3.Ertaklar orqali bolalarning xotirasi va diqqatini rivojlantirish.
Dono xalqimiz “Ertaklar-yaxshiliklar yetaklar”, deb bejiz aytishmagan. Ertaklar bolalarning ongi va qalbiga ezgu fazilatlarni jo qilishda, ularning ma’naviy olamini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular yordamida bolalarning xotirasi, diqqat-e’tibori, tafakkuri rivojlanadi. Ertaklarni tinglash til va nutqning taraqqiy etishini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Boladagi ayrim nutqiy kamchiliklarni hikoya va ertaklar eshitish, she’r yodlatish, shuningdek so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qildirish va turli xil mashqlar bajarish orqali bartaraf etish mumkin.
Ertak mazmuni asosida bolalarda ezgu xislatlarni tarbiyalash, insoniy fazilatlarni targ‘ib etish, ular o‘rtasida o‘zaro do‘stona munosabatlarni shakllantirish va mustaqil fikrlashga o‘rgatish kerak.
Jumladan, hayvonlar haqidagi “Tulkining taqsimoti” ertagida ayyorlik va tilyog‘lamalik tulki obrazi orqali ifodalangan. “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi ota nasihati bilan boshlanadi. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi odamiylik, donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar namoyon bo‘ladi.
Tarbiyachi tomonidan ertak o‘qib bo‘lingach, bolalarni umumiy xulosa chiqarishga undash lozim. “Agar sen uning o‘rnida bo‘lganingda nima qilgan bo‘lar eding?”, kabi savollar berib, erkin muloqotga chaqirish ularning faolligini oshirishga yordam beradi.
Har bir ertakning o‘z g‘oyasi bor. “Sehrli sholg‘om” ertagi bolalarni fikrlashga, voqealarni ketma-ket aytishga undab, “Kuch birlikda” degan g‘oyani anglab yetishini ta’minlasa, “Zumrad va Qimmat” ertagida Zumradning mehnatsevarligi ulug‘lanadi. Qimmat esa dangasa, ishyoqmas sifatida gavdalanadi. Bolalar ertakni tinglash orqali qissadan hissa chiqarishga o‘rgatiladi.
Shuningdek, ertaklarni mahorat bilan bolalarga o‘qib berish, kichkintoy bilan his-hayajonli muloqotni o‘rnatishga, sezdirmay tarbiyaviy ta’sir qilishga, atrof-muhit haqidagi bilimi va ma’lumot zaxiralarini samarali to‘ldirishga imkon yaratadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ertaklarni bolalarga yetkazishda yangi pedagogik texnologiya asosida bolalarning so‘z boyligini oshirishga, ularning nutqini o‘stirish, tafakkuri va ma’naviyatini rivojlantirishga qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
– Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Bitta tomchi bo‘lgan ekan.
Tomchi onasi, singlisi va ukasi bilan yashar ekan. Bir kuni ular o‘ynab yurishganda, birdan
kuchli bo‘ron turib, qattiq sovuq tushibdi. Shamol tomchilarni osmonga uchirib yuboribdi.
Tomchilar tepaga chiqqan sari sovuqdan muzlab, qorga aylanib qolishibdi. Qorga aylangan tomchilar yengil bo‘lib, yana yerga tushishibdi.
Tomchi ukasi, singlisi bilan yerga yaqinlashganda, shamol boshlanibdi. Qor parchasiga alangan tomchilar shamol ta’ sirida muzga aylanib qolishibdi. Muzlab qolgan tomchilar o‘zining bu holatidan zerikib o‘tirganida, zum o‘tmay bulutlar orasidan quyosh mo‘ralabdi.
Quyosh nuri muzlarni eritib, tomchilarni o‘z holatiga qaytaribdi.
Bundan quvongan tomchilar issiq quyosh nuridan bug‘ga aylanib onalarining oldiga chiqibdilar.
Qadim o`tgan zamonda chol bilan kampir yashagan ekan. Bir kuni chol kampiriga qarab:
– Menga bo’g’irsoq pishirib ber, – debdi.
– Unimiz yo’q-ku. Bo’g’irsoqni nimadan pishirib beraman? – debdi kampir.
– Suprani qoqib-sidirsang, bo’g’irsoqqa yetadigan un yig’ilib qoladi, – debdi kampiriga chol
Kampir suprani qoqib-sidirib bo’g’irsoqqa yetadigan un yig’ib olibdi. Kampir unni qaymoqqa qoribdi, zuvala yasab bo’g’irsoq qilibdi va pechga joylabdi.
Bo’g’irsoq qizarib ,chiroyli bo’lib pishibdi. Kampir uni pechdan olib, sovitish uchun deraza oldiga qo’yibdi.
Yotaverib-yotaverib zerikkan bo’g’irsoq asta dumalab derazadan so’riga, so’ridan yerga tushib, eshik oldiga kelib qolibdi. Eshikdan dahlizga, dahlizdan pillapoyaga, pillapoyadan hovliga, hovlidan saroyga, saroydan tashqariga chiqib yo’lga ravona bo’libdi. Bo’g’irsoq yo’lda dumalab ketayotib, bir quyonni uchratib qolibdi:
– Hooy bo’g’irsoq, bo’g’irsoq! Men seni yeyman, – debdi quyon.
– Meni yema, quyonvoy, men senga qo’shiq aytib beraman, – debdi bo’g’irsoq va qo’shiq ayta boshlabdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |