Pаyvаndlаsh uslublаri tаsnifi
Suyuqlаntirib pаyvаndlаshning аsоsiy usullаri tаsnifining sxеmаsi 1.5-rаsmdа ko‘rsаtilgаn.
Eritib pаyvаndlаsh usullаri tаsnifi.
Bosim ostida pаyvаndlаshning аsоsiy usullаri tаsnifining sxеmаsi rаsmdа ko‘rsаtilgаn.
1.Konstruktsiya to`g`risida ma`lumot.
Yig’ish payvandlash ishlab chiqarishi
Detallarni payvandlashga yig’ish , payvand buyumni tayyorlanishining umumiy ish hajmidan 10 dan 32% tashkil etadi. Yig’ish va payvandlash ishlarining uch usuli mavjud: buyumni hamma detallarini yig’ish va hamma choklarini payvandlash; detallarni ketma-ketlik bo’yicha biriktirish va ularni avvalgi payvandlangan buyum qismlarini tutashtirib payvandlash; qismlar bo’yicha yig’ish va payvandlash, buyumni texnologik qismlarga ajratilgandan so’ng ular alohida yig’ilib payvandlanadi, bundan keyin, ular to’planib butun buyum payvandlanadi. Ushbu usullardan xohlagan bittasini tanlash buyumning konstruktiv shakli, uning o’lchamlari, buyurtmachiga transportirovka qilish va ishlab chiqarish masshtabiga bog’liq. Nisbatan sodda buyumlarni buyumlarni detal sonlari katta bo’lmagan, shakli murakkab bo’lmagan buyumlar 1- yoki 2- variant bo’yicha tayyorlanadi. Murakkab fazoviy konstruksiyalarni qismlarga ajratish – yig’ish va payvandlashni osonlashtiradi va payvandlash kuchlanishi va deformatsiyasini butun konstruksiya bo’yicha kamaytirishga ega bo’ladi.
Buyumlarni payvandlashga yig’ish aniqligi ularning konstruksiyalari va vazifasiga, shuningdek, payvandlash usuliga bog’liqdir. Payvandlash usuli, odatda, chizmalarda va texnik shartlarda ko’rsatiladi. Yo’l qo’yilgan chetga chiqishlar payvandlash usuli va payvand birikma turi, chok turiga bog’liqdir.
Detallarning payvandlashga to’g’ri yig’ilganligi andazalar, o’lchov chizg’ichlari va shchuplar quyidagi rasm bilan tekshiriladi.
Yig’ish sifatini tekshirish:
a-chetlarini ochish burchagi; b-to’g’ri burchagini; d-chetlarining past-balandligini; e-uchlarini ustma-ust payvandlashda tunukalar orasidagi tirqishini; f-tavr qilib va uchma-uchiga payvandlashdagi tirqishni.
Payvandlab yig’ish vaqtida qizishi va eritilgan metalning cho’kishi natijasida buyum keyinchalik deformatsiyalanishi mumkinligini hisobga olish zarur. Shuning uchun ham, masalan, burchak choklarni payvandlash uchun yig’ishda detallar orasidagi burchakni 2-30 kattaroq olish kerak, chunki chok metal cho’kkanda burchak kichrayadi.
Yig’ish jarayonida detallar kalta, bir qatlamli choklar yordamida biriktirib, ya’ni chatib olinadi. Bunda buyumni payvandlashda ishlatiladigan elektrodlardan foydalaniladi. Chatim chok kesimi asosiy chok kesimining uchdan bir qismidan ortiq bo’lmasligi kerak. Chatim chokning eng katta kesimi ko’pi bilan 20-35 mm2 bo’lishi lozim. Chatim uzunligi, odatda 20mm dan 120mm atrofida, chatimlar orasidagi masofa esa 500-800mm bo’ladi. Chatim chokini asosiy chokning birinchi qatlami yotqiziladigan tomonga teskari tomondan yotqizish tavsiya etiladi. Ma’suliyatli konstruksiyalarni dastaki yoki muhofaza gazlari muhitida payvandlashda asosiy chokni yotqizishdan oldin chatimlari kesib yoki eritib yo’qotiladi. Flyus qatlami ostida payvandlashda chatimlar qoldiriladi.
Asosiy chokni payvandlashda chatim choklar avvalo shlak qoldiqlaridan yaxshilab tozalanishi va to’la payvandlanishi kerak.
Agar payvandlash jarayonida cho’kish kuchlanishlari ta’siri ostida chatim choklar vayron bo’lsa, ular batamom kesib tashlanadi va bu joy asosiy chokni bajarishda payvandlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |