Suvning aylanishi
Agarda siz suv tomchisini quyosh tushib turgan tomonda oyna ustiga qo’ysangiz, suv parlanadi. Parlanish shunday ro’y beradiki, bunda suv bug’ga aylanadi va gaz shaklida atmosferaga chiqadi. Suv ko’llar, jilg’alar, hovuzlar va okeanlarning yuza qismidan parlanadi. SHuningdek, suv bug’i atmosferaga transpiratsiya jarayonida o’simlik barglaridan ham ko’tariladi. Hayvonlar suv bug’ini havoga yugurib kelganda yoki harakat qilganda ko’proq chiqaradi. Suv hayvonlarning chiqindilaridan ham atrof muhitga qaytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |