoriyalar, animatsiya effektlari, vizual taqdimotlar, audio va video vositalar) o’quv bosqichlarini bilimlar ketma-ketligiga bog’lash, moslash va to’ldirish asoslarida bayon etilgan.
Laboratoriya mashg’ulotlari sifatini va talabalarning laboratoriya mashg’ulotlariga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida zamonaviy dasturiy vositalaridan foydalanish, laboratoriya mashg’ulotlari jarayoniga dasturiy vositalarni qo’llash bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Xususan, “Bioorganik kimyo” fanidan tautomeriya, konformatsion izomeriyalarni aylanish jarayonlarini, oqsillar biosintezi, DNK va RNK larni tuzilishlarini animatsiyalar orqali ko’rish darsga bo’lgan qiziqishni yanada oshiradi. Oqsillar biologiya va kimyo fanlarida alohida o’rinni egallaydi. Ular hayotiy jarayonlarning moddiy asosi hisoblanadi. Jonli xujayralarda boradigan asosiy jarayonlar - modda almashinuvi, bo’linish va ko’payish hujayra oqsillariga bog’liq. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, oddiy oqsillar a-aminokislotalarning bir-biri bilan peptid bog’lari orqali birikkan polimerlari hisoblanadi. Shuning uchun oqsillar kimyosini va uning vazifalarini o’rganishdan avval a-aminokislotalar va peptidlar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Hamma tabiiy a- aminokislotalar (glitsindan tashqari) asimmetrik uglerod atomiga ega bo’lganligi uchun ular ikki xil optik aktiv formada bo’lishi mumkin. Ana shu konformatsion izomeriyalarni talabalar nazariy ma’lumotlardan tasavvur qilishgan bo’lsa, elektron darslikda bu jarayonni vizual holda ko’rib, bilimlarini mustahkamlashadi.
Mazkur bobda shuningdek, axborot-kommunikatsion ta’lim muhitida elektron ta’lim vositalaridan samarali foydalanishning tashkiliy aspektlari ishlab chikilgan.
Tajribalardan ma’lumki, o’quv jarayonida talabalarning psixologik xususiyatlariga muvofiq ish olib borilsa, o’qituvchi pedagogik mahorat bilan talabalarga mavzuni etkazib berolsa, ular bilimlarni yaxshi o’zlashtiradi. Bilimni o’zlashtirishning muhim sharti uni tushunishdir. Talabalarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishda elektron ta’lim vositalaridan va ta’lim texnologiyalarini uyg’unlashgan holda foydalanish o’ziga xos afzalliklarga ega bo’lib, ularning mantiqiy fikrlashga, fanga ilmiy va ijodiy yondashishga o’rgatadi, o’quv mavzularini o’zlashtirishni soddalashtiradi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi, bilimlarni mustahkam egallashga yordam beradi, his- tuyg’ularga ta’sir etgan holda mashaqqatli aqliy faoliyat natijasida fanga va kasbga nisbatan ijobiy munosabatda bo’ladi. Shunga ko’ra, ta’kidlashimiz mumkinki, talabalarning ijodiy faolligi va o’quv faoliyatining to’g’ri tashkil etilishi, “Bioorganik kimyo” fanini o’qitish samaradorligiga va elektron darslikdan foydalanib qiziqarli ravishda ma’ruza va laboratoriya mashg’ulotlarini o’tilishiga zamin yaratiladi. Bunda talabalarga mavzularni mustaqil o’rganish ko’nikmalarini egallashga yordam beradi. Mazkur g’oyalar asosida tadqiqot doirasida elektron ta’lim vositalaridan foydalanib, “Bioorganik kimyo” fanini o’qitish samaradorligini oshirish modelining tuzilmasini ishlab chiqdik (1-rasmga qarang).
Modelning metodologik komponenti kimyo fani ta’limining nazariyasi va metodikasiga, oliy ta’lim nazariyasiga hamda bakalavr tayyorlash yaxlit tizimining barcha komponentlari integratsiyasiga asoslangan.
Modelning mazmunli komponenti fundamental qonunlarni, tushunchalar, ta’limda uzluksizlik, uzviylik, ta’limdagi tizimlilik va bir-birini to’ldirish kabilar hisobga olinadi. Ta’limdan maqsad: talabalarni elektron ta’lim vositalar negizida “Bioorganik kimyo” fanini o’qitish samaradorligini oshirish bo’lib, u metodik tizim texnologik jarayonlar komponenti doirasida ta’lim vositalarni jamlaydi.
“Bioorganik kimyo” fanini o’qitishda dars jarayonida foydalanish maqsadida dars ishlanmalari metodikasi ham keltirildi. Mazkur paragrafda laboratoriya darslarida “Empirik va inversion laboratoriya” metodi, “Oqsil biosintezi” mavzularini “Mental karta” ta’lim texnologiyalari bo’yicha o’qitishga mo’ljallangan dars ishlanmalari dissertatsiyaning 3-ilovasida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |