Elektr yuritma mexanik qismini xisoblash sxemalari
Elektr yuritmaning mexanik qismini tashkil qiluvchi elementlari o‘zaro bog‘langan bo‘lib, ular bir-birlariga tegishli taosir ko‘rsatadilar.
SHuning uchun, u yoki bu elementning mexanik harakatini taxlil qilishda, unga yuritma kinematik sxemasining boshqa elementlarini taosirini xisobga olish zarur. Bu, harakati ko‘rib chiqilayotgan elementga mos ravishda, mexanik qismdagi barcha moment, kuch, inersiya momenti va massalarni qayta xisoblash orqali amalga oshiriladi. Bunday xisob, EYU nazariyasida keltirish operatsiyasi va qayta xisoblangan o‘zgaruvchi ko‘rsatkichlar esa keltirilgan kattaliklar deyiladi. Ko‘rsatilgan kattaliklarni EYU mexanik qismini istalgan elementiga keltirish mumkin, ammo odatda bunday element sifatida dvigatel vali olinadi. Keltirish operatsiyasining moxiyatini aniqlash uchun ko‘tarish chig‘iri yuritmasining kinematik sxemasi ko‘rsatilgan 2.2, a-rasmga murojaat qilamiz.
Dvigatel ED, ulovchi mufta M1, reduktor R va mufta M2 orqali kanat K o‘ralgan barabanni B aylantiradi. Kanatga chig‘ir ilmog‘i I (mexanizmining ijro organi) maxkamlangan, unga m massali yuk osiladi. EYUning yuklamasi og‘irlik kuchi, xamda harakatdagi qismlarning ishqalanishi bilan aniqlanadi.
2.2, a-rasmdagi barcha moment, kuch, inersiya momenti va massalarni dvigatel valiga keltirilgandan so‘ng ekvivalent xisoblash sxemasiga ega bo‘lamiz. Bu sxemaning (2.2, b-rasm) asosi dvigatel bo‘lib, real sxemaning qolgan elementlari statik moment Ms (keltirilgan yuklama yoki qarshilik momenti) va keltirilgan inersiya momenti J bilan ifodalanadi.2.2, b-rasmdagi sxema bir massali tizim yoki bikr keltirilgan mexanik bo‘g‘in nomi bilan xam ataladi.
5 MAVZU
ELEKTR YURITMANING TURGUNMAS XARAKATI.
YUklama momentini keltirish dvigatel yuklamasi mexanik quvvatini real (2.2, a-rasm) va ekvivalent (2.2, b-rasm) sxemalardagi tengligiga asoslanib amalga oshiriladi. YUklama momentini keltirish, mexanik qismdagi energiya yo‘nalishiga qarab, ikki usulda bajariladi.
1.Agar yuk ko‘tarish amalga oshirilayotgan bo‘lsa, unda dvigatel foydali ish bajarib, kinematik zanjiridagi ishqalanish natijasida yuz berayotgan quvvat yo‘qotishlarini bajarilayotgan foydali ish xisobiga o‘zi qoplaydi.
2.2-rasm. Ko‘tarish chig‘iri elektr yuritmasining kinematik
sxemasi (a) va uning keltirilgan xisoblash sxemasi (b)
Bunda energiya dvigateldan ijro organiga yo‘nalgan bo‘lib, quvvatlar muvozanati bunda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi
Rs = Rio ,
Ms = Fio io /n,
bu erda
Ms = Fio io /() = Fio / (2.8)
Oxirgi formulada Fio = m g - ga teng bo‘lib, u og‘irlik kuchidir.
2.YUk tushirilayotganda esa, u yo‘qotayotgan potensial energiya dvigatelga o‘tkaziladi. SHuning uchun, kinematik zanjirdagi ishqalanishdagi yo‘qotish, bu erda shu energiya xisobiga qoplanadi va quvvat muvozanati
Ms = Fio io
orqali aniqlanib,
Ms = Fio r (2.9)
ga tengdir.
Agar ijro organi io tezlik bilan aylanma harakatda bo‘lib va bunda Mio yuklama momentini xosil qilsa, yuqorida ko‘rib chiqilgan xolatlarga o‘xshash, dvigatel valiga keltirilgan yuklama momenti Ms quyidagi formulalarning biri orqali aniqlanadi
Ms = Mio io /() = Mio/(i) (2.10)
Mc= Mio io / = Mio/i (2.11)
Do'stlaringiz bilan baham: |