Kirish error: Reference source not found



Download 108,46 Kb.
bet8/8
Sana12.04.2022
Hajmi108,46 Kb.
#546973
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
malumotlar yangi

XULOSA VA TAKLIFLAR

Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida mahalliy byudjetlarning tartibga soluvchi daromadlari, ularning mahalliy byudjetlar balansligini ta’minlashdagi o’rni bo’yicha quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon berdi. Ular quyidagilardan iborat:


1. Bugungi kunda davlat byudjetining salmoqli qismini soliqlar tashkil qilish bizga ma’lum. Shu bilan birga soliqlarni byudjetga tushishiga ko’ra guruhlanishi umumdavlat va mahalliy soliq va yig’imlarga taqsimlangani mahalliy byudjetlarning daromadlarini shakllanishida mahalliy soliqlarning salmog’i kamligi tartibga soluvchi daromadlar bilan balanslashtiriladi.
2. Iqtisodiyotni modyernizatsiyalash sharoitida soliqqa tortish tizimi hamda soliq siyosatining samarali ishlashi iqtisodiy siyosatning nechog’lik mukammal yuritilishiga bevosita bog’liq bo’lib, iqtisodiyotning real sektorlarini rivojlantirishga turtki bo’lib xizmat qilishi mumkin. Aytish joizki, bugungi kunda bu borada qator chora -tadbirlar amalga oshirildi. Amalga oshirilgan tadbirlarning tub negizini esa qo’yidagilar tashkil etdi:

  • soliqqa tortishni tashkil etishda soliqlarning fiskallik funksiyasiga asosiy e’tibor qaratish;

  • soliqqa tortish tizimini imkon darajasida soddalashtirish;

  • resurs soliqlarini byudjetdagi ahamiyatini oshirib borish;

  • ishlab chiqarishni aynan soliqlar vositasi orqali rag’batlantirish;

  • davlat byudjetida egri soliqlar ulushini ko’tarish hamda ular vositasida mamlakatda iste’mol darajasini boshqarish siyosatini amalga oshirish;

  • byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar miqdorini imkon qadar oshirish;

  • iqtisodiyotda protektsionizm siyosatini amalga oshirishda soliqlar dastagidan unumli foydalanishdir. Soliqqa tortish tizimini yaratish borasidagi dastlabki qadam soliqlarning umumdavlat hamda mahalliy soliqlar va yig’imlarga bo’linishi bilan bog’liqdir.

3. Mahalliy byudjetlar daromadlari tarkibida biriktirilgan daromadlarining salmog’i birozgina past darajada bo’lmoqda. Daromadlari tarkibida umumdavlat soliqlaridan me’yoriy ajratmalar, subventsiyalar shaklidagi daromadlarning salmog’i oxirgi yillar davomida kamayib kelmoqda. Bu holat mahalliy byudjetlar ijrosining yuqori byudjetlardan moliyaviy yordam shaklida kelib tushuvchi daromadlarga kuchli bog’liqligini sekinlik bilan yo’qatib borayotganini ko’rsatib beradi.
4.Mahalliy byudjetlar daromadlari tarkibidagi subventsiyalarni yuqori bo’lishi ularning moliyaviy barqarorligini pasaytirish bilan birga, boqimandalik kayfiyatini vujudga keltiradi.
5. Mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash imkoniyatlari birinchi navbatda hududlar iqtisodiy salohiyatini oshirish hisobiga byudjet salohiyatini yuksaltirish va daromadlarni byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida qayta taqsimlash tizimini yanada takomillashtirishni taqozo qilmoqda.
6. Mahalliy davlat xokimiyati organlarining soliqlarni yig’iluvchanlik darajasini oshirish va boqimanda qarzlarni kamaytirish bo’yicha aniq chora tadbirlar rejasini ishlab chiqishi lozim.
Amalga oshirilgan nazariy tadqiqotlar va amaliy tahlillar natijasida mahalliy byudjetlarning tartibga soluvchi daromadlari, ularning mahalliy byudjetlar balansligini ta’minlashdagi o’rni bo’yicha quyidagi taklif va amaliy tavsiyalar tizimi ishlab chiqildi:
1.Mahalliy byudjet daromadlarini tartibga solish amaliyotini tahlil qilish shuni ko’rsatdiki, haligacha eski usuldan foydalanib kelinmoqda. Ya’ni qat’iy soliqlar avval davlat byudjetiga, undirilib, so’ngra uning ma’lum bir foizi (har yili qayta ko’rib chiqilgan holda) mahalliy byudjetlar daromadlarini moliyalashtirishga yo’naltirilmoqda. Bizningcha, umumdavlat soliqlaridan ajratmalar amalga oshirilayotgan davrda belgilangan foizlarga kamida besh yil davomida o’zgartirish kiritilmasligi lozim. Bundan tashqari umumdavlat soliqlaridan tushadigan tushumning ulushi bu soliqlardan ajratiladigan foiz miqdori byudjet daromadlarini uchdan bir qismidan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Shundagina mahalliy hokimiyatlarning iqtisodiy manfaatdorligi oshib, ularning byudjet daromadlari mustahkamlanishi ta’minlanadi.
2.Tahlillar natijasida shunday xulosaga kelindiki, mahalliy byudjetlar daromad bazasini hududlar ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash orqali yuksaltirish imkoniyatlari mavjud bo’lib, buning uchun quyidagi yo’nalishdagi islohotlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

  • hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish;

  • mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish;

  • hududlarda kichik biznes faoliyatini yanada rivojlantirish;

  • istiqbolsiz ishlab chiqarish korxonalarini yangi mulk egalariga sotish orqali sog’lomlashtirish;

  • xizmat ko’rsatish va servis tizimini rivojlantirish;

  • soliqlarning yig’iluvchanlik darajasini oshirish;

  • hudud soliq salohiyatini to’g’ri baholash va uni oshirish yo’nalishlarini ishlab chiqish;

  • soliqlarni markazlashgan holda bosh korxonalar tomonidan to’lanishini joylarga to’lash tartibini takomillashtirish;

3. Mahalliy hokimiyat organlarini soliq yig’imlarini ko’paytirishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va subvensiya hamda boshqa moliyaviy yordam turlarini qisqartirish maqsadida, bizning nazarimizda, rejadan ortiqcha tushgan soliq summalarini taqsimlash mexanizmini qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish kerak. Bunda rejadan ortiqcha soliq tushumlarini mahalliy budjetlarda qoldirish me’yorlarini ishlab chiqish va qonuniy tasdiqlash kerak.



1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги ПФ-4947-сонли Фармони
91 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 30 декабрдаги ПҚ-4555-сон Қарори

2 92 Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. 2020 йил 24 январь
93 Nodira Soatova. Directions for strengthening the tax revenue base of local budgets. EPRA International Journal of Economic Growth and Environmental Issues- Peer Reviewed Journal. Volume: 9 | Issue: 2 | February 2021 | Journal DOI : 10.36713/epra0713 | SJIF Impact Factor (2021): 8.047
94 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг молиявий эркинлигини ошириш, маҳаллий бюджетларга тушумларнинг тўлиқлигини таъминлаш бўйича солиқ ва молия органлари жавобгарлигини кучайтиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 2017 йил 13 декабрдаги ПФ 5283-сонли Фармони.

3

4


5 Qosimova G.A., Shaakramov K. Mahalliy budjetlar. O’quv qo‘llanma. – T.:“Moliya”. 2012. 80-b.



6O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi 4086-sonli qaroriga 21-ilova.

7 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli yillardagi “O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi va Davlat budjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-2099, 2270, 2455, 3454 va h.k. qarorlariga asosan muallif tomonidan tayyorlandi



8 Muallif tomonidan jondor tuman moliya bo`limining ma`lumotlari asosida tayyorlandi.

9 Muallif tomonidan jondor tuman moliya bo`limining ma`lumotlari asosida tayyorlandi.

10 Muallif tomonidan Jondor tuman moliya bo`limi ma`lumotlari asosida tayyorlandi.

11 Muallif tomonidan Jondor tuman moliya bo`limi ma`lumotlari asosida tayyorlandi.

12 Muallif tomonidan Jondor tuman moliya bo`limi ma`lumotlari asosida tayyorlandi.

13 James E.Smith. West Federal taxation: Taxation of business entities. 2005 e. р. 126

14 www.scopus.com ,,Management Of Stability of the Non-tax Income of regional budgets’’ article wriiten by Ayupov A.A, 2014.04.102

Download 108,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish