17-18 MAVZU
ASINXRON MOTOR TEZLIGINI ROSTLASH USULLARI. ASINXRON MOTOR KOORDINATALARINI ROSTLASH USULLARI. ASINXRON MOTORNI AVTOMATIK ISHGA TUSHIRISH, REVERELASH VA ISHDAN TUXTATISH.
Kesimlar usuli deb nomlangan usuldan foydalanilganda, xisoblash formulasini chiqarish uchun, O‘TD ning berilgan sunHiy xarakteristikada (4.5-rasmga qarang) nominal kuchlanish, tok, moment va magnit oqimi bo‘lgandagi tezlik uchun 4.4 ifodaga muvofiq quyidagi bog‘lanishni yozamiz:
sun=[Un/( k Fn)](1- INR /Un) (4.13)
Bundan, (1.7) ni xisobga olgan xolda
sun= o (1-R/Rn) (4.14)
bu erda Rn = Un/In -O‘TDning nominal qarshiligi deyiladigan kattalik, Om. (4.6) dan foydalanib quyidagi bog‘lanishni olamiz
R/Rn= (o - sun)/o= (4.15)
4.5 -rasm. Rostlovchi rezistorlarni xisobi uchun xarakteristikalar
Ushbu bog‘lanish MQ O‘TD ning muxim xossasini aks ettiradi: nisbiy tezlik pasayishi =/o yakor zanjirining nisbiy aktiv qarshiligiga R/Rn tengdir, (4.15) proporsiyani xarakteristikalar yordamida grafik echish qulaydir, buning uchun 4.5-rasmga murojaat qilamiz. Undagi xarakterli nuqtalarni a, b, s, d lar bilan belgilaymiz va o- sun= =as, o= ad larga tengligini qayd qilamiz.Unda
R=Rn /o=Rnas/ad; (4.16)
Ryak = Rn bs / ad; (4.17)
Rya = Rn ab/ad; (4.18)
SHunday qilib, Ryak ni topish uchun, xarakteristikalardan vs va ad kesimlarining nominal tok yoki momentdagi uzunliklari aniqlanadi, nominal qarshilik Rn=Un/In xisoblanadi va so‘ngra (4.19) formuladan foydalaniladi.
Ko‘p xollarda yakor qarshiligi Rya qiymatini bilish talab qilinadi.
Uni aniqlashda quyidagi usullar ishlatiladi: kataloglar va bildirgi adabiyotlar orqali; dvigatel cho‘tkalari oralig‘ida tajriba o‘tkazish yo‘li bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘lchash orqali va nominal qiymatlar uchun quyidagi yaqinlashtirilgan formula orqali:
Rya=0,5Un(1 - )/In=0,5Rn(1 - n) (4.19)
bunda n - dvigatelni nominal f.i.k., yoki tajriba orqali olingan xarakteristikalardan kesimlar usuli orqali topish.
v) tok va momentni ishga tushirish, to‘xtatish va reversda rostlash (chegaralash).
SunHiy reostat xarakteristikalar MQ O‘TD ni o‘tish jarayonlaridagi toki va momentini rostlash (chegaralash) uchun keng qo‘llaniladi, chunki bunda tok va moment O‘TD uchun ruxsat etilishi mumkin bo‘lmagan katta qiymatlarga ega bo‘ladi. Dvigatel ishga tushirishning boshlang‘ich paytda qisqa tutashuv rejimida bo‘ladi (=0, E=0) va uning tabiiy xarakteristika bo‘yicha ishga tushirishdagi qisqa tutashuv toki quyidagi bog‘lanish bilan aniqlanadi: Ikt = U/Rya. Rya ning qiymati juda kichikligi uchun (bir Om ning bo‘laklari yoki bir ikki Om lar), Ikt=(10 - 50)In ga teng bo‘ladi, xolbuki, O‘TD uchun ruxsat etilgan tok Ij=(2,0 - 2,5)In bilan chegaralangan. SHunday qilib, O‘TD ni ishga tushirishda tokni (shu bilan birgalikda momentni xam) chegaralash zarurligi paydo bo‘ladi, bu yakor zanjiriga qo‘shimcha ishga tushirish rezistorlarini kiritish orqali amalga oshiriladi. Bunday zaruriyat MQ O‘TDni reversi va to‘xtatishida xam vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |