Kirish dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati


Darsliklarni takomillashtirish



Download 0,6 Mb.
bet9/20
Sana18.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#821936
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Darsliklarni takomillashtirish:
Bizga maktablarni darsliklar bilan ta’minlashning amaldagi tizimi tarafdorlarining asosiy dalillaridan biri bu «ijtimoiy himoya» ekanligini ma’lum. Aytishlaricha, ijara narxlarining arzonligi ta’limning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan darsliklardan barchaning teng foydalanishini ta’minlashi sabab.
Biroq biz bu bilan barchaning sifatsiz ta’limdan teng foydalanishini ta’minlab qo‘ymayapmizmi? Pulli ta’lim xizmatlari — turli xildagi kurslar va repetitorlik xizmatlariga bo‘lgan talabning yuqori ekani buni tasdiqlamayaptimi? Xalqaro tashkilotlar o‘tkazgan tadqiqotlarning ayanchli natijalariga bir nazar tashlang: boshlang‘ich maktablardagi bolalarning yarmidan kamrog‘i o‘qigan matnlarini tushunadi o‘quvchilarning yarmigina olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq eta oladi.
Hozirgi darsliklar asosan kelgusida maktab o‘quvchisiga kerak bo‘lmaydigan axborotlarni eslab qolish va takrorlashga qaratilgan va XXI asr ko‘nikmalari: axborotlarni izlash, tahlil qilish va baholash, jamoada ishlash, muloqot qilish, yuklatilgan vazifaga ijodiy yondashish kabilarni rivojlantira olmaydi.
“Londonda men o‘qigan universitet kampusi ortida ulkan kitob do‘koni bor edi, uning ikkinchi qavati to‘liq o‘quv adabiyotlariga ajratilgan edi. Bu yerda muayyan bir fan bo‘yicha bir qancha darsliklarni topish mumkin. Yevropaning boshqa mamlakatlari, masalan, Skandinaviya davlatlari, Italiya, Estoniyada bo‘lgani kabi Angliyada ham «grif» — ta’lim jarayonida muayyan bir darslikdan foydalanish uchun ta’lim vazirligidan ruxsat olish yoki tasdiqlatish talab qilinmaydi. Qaysi darslikdan foydalanib saboq berish tanlovi oxirgi foydalanuvchi — maktablarning ushbu darslik bilan ishlaydigan pedagogik jamoalari ixtiyorida. O‘qituvchining o‘zi u yoki bu darslikning ta’lim standartlarida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishishida yordam bera olishi, o‘z sinfining ehtiyojlari va shaxsiy qarashlaridan kelib chiqqan holda qaysi darslik bilan ishlash bo‘yicha qaror chiqaradi “ deya o’z ma’lumotlarini keltiradi muallif.
Umuman olganda, tadqiqotchilar darsliklarning nashr etilishiga turlicha yondashadigan mamlakatlarni bir nechta turlarga ajratadilar. Ulardan biri — ta’lim vazirligi jarayonga mutlaqo aralashmaydigan davlatlar: nashriyotchilar darsliklarni ishlab chiqishadi va o‘qituvchilar qaysi darslik o‘zlariga ma’qul kelishini tanlashadi. Darslikdan o‘quv jarayonida foydalanish uchun vazirlikning roziligi talab qilinmaydi. Biz yuqorida bunday davlatlarga misollar keltirdik.
Boshqa bir tur — bu vazirliklar darslik yaratish jarayoniga aralashmaydigan, ammo ekspertizadan o‘tkazadigan va ulardan foydalanish mumkinligi to‘g‘risida xulosa chiqaradigan mamlakatlardir. Xuddi shu har bir fan bo‘yicha turli xil mualliflar va nashriyotlarning darsliklari turli xil bo‘lishi mumkin va tanlov yana foydalanuvchi — ta’lim muassasi o‘qituvchisi (pedagogik jamoasi) ixtiyorida qoladi. Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, ba’zi Yevropa va ko‘plab Osiyo mamlakatlari ushbu tamoyil asosida ishlaydi.
Uchinchi tur — bu bitta fan bo‘yicha faqat bitta darslikka ruxsat beriladigan va odatda vazirliklar ishlab chiqish (nashr etish) jarayonida faol ishtirok etadigan yoki boshqaradigan davlatlardir. Ya’ni, oxirgi foydalanuvchilar uchun tanlov amaldorlar tomonidan amalga oshiriladi. Amaldorlarning foydalanuvchi uchun tanlovni amalga oshirishi, umuman olganda, bu — eng yaxshi tanlov emas. Osiyo mamlakatlarida darsliklarni ishlab chiqish va nashr etish siyosatini o‘rgangan Endi Smart va Shanti Jagannat ta’kidlaganidek, juda kam sonli davlatlargina yuqori sifatli darsliklarni o‘quv adabiyotlariga ixtisoslashgan kuchli tijoriy nashriyotlarsiz ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirgi vaziyatimizdan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, biz bu «ozchilik» mamlakatlar qatoriga kirmasligimiz aniq.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish