Kirish dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati


III BOB UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XOLIS BAHOLASH VA O’QITUVCHI OMILI



Download 0,6 Mb.
bet13/20
Sana18.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#821936
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Документ Microsoft Word

III BOB UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA XOLIS BAHOLASH VA O’QITUVCHI OMILI
3.1 - § Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish
Bugungi kun ta’lim tizimida “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun hamda “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning hal qiluvchi davri boshlandi. Shuning uchun bu davr sifat va samaradorlik bosqichi deb tariflanmoqda. Shu bois bu jarayonning samaradorlik darajasi monitoringini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonini olib borishda monitoringning roli va o’rni qanday? Ta’lim sifatini avvaldan rejalashtirish, boshqarish, kafolatlash mumkinmi? Umuman, monitoring nima va uni ta’lim jarayoniga qanday tatbiq etish mumkin?
Tarixiy nuqtai nazardan oladigan bo’lsak, XX asrdan boshlab fanda monitoring tushunchasi qo’llanila boshlandi. Monitoring boshqaruv tizimida sifatli axborot to’plash, ilmiy asoslangan axborotni qayta ishlash, saqlash, tarqatishni o’z ichiga oladi. U ilmiy izlanish orqali to’planganligi uchun u yoki bu sohani tahliliy xulosalar asosida kelgusidagi istiqboli va rivojlanishini taminlaydi. Aniq bir sohaning hozirgi kundagi ahvoliga baho beradi, uning istiqbolini bashorat etish asosida taraqqiyotni belgilaydi.
Boshqarilayotgan ob’yektlarning axborot modellarini boshqarishning zaruriy sharti ta’lim tizimi faoliyati maromiga mos keladigan tartibda ularni doimiy yangilab borishdan iborat. Buning uchun ob’ektning istalgan natijaga mosligini aniqlash maqsadida uning holatini doimiy nazorat qilish, boshqarilayotgan ob’ekt holatining monitoring zarur. Kuzatuv kiritilgan ko’rsatgichlar tizimi bo’yicha ob’ektning holatini yaqqol ko’rsatib beruvchi ma’lumotlarni to’plash orqali amalga oshiriladi. Ta’limda monitoring prdagogik faoliyatni doimiy kuzatish orqali va u haqida axborot to’plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish orqali uning ahvoli, rivojlanish va taraqqiyotiga ta’sir etishdan iborat. Masalan, o’quv jarayonining o’quvchi shaxsiga ta’sirini o’rganish bo’yicha doimiy kuzatuvlar orqali axborot to’plash, saqlash va qayta ishlash asosida uning ahvoli hamda kelgusi istiqboli belgilanadi. Umuman, ta’limdagi monitoring pedagogic kategoriya bo’lib, bir vaqtda boshqaruvni tartibga solib borishga yordam beradi.
Axborotlar tahlil asosida pedagogic tizim jarayonida, sog’lom ruhiyn muvozanatni saqlash, boshqaruvni samarali yo’lga solishga o’z ta’sirini o’tkazadi. Monitoring uchun axborotlarni to’plashni o’z yo’nalishiga qarab quydagi guruhlarga ajratisgh mumki:

  • ta’lim jarayonini hech qanday o’lchov, qiyosiy birliklarsiz tahliliy-bayoniy ko’rinishda (tahlil, tanqid, taklif, tatbiq);

  • ta’lim jarayonini bevosita parametrlarning fizik (strukturaviy) o’lchovlari orqali tahlil qilish;

  • ta’lim jarayonini avvaldan ishlab chiqilgan tizim yoki mezon indikatorlar yordamida tahlil qilish;

Ta’lim jarayonidagi monitoringni bir necha yo’nalishga bo’lish mumkin.
Birinchi yo’nalish. Ta’lim jarayonidagi suhbat; savol-javoblar, so’rovlar natijalarini to’plash, boshqaruv bo’yicha axborotlar tizimini yaratish (qonun, qaror, nizom va tavsiyala) .
Ikkinchi yo’nalish. O’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarining o’sishini kuzatuvchi monitoringni yaratish (DTS ijrosi bo’yicha). Bunda sinflar, fanlar, o’quv guruhlari kesimida ayrim bo’limlar, boblar, mavzular bo’yicha qiyosiy tahlil qilinadi va ko’zda tutilgan maqsad, o’quv jarayoni boshqaruviga tuzatishlar kiritish, o’zgartirish, rivojlantirish orqali istiqboldagi vazifalar aniqlashtiriladi.
Yuqoridagi tahlillarning amalga oshirilishi boshqaruvni modernizasiyalash bo’yicha rahbarlarga yordam beradi.
Uchinchi yo’nalish. Ta’lim muassasalaridagi qo’llanilayotgan innovasiyalar, texnologiyalar, noan’anaviy usullarning samaradorligini, ta’lim sifatiga ta’sit etuvchi omillarni, o’qituvchining malakasini, mahoratini, darajasi tasirini ko’rsatuvchi, aniqlovchi monitoringdir. Maktabda ta’lim sifati monitoring asosiy vosita bo’lib standartlarning o’zlashtirilish darajasi, o’qituvchi mahoratiga baho, ichki boshqaruvning maqsadga to’gri yo’naltirilganligi real aniqlashga yordam beradi.
Sifat monitoring diagnostika, reyting, testlar orqali aniqlanadi. Ular orqali o’quvchining intellekti, tarbiyalanganlik darajasi, bilim, ko’nikma, malaka va qobilyatlari haqidagi ma’lumotlar jamlanadi. Shuningdek, monitoring natijalari asosida o’quvchilarning oiladagi ijtimoiy ahvoli, o’zaro aloqa va munosobatlari, o’qituvchining innovasion faoliyati, yangi texnologiyalarni qo’llay olishiga oid kasbiy mahorati, uning ta’lim tarbiyadagi o’rni aniqlanadi, ijtimoiy ahvoli masalalari oydinlashtiriladi, xulosalar chiqariladi, chora-tadbirlar ko’riladi.
Xulosa qilib aytganda, ta’lim monitoringi shun ga olib kelishi kerakki, u zamonaviy boshqaruvning asosiy vositalaridan biriga aylanmog’i lozim. Ta’lim monitoringi ta’limning sifat va samaradorligini taminlashda, maktab ichki boshqaruvini tashkil etishda eng qulay va istiqbolli yo’l hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida paydo bo’layotgan muammolarni, to’siq bo’lishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklarni bashoratlash, uning rivojlanish dinamikasini kuzatish, kutilayotgan pirovard natijalarni bashorat qilish, qiyoslash masalalari monitoringning qay darajada tashkil etilganligiga bog’liq.
Monitoring ko’p qirrali faoliyat bo’lib, u ta’lim-tarbiya jarayonining pirovard natijalari; o’quvchining rivojlanganlik darajasi, o’qitish sifati darajasini; ijtimoiy faoliyati, ma’naviy barkamolligi darajasi, tarbiya topganligi, ichki nazoratning naqadar maqsadga muvofiq qo’yilgnligi, boshqaruv samaradorligi, natijalarni tahlil etish, natijalash, xulosa chiqarish, o’z vaqtida chora-tadbirlar ko’rish uchun qulay sharoit yaratadi.
Umuman, ta’lim jarayoniga monitoringni tatbiq etishning ilmiy-nazariy asoslanganligini izga solish ta’lim tarbiyaviy ishlar, mazmunini, o’qitish texnologiyasi, metodlari, shakli va vositalarini yangi bosqichga olib chiqish imkonini ochib beradi. Bu, o’z navbatida, ta’lim sifatini oshiradi, o’quvchilar tomonidan Davlat ta’lim standarti talablarini o’zlashtirishni kafolatlaydi.
Ta’lim tizimidagi islohotning muhim ko’rinishi nazoratning yangi shakli-DTS monitoringi hisoblanadi. Yangicha boshqaruv tuzilmalarining maqsadga muvofiq va samarali faoliyat ko’rsatishi ko’p jihatdan ular ixtiyoridagi nazorat vositalari va usullarining mukammalligiga bog’liq. Yangicha boshqaruv amalyotida sinalmagan usullardan foydalanmaslik, barcha jihatlar, xususan nazoratning me’yoriy xujjatlari ilmiy asoslanishi va eksperemental sinab ko’rilishi lozim. Aks holda ta’lim amalyotidagi erkinlik toptalishi, anglashmovchilik, rasmiyatchilik va norozilik paydo bo’lishi mumkin.
Monitoring ta’lim jarayonini boshqarishning o’ziga xos mustaqil shakli bo’lib, u shartli harakterga ega va konsepsual munosabatlarda foyda berishi mumkin. Ta’lim jarayonida monitoring boshqaruv vazifalari va bosqichlari bilan bevosita aloqador. Shuning uchun ham, uning turli tomonlarini maktab ta’limini boshqarish jarayoni bilan uzviy bog’liq ravishda qaralishi lozim.
Monitoring maqsad va rejalarini ro’yobga chiqarishda holis baho beruvchi me’zondir. U mavjud holatni tahlil qilish hamda qiyoslash imkonini beradi. Ta’lim jarayonida monitoring, asosan o’quv monitoringini tashkil etuvchi psixologik-pedagogik va funksional natijalarda o’z aksini topadi. Psixologik-pedagogik natijalarga bilimlar, o’quv malakalari, hulq-atvor me’yorlari, shaxsning maslagi, uning munosabatlari tizimidagi imkoniyatlari, funksional natijalarga esa, o’quvchilar faoliyatini boshqarish bilan bog’liq turli pedagogik ta’sir vositalari kiradi.
Me’yor (me’yorlash) – monitoringning eng zarur sharti va asoslaridan biri hisoblanib, aniq natijalar aynan u bilan taqqoslanadi. Haqiqiy natijalarning ta’lim faoliyatidagi mezonlar va me’yorlar bilan solishtirilishi, so’ngra uni mazmun jihatdan baholash va tuzatish kerak bo’lgan monitoringning zarur tarkibiy qismi va osqichlaridan biridir. Ta’limda aniq natijalarni ko’zlab qo’yilgan maqsadlar, standartlar, me’yorlar, andozalarni chog’ishtirish amali tekshiruv deb ataladi. Monitoring metodlari ikkiga bo’linadi: an’anaviy va noan’anaviy metodlar.
An’anaviy metodlar- kuzatish, eksperiment, tajribani umumlashtirish va ommalashtirish, so’rovnoma o’tkazish, ichki nazorat, natijalarni chizma jadval asosida tahlil etish, jadval va tarixiy tahlil.
Noan’anaviy metodlar – o’quvchilarning bilim, ko’nima va malakalarini reyting tizimi asosida aniqlash, ta’lim jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini reyting bahosi bo’yicha aniqlash.
Monitoring ob’ekti – ta’lim tizimiga tegishli bo’lgan qarorlarning bajarilishi, ta’lim muassasasi ish rejasining bajarilishi, o’quv jarayoni, tarbiya jarayoni uslubiy ishlar, innovasion jarayon, o’quv-tarbiya jarayonini taminlangnligi, ta’lim muassasasidagi psixologik holat.
Monitoring natijalarini rasmiylashtirish – uslubiy qo’llanma, tavsiyanoma va dars ishlanmasi, o’qituvchilarning ijodiy hisobotlari, bilim, ko’nikma va malakalarining tahlili, qatnashchilar yakuni reytingi, so’rovnoma, yozma tahlil, yutuqlar va kamchiliklar natijasi hamda muommolar.
Monitoring natijalarini pedagogik jamoaga yetkazish – pedagogik va metodikkengash, ishlab chiqarish yig’ilishlari, direktor huzuridagi yig’ilish, maktabning umumiy ota-onalar majlisi, ,etod birlashmalar yig’ilishi, stendlar, devoriy gazetalar, monitoring kabineti orqali.
Monitoring o’tkazishning o’ziga hos talab va mezonlari quydagilardan iborat:

  • axborotning aniqligi, ravshanligi, jarayonning aniq axborotga suyanmog’i kerakligi. Ma’lumotlar qisqa, lo’nda, yani ularni qayta ishlash va uzatishga qulay bo’lishi;

  • ma’lumotlar o’zaro qiyoslangan bo’lishi, olingan ma’lumot faqat ahvoni emas, undagi o’zgarishlarni ham ko’rsatishi, natijaga ko’ra uni qiyoslash va taqqoslash imkonyati bo’lishi;

  • ichki, tashqi va tizimdagi o’zgarishlarni aniq ko’rsatishi;

  • olingan ma’lumotlar tizim kelajagini bashorat qila olish hamda maqsadni amalga oshirish yo’llarini oldindan tasavvur qilishga yordam berishi.

Maktab faoliyatini boshqarishda monitoring:

  • yangicha yondashuv va qarashlar samaradorligi ta’minlanadi:

  • ta’lim jarayonining ichki boshqaruvida samarali uslublarni qo’llash:

  • o’zini oqlamagan va samarasiz uslublardan, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini o’rganishda ilmiy, uslubiy, diagnostik, nazariy asosga ega bo‘lmagan ishlarni qo’llashdan hamda tasodifiy sinovlardan voz kechish:

  • o’qituvchi, maktab psixologi va rahbar o’rinbosarlari faoliyatlarini to’g’ri yo‘naltirishni ta’minlash:

  • o’quvchi faoliyatini nazorat etuvchi, ota-onalar, jamoatchilik fikrini o’rganuvchi me’yoriy hujjatlar bazasini yaratish va tartibga solish;

  • har bir maktabning ichki nazoratini amalga oshirish loyihasi- dasturi va Nizomini ishlash:

  • yaratilgan dasturlarni tajriba-sinovdan o’tkazish, uning shakli, mazmuni, xajmi va muddatlarini takomillashtirish imkonyatlarini beradi.

DTS o‘quv dasturi va darsliklarning mazmuni hamda hajmini didaktik jihatdan me’yorlashda asosiy vosita hisoblanadi. DTS vositasida o’quvchi bilimi va u orqali o’qituvchi faoliyatini aniq nazorat qilib, holisona baholashga erishish bilan butun ta’lim tizimiga rahbarlikni takomillashtirish, demokratlashtirish muhimdir.
O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini vaqti-vaqti bilan DTS asosida yalpi tekshirishdan o’tkazish amaldagi DTSning mavjud imkoniyatlariga naqadar mutanosibligini bilish uchun zarur . Shu asnoda o’quvchilar egallagan bilim sifatini yalpi tekshirish uchun zaruriyat ham, vaqt ham yetiladi.
DTS va ular asosida yaratilgan o’quv dasturlari bo’yicha joylarda o’tkazilgan testlar, yozma ishlar va og’zaki so’rov hamda sinov ishlari natijalaridan olingan ma’lumotlarga asoslangan holda ta’lim sifatiga bevosita ta’sir etuvchi quydagi omillarni ajratish mumkin:

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish