Kirish Ekologiy fanining qisqacha shakillanish tarixi



Download 37,49 Kb.
bet2/5
Sana05.04.2022
Hajmi37,49 Kb.
#529704
1   2   3   4   5
Bog'liq
EKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISH TARIXI MAQSAD VA VAZIFALARI

Kurs ishining obyekti: Ekologik ta’lim va tarbiyalash tizimi bolalar maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumiy ta’lim maktablarida, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jamoalarida davom ettiriladi. Barchamizga ma’lumki, ma’lumotlarda shuni ko‘rsa bo‘ladi, ya’ni inson aqli uning umumiy rivojlanishning dastlabki 3-4 yilida 50 foizni, 4-8 yilida 30 foizini, 8-17 yilida esa 20 foizni tashkil qiladi. SHuni hisobga olib, ekologik tarbiyani asosan, bog‘cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Bog‘cha bolalarida avval ekologik ta’lim tushunchalari shakllantiriladi.
Tabiat muhofazasi ishlarida insonparvarlik – gumanizm maqsadlari, ya’ni kishilarga yaxshilik, g‘amxo‘rlik qilish muhim o‘rin tutadi. Hamma mashhur pedagoglar o‘quvchilarni yoshligidan boshlab insonparvarlik, tabiatparvarlik ruhida tarbiyalashni ta’kidlab kelganlar.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: 4 reja, xulosa, adabiyotlar ro’yxati, ilovalar


Asosiy qism

  1. Umumiy ekologiya fani va uning bo’limlari.

Ekologiya – demak bu tirik organizmlarni yashash muhiti bilan hamda o’zaro aloqalarini, munosabatlarini o’rganadi.
Muhit, turlar, populyatsiyalar, biostenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologlyaning asosiy ob’ekti hisoblanadi.
Shuning uchun ham umumiy ekologiya to’rt bo’limga bo’linadi.
1.Autekologiya { yunoncha “aytos” – “o’zi” degan ma’noni b}. ayrim turlarni o’zlari yashab turgan muhit bilan o’zaro aloqasi, munosabati.
2.Populyastiyalar ekologiyasi { fr. “populyas’on”- “aholi”.}populyastiyalar tuzilishi va dinamikasini o’rganadi.
3.Sinekologiya – { yunoncha “sin” – birgalikda } Biostenozlar tuzilishi va xossalari, tashqi muhit bilan o’zaro munosabatlarini o’rganadi.
4.Biosfera {yunoncha “bio”-hayot, “sfera” – shar degan m.b}Er qobig’idagi tirik mavjudotlarni tarqalishini o’rganadi.


2.Ekologiyada foydalaniladigan usullar.
Ekologiyani foydalaniladigan usullari asosan qo’yidagilardan iborat.
1.Tasvirlash usuli.
2.Taqqoslash usuli.
3.Tajriba usuli.
4.Modellashtirish usuli.
Yuqoridagi birinchi uchta uslublari deyarli biologiya fanlari foydalanadigan uslublardir. Ekologiyada tajriba va modellashtirish uslublaridan keng foydalaniladi.
Tabiat bu yaxlit sistemadir, shuning uchun ham uni o’rganishda sistemali uslubdan foydalaniladi. Sistemali uslubning metodologik asosi shundan iboratki, tabiatning barcha komponentlari fazo va vaqtda bir-birlari bilan o’zaro aloqada va rivojlanishda deb qaraladi. Tabiatni o’rganishdan asosiy maqsad uning haqiqiy aks ettiruvchi modellar tizimini yaratishdan iboratdir.
Model’ olamidagi muayyan hodisani abstrakt tasvirlashdan iborat bo’lib , ushbu hodisani nisbatan oldindan aytib berish imkonini beradi. Odatda model’ so’z bilan yoki grafik tarzda ifodalanadi.
Modellashtirish jarayonni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi, shuningdek hodisani ba’zi tomonlarini aniq ma’lumot uchun yoki yangi nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi.
Model’ haqiqatni to’g’ri aks ettirsa tajriba uchun imkoniyatlar ochib, sistemaga yangi omillarni kiritish va ularni ta’sirini aniqlash mumkin bo’ladi.
Modellar ikki guruhga ajratiladi:
1.Konsteptual’ model’ – ma’lum bir ekotizmni ilmiy tasvirlovchi sxemalar majmui yoki tizimi, jadval, grafiklar va boshqalardan tashkil topadi.
M: energetik model’ blok – sxemalardan tashkil topgan bo’lib, unda bloklar, har bir blokdagi energiya zahirasi hamda energiyaning harakat yo’nalish kabilar ifodalanadi.
2.Matematik model’ – bir necha defferenstial tenglamalar yoki tehgsizliklar yig’indisidan iborat bo’lib, u yoki bu omilning ta’sir kuchi o’zgarishini modelning o’zgarishiga qarab oldindan aytib berish mumkin.
Biz populyastiyalardagi murakkab hodisalarni matematik modellar yordamida o’rganmoqchimiz. Bunda populyatsiyani miqdor dinamikasi uning jinsiy yoki yosh tuzilmasi, tashqi muhit ta’siri, evolyutsiyaning har xil omillari ta’sirida o’tadigan genetik shakl va odamzod faoliyati natijalari bilan bog’lab o’rganiladi. Jonsiz tabiatda dinamik model’ juda ko’p uchraydi va ularni modellashtirish oson, tirik organizmlar uchun dinkamik modellar yaratish nihoyatda qiyin. Shuning uchun dinamik modellar yaratishdan oldin statik modellar yaratish bilan shug’ullanilgan. O’simlik barglarini joylashish tartibini yoki mallyuskalar chig’anoqlari tuzilishini spiral’ chiziqlar qonuniyati yordamida tushuntirishga harakat qilish statik modellashtirishga misol bo’ladi.
Dastlabki dinamik modelni, ya’ni shaxsni o’sishini tasvirlovchi modelni Bel’giyalik olim Adol’f Ketls tuzgan edi.
Matematik modellash biologik va ekologik hodisalarni aniq sharxlash va kelajak tadqiqotlar rejasini tuzishda qudratli omil sifatida katta ahamiyatga ega.



Download 37,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish