O‘zgarmas tok ventilli elektr yuritmasining quvvat koeffitsienti
"Boshqariladigan to‘g‘rilagich - o‘zgarmas tok dvigateli" (BT - O‘TD) tizimi ishlash davomida tarmoqdan reaktiv quvvatni isteomol qiladi.
Bu shu bilan aniqlanadiki, bunda dvigatel yakoridagi kuchlanishni rostlash boshqariladigan to‘g‘rilagich ventillarini ochilishini kechiktirish xisobiga amalga oshiriladi. SHuning uchun, EYU isteomol qilayotgan tokning tarmoq kuchlanishiga nisbatan fazasini siljishi xosil bo‘ladi va u tarmoqdan reaktiv quvvatni isteomol qila boshlaydi.
"TO‘ - O‘TD" sistemasidagi quvvat koeffitsienti ikki faktor bilan aniqlanadi: tarmoq kuchlanishiga nisbatan tarmoqdan isteomol qilinayotgan tokning asosiy yoki birinchi garmonikasining siljish burchagi 1 va xuddi shu tok shaklining buzilish koeffitsienti
cos = sos 1
bunda
sos 1 = sos ( + /2),
= I1/I =2 sin(/m) sin (/2)/[( / 2) ]
Bu ifodalarda, I -tarmoqdan olinayotgan tokning effektiv qiymati; I1 -bu tokning birinchi garmonikasini effektiv qiymati; va - mos ravishda ventillarni boshqarish va kommutatsiya burchaklari; m - o‘zgartkichning fazalar soni.
4.16-rasm.Ventilli elektr yuritmaning Ms = Mn dagi quvvat koeffitsentini tezlikka bog‘liqligi
Keltirilgan ifodalardan ko‘rinadiki, ventil EYU ning quvvat koeffitsienti, dvigatel tezligiga bog‘liq bo‘ladi, chunki tezlik boshqarish burchagi va kommutatsiya burchagiga bog‘liq bo‘lgan dvigatel yuklamasi bilan aniqlanadi.
Tezlikning pasayishi (rostlash diapazonining ortishi) yoki yuklama-
ning ortishi EYU quvvat koeffitsientining kamayishiga olib keladi. Sos ni nisbiy tezlik * = /ot bilan dvigatel validagi nominal yuklamadagi bog‘lanishning taxlili (4.16-rasm) shu ko‘rsatadiki, quvvat koeffitsientining kamayishi tezlikni pasayishiga proporsional bo‘ladi, yaHni rostlash diapazonining ortishiga xam. Bu, tezlik rostlanayotgandagi quvvat koeffitsienti uchun quyidagi ifodadan Ham ko‘rinib turadi
cos r cos = (Ed/Edmax) = (o/ot),
bunda Ed -o‘zgartkich e.yu.k.; o - Ed ga mos keladigan ideal salt yurish tezligi.
Ms=const xolat uchun, dvigatel tezligi rostlanganda va u xar qaysi tezlik qiymatida bir xil vaqt bilan ishlagandagi, quvvat koeffitsientini sikl bo‘yicha o‘rta miqdoriy qiymatining cos o‘m rostlash diapazoni D bilan bog‘liqligi 4.17-rasmda ko‘rsatilgan.
4.17-rasm.Quvvat koeffitsentini sikl bo‘yicha o‘rta mikdor qiymatining tezlikni rostlash diapozoni bilan bog‘liqligi.
Ventilli o‘zgarmas tok elektr yuritmasi tomonidan tarmoq kuchlanishini shaklining buzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |